29
Bankni qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib
chiqarish shaklida qayta
tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganidan keyin
qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga
keladigan har bir bankni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun zarur tashkiliy-texnik
tadbirlar bajariladi.
Bankni qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi
olinganligi qayta tashkil etilishi natijasida
vujudga keladigan banklarni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish uchun kafolat bo‘la
olmaydi.
Qayta tashkil etilayotgan bank qayta tashkil etish jarayonini
Markaziy bankning ruxsatnomasi olingan kundan e’tiboran
olti oy ichida
tamomlashi shart.
Qayta tashkil etish natijasida yangidan yuzaga kelgan banklarni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya
berish Markaziy bank
tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bankni qayta tashkil etish tartibi Markaziy bank tomonidan
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: