1.2-jadval
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kapital miqdori bo‘yicha
guruhlanishi
12
Ko‘rsat-
kichlar
Jami
shulardan:
100 mlrd
so‘mgacha
100 dan 300
mlrd
so‘mgacha
300 dan 500
mlrd
so‘mgacha
500 mlrd
so‘mdan 1
trln
so‘mgacha
1 trln
so‘mdan 2
trln
so‘mgacha
2 trln so‘m
va undan
yuqori
ba
nk
lar
so
ni
miqdori,
mlrd
so‘m
ban
kla
r
soni
ulush
i
foizd
a
ban
kla
r
soni
ulush
i
foizd
a
ban
kla
r
soni
ulush
i
foizd
a
ban
kla
r
soni
ulush
foizd
a
bankl
ar
soni
ulush
i
foizd
a
ban
kla
r
soni
ulush
i
foizd
a
01.01.2022 yil holatiga
Jami
kapital
33
70 917,6
2
0,1
8
1,8
5
2,6
2
2,1
8
17,3
8
76,0
shundan
ustav
kapitali
33
54 760,0
2
0,2
11
2,8
7
4,7
3
4,4
3
8,2
7
79,7
01.01.2023 yil holatiga
Jami
kapital
31
79 565,4
1
0,1
5
1,1
4
1,9
5
4,5
5
10,4
11
82,1
shundan
ustav
kapitali
31
59 856,7
1
0,1
7
1,5
7
4,1
5
5,7
4
9,4
7
79,2
11
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri). 2019-
yil 5-noyabr, O‘RQ-580-son.
12
http://www.cbu.uz “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Statistik byulleteni”. ©
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 2023 yil.
25
Bankning ustav kapitali O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida
shakllantiriladi hamda bank muassislari va aksiyadorlari kiritgan pul
mablag‘laridan yoki davlatning qimmatli qog‘ozlaridan tashkil topadi,
bundan quyidagi hollar mustasno:
-
bank aksiyalarini bankning kreditorlari orasida joylashtirish va
bankning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari bo‘yicha har qanday
huquqlarini (talablarini) hisobga olish yo‘li bilan ularning haqini to‘lash;
-
qimmatli qog‘ozlarni bank aksiyalariga ayirboshlash;
-
bankning joylashtirilgan bir turdagi aksiyalarini ushbu bankning
boshqa turdagi aksiyalariga almashtirish.
1.5. Ustav fondini shakllantirish manbalari
Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun kreditga, garovga
olingan mablag‘lardan, shuningdek majburiyat yuklatilgan boshqa
mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashkil etilayotgan bankning ustav kapitaliga kiritilgan mablag‘lar
bankda ochilgan jamg‘arma hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Tizimli moliyaviy inqiroz holatida bank aksiyalari davlat qimmatli
qog‘ozlari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
sotib olinishi mumkin.
Bank o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Bank ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
bankning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri
(pochta manzili) hamda elektron pochta manzili;
ustav kapitalining miqdori;
ustav kapitalini ko‘paytirish va kamaytirish tartibi;
chiqarilayotgan aksiyalarning turlari va soni, aksiyalar turlarining
nisbati;
sof foydani taqsimlash, shuningdek zararlarning o‘rnini qoplash
tartibi;
zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;
bank aksiyadorlarining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan
bank tomonidan so‘rab olinadigan axborotni taqdim etish majburiyatlari;
bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi,
bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolarining soni, vakolatlari va
vazifalari haqidagi ma’lumotlar;
aksiyadorlar (muassislar) o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining
oldini olish choralari;
26
bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari;
bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Bankning ustavida yuqorida belgilangan talablardan tashqari
aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi
kerak.
Bankning ustavi, unga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Markaziy bankda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Bankning ichki qoidalari, shuningdek ularga kiritiladigan keyingi
o‘zgartish hamda qo‘shimchalar banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi
qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilishi hamda Markaziy bankka taqdim
etilishi kerak.
Banklarga yuridik shaxslarni tashkil etish va (yoki) yuridik
shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlarni yoki
aksiyalarni olish taqiqlanadi, bundan quyidagilar mustasno:
kredit, sug‘urta va lizing operatsiyalarini professional asosda
amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
moliya bozori infratuzilmasining bir qismi bo‘lgan yoki banklarga
axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar;
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga
oshiruvchi yuridik shaxslar;
bankning kafolati ostida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va
joylashtirish maqsadida mazkur bankning xorijda tashkil etiladigan shu’ba
tashkilotlari;
faqat inkassatsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;
bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblar, shu jumladan bank
kartalari bilan operatsiyalarga doir hisob-kitoblar ishtirokchilari o‘rtasida
o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik
shaxslar;
fond va valyuta birjalari;
kredit byurolari;
qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozoriga joylashtirilgan
aksiyalarning yigirma foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda fond birjasi
listingiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari.
Bank tomonidan bir yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav
kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini olish bankning birinchi darajali
regulyativ kapitalining o‘n besh foizidan oshmasligi kerak. Ushbu cheklov
bank tomonidan mazkur yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav
27
kapitalidagi) ulushlariga yoki aksiyalariga egalik qilishga, shu jumladan
mazkur yuridik shaxslarning tashkil etilishi hollariga nisbatan ham tatbiq
etiladi
13
.
Banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni amalga
oshirish, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)
ulushlarini yoki aksiyalarini sotib olish yig‘indisi bankning birinchi darajali
regulyativ kapitalining ellik foizidan oshmasligi kerak.
Davlat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida boshqa davlat
tashkilotlari nomidan bank muassisi va aksiyadori bo‘lishi mumkin. Ustav
fondining (ustav kapitalining) ellik foizdan ortig‘i davlatga tegishli bo‘lgan
korxonalar va tashkilotlar, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, bank muassislari va aksiyadorlari bo‘lishi mumkin emas.
Bank ustaviga kiritiladigan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Markaziy bankda ro‘yxatga olinishi lozim
14
.
Bank ustaviga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan umumiy
yig‘ilishda ishtirok etuvchi ovozga ega aksiyalar egalari bo‘lgan
aksiyadorlarning ko‘pchilik to‘rtdan uch qismi ovoz bergan holda qabul
qilinadi.
Ustav kapitalini ko‘paytirish, shuningdek bank ustaviga ustav
kapitalini ko‘paytirish va e’lon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan
bog‘liq o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish masalalari aksiyadorlari
umumiy yig‘ilishining qaroriga yoki bank ustaviga ko‘ra bank kuzatuv
kengashining vakolat doirasiga kiritilishi mumkin.
Barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan bankda,
bank ustaviga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
qarorlar ushbu aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi va yozma
shaklda rasmiylashtirilishi kerak, bankning imtiyozli aksiyalari qonunchilik
hujjatlariga muvofiq ovoz berish huquqini olish hollari bundan mustasno.
Ustavga kiritiladigan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalarni
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bank tegishli qaror qabul qilingan kundan
boshlab 30 kun mobaynida Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni uch
nusxada ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
13
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri). 2019-
yil 5-noyabr, O‘RQ-580-son.
14
“Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi Nizom. [O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3252].
28
ustavga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi
bankning tegishli vakolatli boshqaruv organining qarori (yig‘ilish
bayonnomasi) nusxasi;
bank kuzatuv kengashi raisi imzolagan bank ustaviga kiritiladigan
o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar matni.
Ustavga kiritilgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalarni ko‘rib
chiqilish va ro‘yxatga olish 30 kun ichidan amalga oshiriladi.
Bank ustaviga kiritiladigan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar ular
Markaziy bankda ro‘yxatga olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ro‘yxatga olingan bank ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va (yoki)
qo‘shimchalar uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Bank ustav kapitali miqdorining o‘zgarishi ustav kapitali miqdorining
ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi shakllarida amalga oshirilishi mumkin.
Bank ustav kapitali qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan
ko‘paytirilishi mumkin.
Qo‘shimcha aksiyalar faqat bank ustavida belgilangan, e’lon qilingan
aksiyalarning soni doirasida bank tomonidan joylashtirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |