Tijorat banklari



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

 
1.2-jadval 
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kapital miqdori bo‘yicha 
guruhlanishi
12
 
Ko‘rsat-
kichlar 
Jami 
shulardan: 
100 mlrd 
so‘mgacha 
100 dan 300 
mlrd 
so‘mgacha 
300 dan 500 
mlrd 
so‘mgacha 
500 mlrd 
so‘mdan 1 
trln 
so‘mgacha 
1 trln 
so‘mdan 2 
trln 
so‘mgacha 
2 trln so‘m 
va undan 
yuqori 
ba
nk
lar 
so
ni 
miqdori, 
mlrd 
so‘m 
ban
kla

soni 
ulush

foizd

ban
kla

soni 
ulush

foizd

ban
kla

soni 
ulush

foizd

ban
kla

soni 
ulush 
foizd

bankl
ar 
soni 
ulush

foizd

ban
kla

soni 
ulush

foizd

01.01.2022 yil holatiga 
Jami 
kapital 
33 
70 917,6 

0,1 

1,8 

2,6 

2,1 

17,3 

76,0 
shundan 
ustav 
kapitali 
33 
54 760,0 

0,2 
11 
2,8 

4,7 

4,4 

8,2 

79,7 
01.01.2023 yil holatiga 
Jami 
kapital 
31 
79 565,4 

0,1 

1,1 

1,9 

4,5 

10,4 
11 
82,1 
shundan 
ustav 
kapitali 
31 
59 856,7 

0,1 

1,5 

4,1 

5,7 

9,4 

79,2 
11
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri). 2019-
yil 5-noyabr, O‘RQ-580-son. 
12
http://www.cbu.uz “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Statistik byulleteni”. © 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 2023 yil.


25 
Bankning ustav kapitali O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida 
shakllantiriladi hamda bank muassislari va aksiyadorlari kiritgan pul 
mablag‘laridan yoki davlatning qimmatli qog‘ozlaridan tashkil topadi, 
bundan quyidagi hollar mustasno:
-
bank aksiyalarini bankning kreditorlari orasida joylashtirish va 
bankning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari bo‘yicha har qanday 
huquqlarini (talablarini) hisobga olish yo‘li bilan ularning haqini to‘lash; 
-
qimmatli qog‘ozlarni bank aksiyalariga ayirboshlash; 
-
bankning joylashtirilgan bir turdagi aksiyalarini ushbu bankning 
boshqa turdagi aksiyalariga almashtirish. 
 
1.5. Ustav fondini shakllantirish manbalari 
 
Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun kreditga, garovga 
olingan mablag‘lardan, shuningdek majburiyat yuklatilgan boshqa 
mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashkil etilayotgan bankning ustav kapitaliga kiritilgan mablag‘lar 
bankda ochilgan jamg‘arma hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Tizimli moliyaviy inqiroz holatida bank aksiyalari davlat qimmatli 
qog‘ozlari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
sotib olinishi mumkin. 
Bank o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadi. 
Bank ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

bankning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri 
(pochta manzili) hamda elektron pochta manzili; 

ustav kapitalining miqdori; 

ustav kapitalini ko‘paytirish va kamaytirish tartibi; 

chiqarilayotgan aksiyalarning turlari va soni, aksiyalar turlarining 
nisbati; 

sof foydani taqsimlash, shuningdek zararlarning o‘rnini qoplash 
tartibi;

zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi; 

bank aksiyadorlarining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan 
bank tomonidan so‘rab olinadigan axborotni taqdim etish majburiyatlari

bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, 
bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolarining soni, vakolatlari va 
vazifalari haqidagi ma’lumotlar;

aksiyadorlar (muassislar) o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining 
oldini olish choralari; 


26 

bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari; 

bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi. 
Bankning ustavida yuqorida belgilangan talablardan tashqari 
aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi 
kerak.
Bankning ustavi, unga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar 
Markaziy bankda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Bankning ichki qoidalari, shuningdek ularga kiritiladigan keyingi 
o‘zgartish hamda qo‘shimchalar banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi 
qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilishi hamda Markaziy bankka taqdim 
etilishi kerak. 
Banklarga yuridik shaxslarni tashkil etish va (yoki) yuridik 
shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlarni yoki 
aksiyalarni olish taqiqlanadi, bundan quyidagilar mustasno:

kredit, sug‘urta va lizing operatsiyalarini professional asosda 
amalga oshiruvchi yuridik shaxslar

moliya bozori infratuzilmasining bir qismi bo‘lgan yoki banklarga 
axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar; 

qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga 
oshiruvchi yuridik shaxslar; 

bankning kafolati ostida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va 
joylashtirish maqsadida mazkur bankning xorijda tashkil etiladigan shu’ba 
tashkilotlari; 

faqat inkassatsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar; 

bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblar, shu jumladan bank 
kartalari bilan operatsiyalarga doir hisob-kitoblar ishtirokchilari o‘rtasida 
o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik 
shaxslar; 

fond va valyuta birjalari;

kredit byurolari;

qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozoriga joylashtirilgan 
aksiyalarning yigirma foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda fond birjasi 
listingiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari. 
Bank tomonidan bir yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav 
kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini olish bankning birinchi darajali 
regulyativ kapitalining o‘n besh foizidan oshmasligi kerak. Ushbu cheklov 
bank tomonidan mazkur yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav 


27 
kapitalidagi) ulushlariga yoki aksiyalariga egalik qilishga, shu jumladan 
mazkur yuridik shaxslarning tashkil etilishi hollariga nisbatan ham tatbiq 
etiladi
13

Banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni amalga 
oshirish, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 
ulushlarini yoki aksiyalarini sotib olish yig‘indisi bankning birinchi darajali 
regulyativ kapitalining ellik foizidan oshmasligi kerak. 
Davlat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida boshqa davlat 
tashkilotlari nomidan bank muassisi va aksiyadori bo‘lishi mumkin. Ustav 
fondining (ustav kapitalining) ellik foizdan ortig‘i davlatga tegishli bo‘lgan 
korxonalar va tashkilotlar, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, bank muassislari va aksiyadorlari bo‘lishi mumkin emas.
Bank ustaviga kiritiladigan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
Markaziy bankda ro‘yxatga olinishi lozim
14

Bank ustaviga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish 
to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan umumiy 
yig‘ilishda ishtirok etuvchi ovozga ega aksiyalar egalari bo‘lgan 
aksiyadorlarning ko‘pchilik to‘rtdan uch qismi ovoz bergan holda qabul 
qilinadi. 
Ustav kapitalini ko‘paytirish, shuningdek bank ustaviga ustav 
kapitalini ko‘paytirish va e’lon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan 
bog‘liq o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish masalalari aksiyadorlari 
umumiy yig‘ilishining qaroriga yoki bank ustaviga ko‘ra bank kuzatuv 
kengashining vakolat doirasiga kiritilishi mumkin. 
Barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan bankda, 
bank ustaviga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 
qarorlar ushbu aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi va yozma 
shaklda rasmiylashtirilishi kerak, bankning imtiyozli aksiyalari qonunchilik 
hujjatlariga muvofiq ovoz berish huquqini olish hollari bundan mustasno. 
Ustavga kiritiladigan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalarni 
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bank tegishli qaror qabul qilingan kundan 
boshlab 30 kun mobaynida Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni uch 
nusxada ilova qilgan holda ariza taqdim etadi: 
13
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri). 2019-
yil 5-noyabr, O‘RQ-580-son. 
14
“Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi Nizom. [O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3252].


28 

ustavga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 
bankning tegishli vakolatli boshqaruv organining qarori (yig‘ilish 
bayonnomasi) nusxasi; 

bank kuzatuv kengashi raisi imzolagan bank ustaviga kiritiladigan 
o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar matni. 
Ustavga kiritilgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalarni ko‘rib 
chiqilish va ro‘yxatga olish 30 kun ichidan amalga oshiriladi. 
Bank ustaviga kiritiladigan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar ular 
Markaziy bankda ro‘yxatga olingan sanadan boshlab kuchga kiradi. 
Ro‘yxatga olingan bank ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va (yoki) 
qo‘shimchalar uning ajralmas qismi hisoblanadi. 
Bank ustav kapitali miqdorining o‘zgarishi ustav kapitali miqdorining 
ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi shakllarida amalga oshirilishi mumkin. 
Bank ustav kapitali qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan 
ko‘paytirilishi mumkin. 
Qo‘shimcha aksiyalar faqat bank ustavida belgilangan, e’lon qilingan 
aksiyalarning soni doirasida bank tomonidan joylashtirilishi mumkin. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə