Tijorat banklari


Bankning kuzatuv kengashi



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

Bankning kuzatuv kengashi. 
Bankning kuzatuv kengashi bank 
faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, boshqaruvga oid qarorlar 
qabul qilish jarayonida nazorat va tekshiruv vazifasini bajaradi hamda 
umuman bankning faoliyati va moliyaviy barqarorligi uchun javobgardir. 
 
Bankning kuzatuv kengashi bankni samarali va tadbirli boshqarishni, 
shu jumladan bank boshqaruvi a’zolari o‘rtasida vakolatlarning hamda 


17 
javobgarlikning taqsimlanishini, manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinishini 
va bartaraf etilishini ta’minlaydigan boshqaruv tashkiliy tuzilmasini 
belgilaydi hamda uning joriy etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga 
oshiradi. 
Bankning kuzatuv kengashi a’zolari bankning oqilona korporativ 
boshqaruviga ko‘maklashishi hamda o‘z vakolatlarini va majburiyatlarini 
bajarish chog‘ida bankning, uning omonatchilari va aksiyadorlarining 
qonuniy manfaatlarini inobatga olishi, shuningdek Markaziy bank bilan 
samarali hamkorlikni ta’minlashi kerak. 
Bankning kuzatuv kengashi a’zolari soni, bank aksiyadorlari sonidan 
qat’i nazar, besh kishidan kam bo‘lmagan miqdorda toq sonda bo‘lishi 
lozim. Kuzatuv kengashi a’zolarining ko‘pchiligi bankka aloqador shaxslar 
bo‘lmasligi kerak, bundan ularning kuzatuv kengashidagi a’zoligi 
mustasno. 
Bank boshqaruvi. 
Bank boshqaruvi bankni boshqarishning ijro 
etuvchi organi bo‘lib, u bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan 
faoliyat strategiyasi va uni boshqarish tizimiga muvofiq bankning 
faoliyatiga operativ boshqaruvni amalga oshiradi hamda bankning faoliyati 
uchun javobgarlikni to‘liq zimmasiga oladi.
 
Bank boshqaruvi: 

strategik maqsadlarni, korporativ boshqaruv siyosatini, bankning 
boshqa ichki siyosatlarini, shu jumladan tavakkalchiliklarni aniqlash, 
boshqarish, monitoring qilish va tavakkalchiliklar to‘g‘risida xabardor etish, 
kapitalning yetarliligini lozim darajada saqlab turish siyosatini amalga 
oshirishi;

bankning tegishli va shaffof tashkiliy tuzilmasini, shu jumladan 
vakolatlarni va javobgarlikni bank xodimlari o‘rtasida o‘z vakolatlari 
doirasida taqsimlashni ta’minlashi; 

bank xodimlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi; 

bankning qabul qilingan yillik biznes-rejasini bajarishi, shuningdek 
bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishiga va kuzatuv kengashiga 
bajarilgan ishlar, bankka nisbatan qo‘llanilgan choralar hamda sanksiyalar 
to‘g‘risidagi hisobotni davriy ravishda taqdim etishi; 

bank ustavida hamda banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi 
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart. 
Bank boshqaruvi bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishiga va 
kuzatuv kengashiga hisobdordir. 


18 
Banklar shartnoma asosida pul mablag‘larini depozitlar, kreditlar 
shaklida bir-biridan jalb etishi va bir-biriga joylashtirishi, hisob-kitob 
markazlari va vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga 
oshirishi hamda litsenziyada nazarda tutilgan boshqa moliyaviy 
operatsiyalarni bajarishi mumkin. 
Banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomalar 
asosida amalga oshiriladi.
Mijozlar o‘zlari tanlagan bitta yoki bir necha bankda milliy va chet el 
valyutasida bank hisobvaraqlari ochishga haqli.
Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish, shuningdek banklar 
va ularning mijozlari o‘rtasidagi milliy va chet el valyutasidagi hisob-
kitoblar tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Kreditlar, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari, bank operatsiyalariga 
oid vositachilik haqi miqdori bank tomonidan mustaqil belgilanadi. 
Bank mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini, shu jumladan 
kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini va ularni belgilash tartibini, depozitlar 
bo‘yicha foiz stavkalarini, vositachilik haqi miqdorini va ushbu 
shartnomalarning amal qilish muddatlarini bir taraflama o‘zgartirish 
huquqiga ega emas. 
Banklar Markaziy bankka moliyaviy va nazorat hisobotlarini taqdim 
etadi. 
Bank o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni Markaziy bank tomonidan 
belgilangan shakllarda, tartibda va muddatlarda tuzadi hamda Markaziy 
bankka taqdim etadi.
Banklar Markaziy bankning talabiga ko‘ra konsolidatsiyalashgan, 
davriy, shuningdek bir martalik hisobotlarni taqdim etadi. 
Bank Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlarning va boshqa 
ma’lumotlarning yaxlitligi hamda ishonchliligi uchun javobgardir. 
Banklar moliyaviy hisobotlarni, banklar guruhining asosiy banki 
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni ularda ko‘rsatilgan 
ma’lumotlarning to‘g‘riligini auditorlik tashkiloti tasdiqlaganidan keyin 
Markaziy bank tomonidan belgilanadigan shaklda e’lon qiladi. 
Banklar o‘z mablag‘lariga, kapitalga doir talablarning bajarilishiga, 
likvidlikka, 
tavakkalchiliklarning 
qiymatiga 
va 
boshqa 
muhim 
ko‘rsatkichlarga (normativlarga) doir axborotni oshkor etishi kerak. 
Banklarning yillik moliyaviy hisobotlari va banklar guruhining yillik 
konsolidatsiyalashgan 
moliyaviy 
hisoboti 
auditorlik 
tekshiruvidan 
o‘tkazilishi majburiydir. Bankning va banklar guruhining auditorlik 
tekshiruvi Markaziy bankning talabiga ko‘ra umuman bankning yoki 


19 
banklar guruhining faoliyati bo‘yicha ham, ular faoliyatining alohida 
yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘tkazilishi mumkin. 
Auditorlik xulosasisiz bankning yillik moliyaviy hisoboti, shuningdek 
banklar guruhining konsolidatsiyalashgan yillik moliyaviy hisoboti 
Markaziy bank tomonidan qabul qilinmaydi va e’lon qilinmaydi. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə