Tijorat banklari


I BOB. TIJORAT BANKLARINI TASHKIL ETISHNING



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

I BOB. TIJORAT BANKLARINI TASHKIL ETISHNING 
HUQUQIY VA IQTISODIY ASOSLARI 
 
1.1. Tijorat banklari to‘g‘risida umumiy tushunchalar 
Tijorat banklarining faoliyatini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy 
asoslari haqida to‘xtalishdan oldin bank o‘zi nima ekani, banklarning 
bugungi kunda zarurligi va ahamiyati, tijorat banklari tushunchalari haqida 
tanishib olish maqsadga muvofiqdir. 
Banklar Yaponiya va Germaniya kabi ba’zi rivojlangan mamlakatlar 
va 
rivojlanayotgan 
iqtisodiyotlarning 
aksariyati, 
shu 
jumladan 
O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida ham muhim rol o'ynadi. Bugungi 
kunda banklar nafaqat iqtisodiy o'sish, balki moliyaviy barqarorlik nuqtai 
nazaridan ham muhimdir. 
«Bank» so‘zi italyancha «Banca» so‘zidan olingan bo‘lib, «stol», 
aniqrog‘i «pullik stol» degan ma’noni anglatadi. XII asrlarda Genuyada pul 
almashtiruvchilarni «Bancherii» deb atashgan. Agar puldorlardan birortasi 
ishonchni oqlamasa va o‘z ishiga mas’uliyatsizlik qilsa, u o‘tirgan stolni 
sindirib tashlashgan va uni «Banco rotto», ya’ni «bankrot» deb atashgan. 
Bugungi kunda bizga ma’lum bo‘lgan «bankrot» so‘zi ham italyancha 
«Banca rotto» so‘zidan olingan.
3
O‘zbekistonda bank so‘zining ta’rifi “Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga ko‘ra, “
bank
— bank 
hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, 
omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan 
kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar 
majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs”
4
deya 
berilgan. 
A.Erdonayev fikricha “bank – bu bank faoliyatini amalga oshirish 
uchun litsenziyaga ega bo‘lgan, bank faoliyatini amalga oshirishga yordam 
beradigan hamkorlar bilan faol muloqot va hamkorlikka kirishuvchi 
texnologik kompaniya”
5

3
Abdullayev Yo. Qoraliyev T., Toshmurodov Sh., Abdullayeva S. Bank ishi. O‘quv qo‘llanma –T.: 
“IQTISOD-MOLIYA”, 2010-yil. - 532 bet. 
4
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 2019-yil 5-noyabr, 
O‘RQ-580-son. 
5
A.Erdonayev. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TIJORAT BANKLARINI 
TRANSFORMATSIYA QILISH JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH” i.f.d. ilmiy 
darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati.


12 
Tijorat banklari – bank tizimining quyi bo‘g‘ini bo‘lib, jismoniy va 
yuridik shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qilish va ularni o‘z 
nomidan, to‘lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish 
operatsiyalarini va boshqa bank faoliyati deb hisoblanadiganbarcha 
operatsiyalarni bajaruvchi tijorat tashkilotidir. 
Hozirgi davrda tijorat banklarining faoliyati juda ham xilma-xildir. 
Ular pul muomalasi va kredit munosabatlarini tashkil qilishdan tashqari, 
xalq xo‘jaligini mablag‘ bilan ta’minlash, sug‘urta operatsiyalari, qimmatli 
qog‘ozlar oldi-sotdisi, ayrim hollarda vositachilikni va mulkni boshqarishni 
amalga oshiradi. Shuningdek, maslahatchi sifatida xalq xo‘jalik dasturlarini 
muhokama qilishda ishtirok etadilar, statistikani olib boradilar. 
Tijorat bankining mohiyatini aniqlash uchun ularning: 
-
nima bilan shug‘ullanishini; 
-
qanday operatsiyalarni bajarishini
-
qanday sifatlarga egaligini; 
-
o‘ziga xos xususiyatlarini; 
-
asosi nima bilan belgilanishini; 
-
ichki tizimi qandayligini tushunib yetmoq lozim. 
Demak, tijorat banki tushunchasi bank faoliyatini xarakterlovchi 
tasodifiy savollar yig‘indisi emas, balki uslub bo‘yicha qo‘yiladigan aniq 
savollarni ko‘rib chiqishni talab etadi. Bunday yondashish bankka 
quyidagilar nuqtayi nazaridan ta’rif berishga asos bo‘lishi mumkin: 
-
bank tashkilot yoki muassasa sifatida; 
-
bank korxona sifatida; 
-
bank tijorat yoki savdo korxonasi sifatida; 
-
bank vositachi korxona sifatida; 
-
bank birja agenti sifatida
-
bank kredit beruvchi korxona sifatida. 
Bankka tashkilot nuqtayi nazardan qarash ko‘z oldimizga boshqaruv 
apparatini gavdalantirsa, korxona sifatida qarash esa uni har qanday korxona 
singari mustaqil xo‘jalik subyekti ekanligiga ishonch hosil qildiradi. Bank 
faoliyatini savdo bilan qiyoslash ham tasodifiy emas. Haqiqatan ham, 
banklar resurslarni «sotib oladi», ularni «sotadi», taqsimlash sohasida 
faoliyat ko‘rsatib, tovarlar ayirboshlashini amalga oshiradi. 
Bank yetarli miqdorda mablag‘ to‘plab, turli qarz oluvchilar talabiga 
ko‘ra har xil muddatli kreditlarni tanlash imkonini hosil qiladi. Bu holda 
bank ikki subyekt – qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasida vositachi rolini 
o‘ynaydi. Lekin shuni qayd qilish lozimki turli vositachilar bir qator xizmat 
turlarini: yuridik, komission, pochta kabi xizmatlarni bajarishlari mumkin. 


13 
Lekin bu bilan ular bank bo‘la olmaydilar. Bank vositachi sifatida bir qator 
oddiy vositachilardan farq qiluvchi, ya’ni ham qarz beruvchi, ham qarz 
oluvchi hamda ular o‘rtasida aloqa bog‘lovchi, shuningdek, hisob-kitoblar 
vositachisidir. 
Bankning muomala sohasidagi faoliyati bilan bog‘liq birja agenti 
sifatidagi tasavvurlar 20-yillarda paydo bo‘lgan. Bunda banklar mustaqil 
ravishda birja operatsiyalarini amalga oshirishi, qimmatli qog‘ozlar 
oldisotdisi bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarishi mumkin. 
Nihoyat, banklar valuta ayirboshlashi (oldi-sotdisi) kredit savdosi, 
korxona va aholi tomonidan qo‘yilgan bo‘sh mablag‘larga to‘lovlar berish 
va ularni qarz oluvchilariga «sotish» bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga 
oshiradi. Aytish joizki, bank aslida bank zaminini yaratgan kreditning 
rivojlanish natijasida paydo bo‘lgan. Shu yerda bank faoliyatining savdo 
tashkiloti sifatidagi ta’rifdan farqini qayd etish kerak. Savdoda tovar o‘z 
mulk egasini o‘zgartirsa, kreditlashda esa mulk egasi o‘zgarmaydi. 
Tijorat banklari bir-biridan quyidagilar bilan farq qiladi (1.1-jadval). 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə