Tijorat banklari


ГЛОССАРИЙ................................................................................................................ 237



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

ГЛОССАРИЙ................................................................................................................ 237 
Список литературы …………………………………………………………………. 241 
 
 
 



KIRISH 
“2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining 
bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti farmonida ta’kidlanganidek, moliya sektorini izchil 
isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada 
ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini 
kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, 
xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy 
investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan 
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy 
banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani 
tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari 
to‘g‘risida”gi yangilangan qonunlar qabul qilindi. 
Shu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida 
davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda 
menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, 
iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini 
iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat 
ehtiyojlariga 
mos 
ravishda 
rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini 
ko‘rsatmoqda. 
Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning 
hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil 
turdagi xazmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar 
ko‘rilishi lozim. 
Bank tizimiga zamonaviy servis yechimlari asosida axborot 
texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot 
xavfsizligini lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar 
ko‘rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-
tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda. 
Ushbu muammolarni hal etish bevosita “Tijorat banklari” fanini 
o‘rganishga bog‘liq bo‘lib, bu fan orqali ta’lim oluvchilar zamonaviy bank 
nazariyasi va moliyaviy boshqaruv, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar, 
banklar tomonidan pul muomalasini boshqarishning nazariy asoslari va 
amaliy uslublarni o‘rganadilar. 
“Tijorat banklari” fanini maqsadi ta’lim oluvchilarni tijorat banklari 
faoliyatini tashkil etish va undagi operatsiyalarni o‘rgatishdan iborat. Shu 
bilan birga “Tijorat banklari” fanining vazifalari bo‘lib ta’lim oluvchiga 
zamonaviy bank nazariyasini o‘rgatish; pul-kredit munosabatlarini va 


10 
rivojlanish yo‘nalishlarini o‘rgatish; hozirgi zamon pul-kredit tizimi 
qonuniyatlarini tahlil etish; tijorat banklarining aktiv hamda passiv 
operatsiyalarini o’rganish va ularni boshqarishni ko‘rsatib berish 
hisoblanadi. 
Tijorat banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, 
mijozlarning kredit va investitsiyaga bo‘lgan talabini qondirish, aktivlarni 
kredit va operatsion risklardan himoya qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. 
Bu esa aktivlar hajmini oshirish orqali banklar faoliyatining barqarorligini 
ta’minlash jihatidan muhim amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, 
«Banks around the World» va «S&P Global Market Intelligence» 
nashrlarining hisobotlariga ko‘ra, «jahon banklari aktivlarining asosiy 
ulushi 100 ta bank hissasiga to‘g‘ri kelmoqda»
11
. Bu esa bank aktivlari 
sifatini oshirishi hamda bank aktivlarining daromadliligi va likvidliligi 
o‘rtasidagi oqilona nisbatni ta’minlashi, pirovard natijada, banklarning 
moliyaviy barqarorlik darajasini oshirishga xizmat qilmoqda. 
O‘quv qo‘llanmada tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning 
nazariy va iqtisodiy asoslari, passiv va aktiv operatsiyalarining 
daromadliligi va risk darajalari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, kredit 
risklarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish, bank aktivlarini
raqamlashtirish, tijorat banklari aktivlarining likvidliligini ta’minlash, 
tijorat banklarining raqamli aktivlar bilan amalga oshiradigan xalqaro 
operatsiyalari, 
shuningdek, 
lizing, 
faktoring, 
balansdan 
tashqari 
operatsiyalar to‘g‘risida tushunchalar beradi. 
O‘zbekistonda tijorat banklarining aktiv operatsiyalarini rivojlantirish 
muhim masala hisoblanadi. Buning uchun esa «davlat ulushiga ega tijorat 
banklarida transformatsiya jaryonlarini yakunlash, xususiy banklarning 
ulushini 2025 yilda jami bank aktivlarining 60 foiziga yetkazish»
22
kabi 
vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni bajarishda tijorat banklari 
aktivlari likvidliligini va kredit portfelining diversifikatsiya darajasini 
ta’minlash, tijorat banklarining yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga 
qilingan investitsiyalarining jami aktivlardagi salmog‘ini oshirish, tijorat 
banklari va ular mijozlarining kredit portfelini diversifikatsiya darajasini 
oshirish, banklarda xorijiy valyutadagi aktivlar hajmini muvofiqlashtirish, 
tijorat banklarining aktiv operatsiyalariga salbiy ta’sirni pasaytirish va 
kredit siyosatini liberallashtirish bo‘yicha fikrlar berilgan. 
1
"The world's 100 largest banks". Standard & Poor. December, 2021, https://www.relbanks.com.  
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son ―2022-2026 yillarga 
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni.


11 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə