Tijorat banklari



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

vakillik hisobvarag‘
i deganda — bankning 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida yoki boshqa bankda ochilgan, 
banklararo to‘lovlarni o‘tkazishga va o‘zaro hisob-kitoblarni amalga 
oshirishga mo‘ljallangan hisobvarag‘i tushuniladi. 
Bank tomonidan Markaziy bankda yoki boshqa bankda milliy va chet 
el valyutasida vakillik hisobvarag‘i ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim 
qilinadi
8

-
bankning barcha rekvizitlari ko‘rsatilgan holda vakillik hisobvarag‘i 
ochish to‘g‘risida ariza; 
-
imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha. 
Yuridik shaxs bo‘lgan norezident banklar tomonidan banklarda 
vakillik hisobvaraqlarini ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: 

norezident bankning to‘liq nomi va uni ro‘yxatdan o‘tkazgan 
davlatdagi yuridik manzili ko‘rsatilgan holda vakillik hisobvarag‘i ochish 
to‘g‘risida ariza; 

imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha; 

ro‘yxatdan o‘tkazgan davlatning vakolatli organi tomonidan 
berilgan litsenziyaning legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan nusxasi; 

norezident bank tomonidan va u ro‘yxatga olingan davlatda jinoiy 
faoliyatdan 
olingan 
daromadlarni 
legallashtirishga, 
terrorizmni 
moliyalashtirishga 
va 
ommaviy 
qirg‘in 
qurolini 
tarqatishni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar 
qo‘llanilishi to‘g‘risidagi axborot. 
Yangi tashkil etilayotgan bank ta’sischilari tomonidan bank ustav 
kapitalini shakllantirish va bank ro‘yxatga olingunga qadar to‘lanadigan boj 
va yig‘imlar uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida Markaziy bank yoki tijorat 
bankida 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i bank 
ta’sischilari murojaati asosida ochilishi mumkin. Bunda, ta’sischilar 
tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 
-
bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza; 
-
imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha; 
-
mijoz nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega 
shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki 
8
“Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma. [O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 8-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 
3420].


16 
identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik 
guvohnomasi). 
Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya 
olingandan so‘ng 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” 
hisobvarag‘idagi mablag‘lar belgilangan tartibda ochilgan vakillik 
hisobvarag‘iga ta’sischilarning topshirig‘i asosida o‘tkaziladi va 29801 — 
“Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i yopiladi. 
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, bankning kuzatuv kengashi va 
boshqaruvi bankning boshqaruv organlaridir. 
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bankning yuqori boshqaruv 
organidir. 
Bank: 

javobgarlikning shaffof sohalarini; 

bank duchor bo‘lgan yoki duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
tavakkalchiliklarni aniqlash, boshqarish, monitoring qilish va ular haqida 
xabardor etishning samarali tartib-taomillarini (tanglik vaziyatining sodir 
bo‘lishi ssenariylarini); 

operatsiyaga oid tavakkalchilikning o‘rnini qoplash uchun 
likvidlikni va kapitalning yetarliligini baholash tartib-taomilini; 

ichki nazoratning tegishli 
mexanizmlarini, shu jumladan 
buxgalteriya hisobini yuritish tartibini

tavakkalchiliklarni 
oqilona 
hamda 
samarali 
boshqarishga 
ko‘maklashadigan hamda mos keladigan xodimlarni mukofotlashning 
siyosati va usullarini belgilovchi korporativ boshqaruvning aniq 
ifodalangan tashkiliy tuzilmasiga ega bo‘lishi kerak. 
Korporativ boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, tartib-taomillari va 
mexanizmlari kompleks tusga ega bo‘lishi hamda bank amalga oshirayotgan 
biznes-model va faoliyatga xos bo‘lgan tavakkalchiliklarning xususiyati, 
miqyosi hamda murakkabligiga muvofiq bo‘lishi kerak. Ichki nazorat 
mexanizmlari kamida boshqaruv vazifalari bajarilishini va tavakkalchiliklar 
baholanishini hamda ichki audit talablariga rioya etilishini ta’minlashi 
kerak. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə