Tijorat banklari


Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

1.4. Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal 
miqdori va uning ahamiyati 
 
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlari to‘lagan pul 
mablag‘laridan tashkil topib, uning summasi bank ustavida ko‘rsatiladi va 
bank ishini boshlashning boshlang‘ich, tayanch nuqtasi hisoblanadi. 
Bankning tashkil qilinish shakliga qarab uning ustav kapitali ham turlicha 
bo‘lishi mumkin. Agar bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil 
qilinadigan bo‘lsa, u holda bank ustav kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish 
va joylashtirish yo‘li bilan tashkil topadi
10

10
Abdullayev Yo. Qoraliyev T., Toshmurodov Sh., Abdullayeva S. Bank ishi. O‘quv qo‘llanma –T.: 
“IQTISOD-MOLIYA”, 2010-yil. - 112 bet.


24 
Ustav kapitali ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pulda 
ifodalangan holdagi) yig‘indisini aks ettiradi. 
Tijorat banklarining barqarorligida ularning ustav kapitali muhim 
o’rin tutadi. Shakllangan kapital yildan-yilga iqtisodiy normativlarning 
barcha parametrlarini bajarilishini to’liq ta’minladi, yana shu bilan birga, u 
o’rnatilgan minimal belgilardan bir necha baravar yuqori bo’lishiga olib 
keldi. 
Bankning ustav kapitali uning balans passivida ko‘rsatilib, summasi 
qonun bilan chegaralanmaydi. Ammo uning uchun eng kam miqdori 
Markaziy bank tomonidan belgilanadi va bu eng kam ustav kapitali bank 
muassislari tomonidan uni ro‘yxatga olish paytigacha to‘lanishi kerak. 
Bank ustav kapitalining eng kam miqdori:
2023-yil 1-sentabrga qadar yuz milliard so‘mni;
2023-yil 1-sentabrdan e’tiboran ikki yuz milliard so‘mni;
2024-yil 1-apreldan e’tiboran uch yuz ellik milliard so‘mni;
2025-yil 1-yanvardan e’tiboran besh yuz milliard so‘mni tashkil etishi 
kerak
11


Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə