Tijorat banklari


 Tijorat banklari faoliyatini qayta tashkil etish shakllari



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

1.6. Tijorat banklari faoliyatini qayta tashkil etish shakllari. 
 
Bankni qayta tashkil etish raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning 
talablari hisobga olingan holda, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining 
qaroriga muvofiq qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish 
va o‘zgartirish shaklida Markaziy bankning ruxsati bilan amalga oshiriladi. 
Bankni qayta tashkil etish Markaziy bankning talabiga binoan ham amalga 
oshirilishi mumkin
15

Davlat yagona ta’sischisi bo‘lgan bankni qayta tashkil etish Markaziy 
bank bilan kelishilgan holda vakolatli organning qarori asosida amalga 
oshiriladi. 
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish 
to‘g‘risidagi qarori mavjudligi bankni qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma 
olish to‘g‘risida Markaziy bankka ariza berish uchun asos bo‘ladi. 
Markaziy bank bankni qayta tashkil etishni rad etgan taqdirda
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi 
qarori haqiqiy emas deb hisoblanadi.
15
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri). 2019-
yil 5-noyabr, O‘RQ-580-son.


29 
Bankni qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish shaklida qayta 
tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganidan keyin 
qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga keladigan har bir bankni 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun zarur tashkiliy-texnik 
tadbirlar bajariladi. 
Bankni qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi 
olinganligi qayta tashkil etilishi natijasida vujudga keladigan banklarni 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish uchun kafolat bo‘la 
olmaydi. 
Qayta tashkil etilayotgan bank qayta tashkil etish jarayonini 
Markaziy bankning ruxsatnomasi olingan kundan e’tiboran olti oy ichida 
tamomlashi shart. 
Qayta tashkil etish natijasida yangidan yuzaga kelgan banklarni 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish Markaziy bank 
tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Bankni qayta tashkil etish tartibi Markaziy bank tomonidan 
belgilanadi. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə