Tijorat banklari


Respublikamizda tijorat banklarini tugatishning o’ziga xos



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

 
1.7. Respublikamizda tijorat banklarini tugatishning o’ziga xos 
xususiyatlari. 
 
Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish ixtiyoriy yoki 
majburiy (Markaziy bank tomonidan litsenziya chaqirib olinganda) shaklda 
amalga oshirilishi mumkin. 
Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish uchun: 
-
bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining bankni ixtiyoriy tugatish 
to‘g‘risidagi qarori; 
16
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri). 2019-
yil 5-noyabr, O‘RQ-580-son.


31 
-
Markaziy bank boshqaruvining bankni majburiy tugatish haqidagi 
qarori asos bo‘ladi. 
Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish, shu jumladan 
ixtiyoriy shaklda tugatish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. 
Bankni tugatish Banklarning davlat reyestriga tegishli yozuv 
kiritilgan kundan e’tiboran tamomlangan deb va bank tugatilgan deb 
hisoblanadi. 
Ixtiyoriy 
tugatish

Ixtiyoriy 
tugatish 
bank 
aksiyadorlari 
(ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishining ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qarori 
asosida, kreditorlar va omonatchilarning talablarini qanoatlantirish 
imkoniyati mavjud bo‘lganda hamda Markaziy bankning ruxsati olinganda 
amalga oshiriladi.
 
Bankni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning 
umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari 
bo‘lgan aksiyadorlar ovozlarining to‘rtdan uch qismidan iborat ko‘pchilik 
ovozi bilan qabul qilinadi.
Bank Markaziy bankka aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi 
tomonidan bankni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida 
darhol yozma shaklda xabar berishi shart. 
Bankni ixtiyoriy tugatishga ruxsat olish uchun bank aksiyadorlar 
umumiy yig‘ilishining mazkur qarori qabul qilinganidan keyin besh kundan 
kechiktirmay Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza 
beradi: 

bankni tugatish to‘g‘risida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi 
tomonidan tugatish sabablari ko‘rsatilgan holda qabul qilingan qaror; 

aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan, 
tugatish jarayonini, kreditorlarning va omonatchilarning talablarini 
qanoatlantirish tartib-taomillari va muddatlari doirasidagi tashkiliy-amaliy 
chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan tugatish rejasi; 

ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish to‘g‘risida Markaziy bankka ariza 
bilan murojaat etilgan paytdagi talablarni qanoatlantirish uchun mablag‘lar 
yetarli ekanligini tasdiqlovchi balans hisoboti

tugatish komissiyasining tarkibi to‘g‘risidagi axborot va boshqa 
zarur ma’lumotlar. 
Bankni tugatish komissiyasi oldindan Markaziy bank bilan 
kelishilgan holda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan 
tayinlanadi. Agar tugatish komissiyasi tayinlanmagan bo‘lsa, bankni 
tugatish bo‘yicha komissiya Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan 
tashkil etiladi. 


32 
Markaziy bank bankni ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish to‘g‘risidagi 
arizani olgan kundan e’tiboran ikki oy ichida taqdim etilgan hujjatlarni 
ko‘rib chiqadi va quyidagi shartlar bajarilgan bo‘lsa, bankni ixtiyoriy 
tugatish uchun ruxsat beradi, agar: 

bankni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror qonunchilikka muvofiq 
qabul qilingan bo‘lsa; 

bank to‘lovga layoqatli bo‘lsa; 

bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda to‘liq va yetarli 
ma’lumotlar mavjud bo‘lsa; 

taqdim etilgan tugatish rejasi kreditorlar va omonatchilarning 
talablari to‘liq qanoatlantirilishi uchun imkoniyatlar bo‘lishini ta’minlasa; 

bank Markaziy bankning so‘rovnomasiga ko‘ra bankni ixtiyoriy 
tugatishga ruxsat berish shartlari bajarilganligini aniqlash uchun zarur 
bo‘lgan qo‘shimcha hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etgan bo‘lsa. 
Markaziy bank salbiy qaror qabul qilgan taqdirda ixtiyoriy tugatishga 
ruxsat berish rad etilgani to‘g‘risidagi asoslantirilgan qarorni bankning 
kuzatuv kengashiga yetkazadi. Zarur hollarda Markaziy bank tugatish rejasi 
va jadvalining qayta ko‘rib chiqilishini yoki qo‘shimcha hujjatlar va axborot 
taqdim etilishini talab qilishi mumkin. 
Markaziy bank ixtiyoriy tugatish uchun ruxsat berganidan keyin bank 
litsenziyasini chaqirib oladi. 
Agar ixtiyoriy tugatish jarayonida bank to‘lovga layoqatsiz ekanligi 
aniqlansa, tugatish komissiyasi zudlik bilan Markaziy bankka xabar berishi 
hamda bankning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi tegishli hisobot va 
hujjatlarni taqdim etishi kerak. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə