Tijorat banklari


 Bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

2.4. Bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari 
Bank kapitalining asosiy maqsadi – riskni kamaytirish va kapitalning 
moliyaviy resurslar bozoriga kirish yo‘lini ta’minlashdir. 
Bank kapitali operatsion xarajatlarni moliyaviy bozorlarga erkin kirib 
borishini ta’minlash orqali kamaytiradi. Katta miqdordagi kapital bankning 
barqaror obro‘sini va omonatchilar ishonchini ta’minlaydi. 
Bank kapitalining aktivlarga nisbati, O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan me’yorlar bilan yaqindan o‘zaro 
bog‘liq. Ya’ni kapital qarz olish bilan yangi aktivlar jalb qilinishini 
chegaralash orqali riskning oshib ketishini to‘xtatadi yoki uni kamaytiradi. 
Agar banklar ssuda miqdorini oshirmoqchi yoki boshqa aktivlarni sotib 
olmoqchi bo‘lsalar, yuqorida keltirilgan yo‘llar bilan ular aksioner kapitalini 
qo‘shimcha moliyalashtirishni ta’minlashlari kerak. Bu aktivlarning 
spekulyativ o‘sishining oldini oladi va banklar o‘z aktivlarini samarali 
boshqarish imkoniyatlarini saqlab qoladi. 
Banklarning o‘z mablag‘lari miqdorini oshirishda 2 usul ishlatilishi 
mumkin: qo‘shimcha aksiyalar chiqarish va ularni joylashtirish yoki 
chiqarilgan aksiyalarning nominal qiymatini oshirish. Birinchi usul bank 
ustav kapitali miqdorining oshirilishi qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish, 
ularni joylashtirish yoki aksiyalar nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan 
amalga oshirilishi mumkin. Bu yo‘l bilan foydani jamg‘arish, bankning 
zaxira va boshqa fondlarini jadallashtirilgan tarzda shakllantirish va ularni 
keyinchalik kapitalga aylantirish shaklida ro‘y beradi. Bunda yil oxirigacha 
foydaning bir qismi to‘g‘ri kapitalga aylanishi ham mumkin. Bu usul ancha 
arzon, yangi paychilar jalb qilish yoki aksiya chiqarish borasidagi 
qo‘shimcha xarajatlarni talab etmaydi. Lekin foydani jamg‘arish joriy yilda 
aksionerlarga to‘lanadigan dividendlar miqdorining kamayishiga olib 
kelishi mumkin. Ikkinchi usul, aksiyalarning nominal qiymatini oshirish 
yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan bank ustav 
kapitalini oshirish quyidagi usullar: 


52 

moliyaviy yil yakuni bo‘yicha ko‘rilgan foydaning bir qismini yoki 
hammasini aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‘naltirish; 

Aksiyadorlar tomonidan aksiyalar nominal qiymati oshirilgan 
qismining to‘lanishi orqali bo‘lishi mumkin. 
Bank ustav kapitali aksiyalar nominal qiymatini pasaytirish yoki 
aksiyalar umumiy sonini qisqartirish, jumladan, keyinchalik ularni to‘lash 
sharti bilan sotib olish orqali kamaytirilishi mumkin. 
Agar bank ustavida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, aksiyalarning bir qismini 
sotib olish va ularni to‘lash yo‘li bilan bank ustav kapitalini kamaytirishga 
ruxsat beriladi. 
Agar kamaytirish natijasida ustav kapitalining eng kam miqdoridan 
kamayib ketsa, bank ustav kapitali miqdorini kamaytirishga ruxsat 
berilmaydi. 
Aksiyalarning nominal qiymati pasaytirilganda, aksiya narxi va yangi 
nominal qiymat o‘rtasidagi farq aksiyadorlarga qaytariladi.Kapitaldan 
chegirmalar kapital monandligi koeffitsiyentlari hisoblangunga qadar I 
darajali kapitaldan chegiriladi. 
I darajali asosiy kapitaldan quyidagilar chegiriladi: 
-
nomoddiy aktivlar, bundan bankning dasturiy ta’minotlari mustasno; 
-
birlashmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar kapitaliga barcha 
investitsiyalar summasi, shu jumladan bunday xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar kapitalini tashkil qiluvchi qarz majburiyatlari. Bundan, qayta 
tiklanadigan (energiya tejovchi) energiya manbalarini, jumladan yirik 
quyosh va shamol elektr stansiyalari, quyosh panellari hamda kichik 
fotoelektr stansiyalarini ishga tushirishni moliyalashtirish uchun 2023-
yilning 1-dekabriga qadar qilingan investitsiyalar mustasno; 
-
boshqa banklarning kapitaliga qilingan investitsiyalar. 
Endi kapitalning monandligini qanday hisoblanishini ko’rib chiqamiz. 
Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy 
summasi (TAUS) chegirmalar ajratilgan holda tavakkalchilikni hisobga 
olgan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar yig‘indisi sifatida 
aniqlanadi. 
Regulyativ kapitalning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi 
aktivlarning umumiy summasiga nisbati 13 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. 
Regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti K1 quyidagi tarzda 
hisoblanadi:

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə