Tijorat banklari


I darajali qo‘shimcha kapital



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

I darajali qo‘shimcha kapital
o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
a) to‘liq to‘langan nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. 
 
b) qo‘shilgan kapital — imtiyozli aksiyalarni birinchi marta 
joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori to‘langan summa; 
v) I darajali qo‘shimcha kapitalga qo‘shilish shartlariga javob beruvchi 
shu’ba korxonalari tomonidan chiqarilgan va uchinchi shaxslar ixtiyorida 
bo‘lgan kapitalga tenglashtirilgan vositalar. 
II darajali kapital
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
a) joriy yildagi sof foydasi; 
b) chegirmalardan so‘ng tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi 
aktivlar summasining 1,25 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdordagi standart 
aktivlarga yaratiladigan zaxiralar; 
v) chegirmalardan so‘ng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan 
oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz 
kapitali xususiyatlariga ega bo‘lgan vositalar).
g) subordinar qarz — bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo‘lib, 
bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 
kapitalning uchdan bir qismidan oshmasligi kerak. 
 
d) aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining 
oshgan summasining 45 foizi miqdori. 
Bank ustav kapitali miqdori 100,0 mlrd so‘mdan kam bo‘lmasligi 
kerak. 
Bank I darajali kapitalining miqdori bank ustav kapitalining eng kam 
miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda bank I darajali kapitalining 
miqdorini aniqlash uchun bank ustav kapitalining milliy valyutadagi 
ekvivalenti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan hisobot 
oyining oxirgi kuniga valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, 
statistik va boshqa hisobotlarni yuritish maqsadida belgilangan valyutalar 
kursi bo‘yicha aniqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi hollarda 
banklarga nisbatan regulyativ kapital miqdorini oshirish to‘g‘risidagi 
talablarni qo‘yishga haqli:


51 

xavfsiz bo‘lmagan va nosog‘lom bank faoliyatining yuzaga 
kelishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qoniqarsiz moliyaviy holat; 

bank foydasining qoniqarsiz prognozi; 

yuqori darajadagi bank tavakkalchiligi va balansdan tashqari 
moddalar mavjudligi holatlari aniqlanganda.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə