Tijorat banklari



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

2.1-chizma. 
Bank resurslarining shakllanish jihatdan tarkibiy tasnifi
 
Banklar resurslari 
O’z mablag’lari 
Jalb qilingan mablag’lar 
Ustav kapital 
Qo’shimcha va rezerv kapital 
Taqsimlanmagan foyda
Kelgusi davr daromadlari
Hisob-kitoblar tizimidagi
o’z mablag’lari 
Depozitlar 
Olingan banklararo kreditlar 
Boshqa kreditorlar 
Qimmatli qog’ozlar
emissiyasi 
Hisob-kitoblar tizimidan
jalb qilingan mablag’lar 
Talab qilguncha depozit 
raqamlaridagi mablag’lar
NAU depozit raqamlaridagi 
mablag’lar 
Super NAU depozit raqamlaridagi 
mablag’lar 
Kontokorrent depozit 
raqamlaridagi mablag’lar 
Overdraft depozit raqamlaridagi 
mablag’lar 
ATS depozit raqamlaridagi 
mablag’lar 
Pul bozori depozit raqamlaridagi 
mablag’lar 
Muddatli depozit raqamlaridagi 
mablag’lar 
Jamg’arma depozit raqamlaridagi 
mablag’lar
Yutuqli depozit raqamlaridagi 
mablag’lar 
Depozit sertifikati yozilishi mumkin bo’lgan depozit 
raqamlaridagi mablag’lar 


40 
Ishonchlilik darajasi bo’yicha bankning o’z mablag’lari va ularga 
tenglashtirilgan mablag’laridan keyingi o’rinda turuvchi jalb qilingan va 
qarz mablag’lari bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’siriga bog’liqdir: 

fuqarolarning omonatlari va yuridik shaxslarning depozitlari foiz 
stavkalari miqdori; 

omonat va depozitlarni qabul qilish, hisob-kitob va boshqa hisob 
raqamlarini ochish va ularni yuritish shartlari. 
2.1-jadval 
Bank resurslarining belgisi va manbasi bo’yicha tasniflanishi 
Tasnif 
Resurslar 
turlari 
Izoh 
Manbai 
O’z mablag’lari 
Nizom, qo’shimcha kapital, zaxiralar, foyda va zararlar 
hisob raqamidagi qoldiq. 
Jalb qilingan va 
qarz mablag’lari 
Mijozlarning hamda vakil - banklarning joriy, depozit, 
jamg’arma va boshqa hisob raqamlaridagi mablag’lar; 
yuridik shaxslar tomonidan olingan kreditlar 
Mablag’lar-
ning kimga 
tegishliligi 
bo’yicha 
Bankka tegishli 
O’z mablag’lari: jamg’armalar, taqsimlanmagan foyda, 
taqsimotdan keyingi joriy davrning foydasi, o’z 
mablag’larini ko’payishiga ta’sir qiluvchi xarajatlarni 
hisobga olmagan holda emission daromad. 
Bankka tegishli 
bo’lmagan 
Banklararo kredit, jalb qilingan depozitlar, maxsus 
jamg’armalar, korxonalarning hisob raqamlardagi bo’sh 
pul mablag’lari, bankning kreditorlik qarzlari, debitorlar 
bilan hisoblashishlar bo’yicha zaxiralar. 
Muddatiga 
ko’ra 
Uzoq muddatli 
O’z mablag’lari, o’z mablag’lariga tenglashtirilgan 
mablag’lar (talab qilib olinguncha hisobraqamlaridagi 
minimal qoldiqlar), uzoq muddatli depozitlar. 
Qisqa muddatli 
Qisqa muddatli depozitlar, korxona va tashkilotlarning 
talab qilib olinguncha hisob raqamlaridagi minimal 
qoldiqdan ortgan mablag’lar. 
Ishonchliligi 
bo’yicha 
Ishonchli 
O’z mablag’lari, uzoq muddatli depozitlar, moliyaviy 
yordam 
Ishonchsiz 
Talab qilib olinguncha depozitlar, korxona va 
tashkilotlarning hisob raqamlari. 
Ko’payish 
manbai 
O’z ichki va 
tashqi 
mablag’lari
Taqsimlanmagan foyda. 
Qimmatli qog’ozlarni chiqarish (Aksiya, obligatsiya, 
veksellar) shu jumladan, konvertirlanadigan, bank 
aktivlarini sotish, ko’chmas mulkni ijaraga berish. 
Jalb qilingan 
ichki va tashki 
qarz mablag’lari 
Qimmatli qog’ozlarni konvertatsiya qilish. 
Yuridik 
shaxslarni 
hisob 
raqamlarini 
ochish, 
fuqarolarning 
omonatlari, 
yuridik 
shaxslarning 
depozitlari, banklararo kreditlar. 


41 
Ustav kapitalining miqdori, uni shakllantirish tartibi va unga 
o’zgartirishlar kiritish bankning Nizomida belgilangan bo’ladi. Ustav 
kapitalini oshirish yangi aksiyalarni muomalaga chiqarish, yoxud sof 
foydani kapitalizatsiya qilish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bankning 
muhim resurslaridan biri bo’lgan zaxira kapitali banklarning foydasidan 
ma’lum bir foizini ajratish orqali tashkil qilinadi.
Zaxira kapitali bank majburiyatlarni qaytarishga va maxsus zaxiralar 
tashkil qilinmaydigan bank operatsiyalari bilan bog’liq xatarlarni qoplashga 
sarflanadi. 
Yuqoridagi tasnif iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan qisqacha 
tasnifdan farqli o’laroq bank resurslarining manbasi, turlari, kimga tegishli 
ekanligi, muddati, ishonchlilik va risk darajasi, ko’rsatish imkoniyatlarini 
o’zida mujasamlashtirilgan holda ishlab chiqilgan. 
Banklarning barcha resurs bazasidagi elementlarni turli belgilar 
bo’yicha guruhlarga ajratdik. Tahlil maqsadida va klassifikatsiyaning 
asosini boshqarishda (2.1-jadvalda keltirilgan), quyidagi belgilar inobatga 
olindi.
Bular resurslarni: 
-
manbalari bo’yicha; 
-
mablag’lar kimga tegishliligi bo’yicha; 
-
muddatiga ko’ra;
-
ishonchlilik darajasiga ko’ra;
-
ko’payish manbaiga ko’ra va boshqalar bo’yicha tasniflash mumkin. 
Yuqorida tavsiya qilingan tasnif, bizning fikrimizcha, banklar faoliyati 
uchun zarur bo’lib, banklar o’zida mavjud bo’lgan resurslarni qaysi 
manbadan, qancha muddatga jalb qilinganligi to’g’risida yaqqol tasavvurga 
ega bo’ladi. 
Bundan tashqari, bu tasnif asosida banklar mablag’lari qaysi sub’ektga 
tegishli ekanligi va bu sub’ektning moliyaviy ahvoli, unga shu mablag’lar 
qaysi muddatga zarurligi yoki boshqacha qilib aytganda, ularning 
likvidlilik, ishonchlilik darajasi, shu mablag’lar bo’yicha mavjud risklar va 
ularning darajasini aniqlashga va shu omillar asosida chora-tadbirlarni 
amalga oshirib banklarning resurs bazasini barqaror ushlab turishga yordam 
beradi.
O’zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to’g’risida", 
"O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida", "Aksiyadorlik 
jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi 
qonunlariga hamda boshqa qonunlar va O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2015 yil 6 maydagi PQ–2344-son «Tijorat banklarining 


42 
moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga hamda 2015 yil 6 
iyuldagi 2693-son “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo’yiladigan 
talablar to’g’risidagi nizom”lar asosida mamlakatimizda tijorat banklarining 
kapitali shakllantiriladi va boshqariladi. 
Banklar tomonidan pul mablag’larini yig’ish, boshqa depozitlarni jalb 
qilish strategiyasini amalga oshirish bankning kredit-investitsion faoliyatini 
amalga oshirish uchun ham zarur. 
Depozit operatsiyalari yordamida banklarning 70 foizdan ortiq 
passivlari tashkil qilinishi mumkin. Depozit operatsiyalarini banklar 
o’zlarining depozit siyosatlari asosida olib boradilar. Bankning depozit 
siyosati uning kredit siyosati, foiz siyosati va boshqa faoliyat turlari bilan 
chambarchars bog’liq bo’lib, banklarning resurs bazasini mustahkamlash va 
uning barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini 
amalga oshirishda bu operatsiya turining ob’ekt va sub’ektini aniqlash 
lozim. 
Depozit operatsiyalarining obekti bo’lib ehtiyojdan ortiqcha pul 
mablag’lari (qo’yilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil 
qilishning asosi bo’lib balans likvidliligi, mijozlarning moliyaviy 
ahvolining barqarorligi hisoblanadi.
Depozit foiz stavkalari darajasini har bir bank O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy Banki hisob stavkasi, pul bozori holati va o’zining 
depozit siyosatidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilaydi. Depozit 
hisobvarag’ining alohida ko’rinishlari bo’yicha daromad hajmi qo’yilma 
muddati, summasi, hisobvarag’ini amal qilish xususiyati, xizmatlar hajmi 
va xarakteri va nihoyat, mijozning qo’yilma shartnomasi shartlariga amal 
qilishiga bog’liq. 
Bank depozit sertifikatlari – bank resurslar manbaasiga qo’shimcha 
pul mablag’larini jalb qilishning bozor mexanizmiga xos bo’lgan 
usullaridan biri bo’lib, bank tizimining barqaror faoliyat ko’rsatishda va 
resurs bazasining mustahkamlanishida o’ziga xos muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Respublikamizda depozit sertifikatlar amalda bo’lish qoidalari va 
bozori shartlarini tashkil etish va ularning muomalasini tartibga solish 
maqsadida, «O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank tomonidan 
«Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada 
bo‘lish tartibi to‘g‘risida» Nizom ishlab chiqilgan bo’lib, mazkur tartibga 
asosan Respublikamizda faoliyat yuritayotgan banklar tomonidan yuridik 
va jismoniy shaxslarga mo’ljallangan o’z depozit sertifikatlarini chiqarib 


43 
kelinmoqda. Bank tomonidan chiqarilayotgan sertifikatlar xalqaro 
amaliyotda va bizning qonunchilikda belgilangan shartlar bo’yicha ikki 
turda chiqarilishi mumkin:
23
1.
Yuridik shaxslar uchun mo’ljallangan – depozit sertifikatlari. 
2.
Jismoniy shasxlar uchun mo’ljallangan - jamg’arma sertifikatlari 
Mamlakatda moliya bozorlarining keng ko’lamda ishlashining 
ta’minlanishi ulardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. 
Bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklarining resurslarini tashkil 
qilish jarayoniga katta ahamiyat beriladi. Shu sabab o’tish iqtisodiyotini 
boshidan kechirayotgan deyarli barcha mamlakatlarda tijorat banklari 
resurslarini shakllantirish tizimida tubdan o’zgarishlar bo’ldi. Bu 
o’zgarishlarning bo’lishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi. Bular: 

banklararo kredit bozorida Markaziy bankning faol ishtirok 
etishining ta’minlanishi va bu o’z navbatida kredit riskini kamaytirganligi; 

iqtisodiyotda noto’lovlar muammosining mavjudligi va kreditning 
qaytarilmasligi oqibatida tijorat banklarining zarar ko’rish imkoniyatining 
oshishi; 

aholi qo’lidagi omonatlarning o’sishi; 

korporativ qimmatli qog’ozlar bozorining yetarli darajada 
rivojlanmaganligi va boshqalardir. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə