Tijorat banklari


Tijorat bankining kapitali uning tarkibi va yetarliligiga



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

2.3. Tijorat bankining kapitali uning tarkibi va yetarliligiga 
qo’yilgan talablar 
Bank o’z mablag’lari tarkibi: 
1) Aksiyadorlik kapitali (oddiy, imtiyozli); 
2) Qo’shimcha kapital; 
3) Zaxira kapitali (Zaxiralar va maxsus fondlar, devalvatsiya); 
4) Taqsimlanmagan foyda; 
5) Qayta baholash ortiqchasidan iborat. 
Tijorat banklari, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, o’z mablag’lari ustav 
kapital, rezerv kapital, maxsus fondlar, o’tgan yillardagi taqsimlanmagan 
foydalar, rezervlar, qayta baholash natijalaridan iborat. 
Shundan, bank ustav kapitali ular tomonidan chiqargan aktiyalarning 
nominal qiymatiga teng bo’lib, bankning boshlang’ich ish faoliyatida bank 
faoliyatini yuritishi uchun kerakli darajada mablag’ga ega bo’lish 
maqsadida o’zi uchun yetarli bo’lgan miqdorda joylashtiriladi. Shuningdek 
rivojlangan mamlakatlarda Fond bozorlariga joylashtirilgan aksiyalarning 
nominalidan yuqori bo’lgan bozor narxlari qo’shimcha ravishda 
nominalidan ortiqcha qismi qo’shimcha kapitalda hisobga olinadi. 
Bankning rezerv kapitali foydadan ajratmalar ajratish hisobiga 
maqsadli tarzda shakllantirilib uning tarkibiga, xar hil yaratilgan maqsadli 
fondlar va zaxiralar, shuningdek ko’zda tutilmagan xarajatlarni, ssudalardan 
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxiralar 
kiradi. Zaxiralarning zarurligi shundan kelib chiqadiki, umidsiz bo’lgan 
qarzlarni qoplash va hamma kredit uchun noto’lovlarni oldini oladi. Bizning 
amaliyotda bank zaxiralari xarajatlarni oshirish evaziga amalga oshiriladi.
Kapitalning navbatdagi elementi bo’lib, taqsimlanmagan foyda kiradi. 
Bu bank egalarining ixtiyorida qoladigan mablag’ hisoblanib, yil yakuni 
bo’yicha zaxiralarga ajratish, soliqlarga to’lovlar va dividendlar uchun 
o’tkaziladi.
Bank kapitali yoki o’z mablag’larining jami bank resurslari tarkibida 
ulushi kamroq bo’lishiga qaramay, bir qator funksiyalarni bajaradi. 
Ular bugungi kunda keng tarzda e’tirof etilayotgan uchta asosiy 
funksiyalarga: himoya, tezkorlik va nazoratga bo’linadi. Bank aktivlarning 
sezilarli qismi jamg’armachilar tomonidan moliyalashtiriladi, shuning 


48 
uchun o’z mablag’lari jamg’armachilar manfaatini ta’minlovchi himoya 
vazifasini bajaradi. 
Bank kapitali, o’z o’rnida bank uchun «yostiqcha» vazifasini bajaradi 
yoki bank faoliyatini ko’zda tutilmagan xarajatlar va zararlardan saqlanish 
uchun ishonch vazifasini o’taydi.
Kapitalning tezkorlik funksiyasidan o’z o’rnida, bankning 
boshlang’ich faoliyatida kerakli bo’lgan bino va asosiy vositalarga manbaa 
sifatida foydalaniladi.
Kapitalning nazorat funksiyasi ommaning qiziqishi va e’tiborida 
bo’lib bankning samarali ishlash faoliyati nazoratini ta’minlaydi. 
Kapitalning nazorat funksiyasi orqali davlat organlari bank faoliyatiga baho 
beradi va u orqali bank faoliyatiga ta’sirini o’tkazadi. Odatda kapitalga 
qo’yiladigan minimal miqdor va ularga belgilanadigan cheklovlarni hamda 
ularga nisbatan bankning boshqa ko’rsatkichlarini nazorat qilish yoki unga 
nisbatan shakllantirish foydalaniladi. Markaziy bankning tijorat banklari 
uchun belgilagan ayrim iqtisodiy normativlari ham bank kapitaliga nisbatan 
belgilanadi va ular kredit va investitsiyalarni hamda qimmatli qog’ozlar 
bilan operatsiyalar olib borishning maksimal miqdorini belgilaydi.
Yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan hamma funksiyalar bank faoliyatida 
xatar darajasini kamaytirishga qaratilgan bo’lib, bankni samarali boshqarish 
sharoitini yuzaga keltiradi.
Bank o‘z kapitali tushunchasini keng ochib berish uchun shuni aytib 
o‘tish kerakki, bank nazariyasida bank o‘z mablag‘i va o‘z kapitali 
tushunchalari farq qiladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan «O‘z mablag‘i» 
tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, u bankning ichki faoliyati jarayonida 
tashkil topgan barcha passivlarni (bankning ustav, zaxira va boshqa 
fondlari, bank tashkil qilingandagi zaxiralarni, taqsimlanmagan foyda va 
joriy yil foydasini) o‘z ichiga oladi. Bankning o‘z kapitali deganda, 
bankning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan 
zararlarni qoplashga qaratilgan, maxsus tashkil qilinadigan fond va 
zaxiralarni tushunimiz kerak. Bank kapitaliga ustav kapitali, zaxira kapitali, 
ta’sis foydasi, bank ixtiyorida qoldirilgan o‘tgan va joriy yilda 
taqsimlanmagan foydasi, turli risklarni qoplash uchun tashkil qilingan 
zaxiralar kiradi va u bank faoliyatida muhim funksiyalarni bajaradi. 
Bankning o‘z kapitali – hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadigan kattalik. 
U iqtisodiy ma’nosiga ko‘ra bank kapitali funksiyalarini bajaradigan o‘zlik 
mablag‘larni ichiga oladi. 
Bankning o‘z kapitali – bank vaqtincha jalb qilgan qarz 
mablag‘laridan farqli o‘laroq, bevosita bankning o‘ziga tegishli bo‘lgan 


49 
mablag‘lardir. Bank kapitalining boshqa korxonalar kapitalidan farqi 
shundaki, bankning o‘z kapitali aylanma mablag‘larining 10 foizini, 
korxonalarda esa u taxminan 40-50 va undan ortiq foizni tashkil qiladi. 
Bank kapitaliga bankning o‘z mablag‘larining asosiy elementlari 
kiradi, ya’ni qonunchilikka muvofiq tashkil topgan asosiy fondlar, bank 
faoliyatini ta’minlash maqsadida ichki manbalar hisobiga tashkil topgan 
zaxiralar kiradi. Ular quyidagi shartlarga javob berishi kerak. 
-
bank faoliyatining barqarorligi; 
-
kreditor huquqlari bo‘yicha subordinatsiyalanganlik; 
-
qayd qilib yozilgan daromadlarning yo‘qligi. 
Tijorat banklari kapitalining minimal miqdori xalqaro Bazel 
qo‘mitasining talablariga ko‘ra asosiy (birinchi darajali)va qo‘shimcha 
(ikkinchi darajali) kapitaldan iborat bo‘lib, u regulyativ kapital deb ham 
yuritiladi. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə