Tijorat banklari


Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

 
2.2. Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari 
Bank tizimi faoliyati davlatning iqtisodiy holati bilan uzviy holda 
bog’liq va unga o’ziga yarasha ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa hozirgi sharoitida, 
mamlakatdagi moliya – kredit tizimining tashkil etilganligi, iqtisodiy 
sikllarning barqarorligini bank faoliyati ko’rsatkichlari orqali qisman bo’lsa 
ham ko’rish mumkin. Banklarning iqtisodiy faoliyatidan kelib chiqadigan 
bo’lsak bank faoliyatida ham o’ziga yarasha ehtiyojlar va talablar mavjud. 
Ushbu bobda bank faoliyati yuritish uchun zarur bo’lgan «resurslar» 
tushunchasi va ularning tarkibi hamda mohiyati bilan tanishamiz. 
Banklar faoliyati ham boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar singari o’z 
faoliyatini olib borishi uchun yetarli darajada pul va moliyaviy resurslari 
bilan ta’minlagan bo’lishi kerak, chunki ularning asosiy taklif etadigan va 
ko’rsatadigan xizmatlari ham pul mablag’lari yoki moliyaviy resurslarda 
tashkil topadi.
23
“Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo’lish tartibi to’јrisida” 
NIZOM. 2008 yil 24 sentyabr №1859.


44 
Hozirgi kunda tijorat banklarining to’qnashishi mumkin bo’lgan 
muommolardan biri bu bank resurslarning shakllantirish va ularni saqlab 
qolish bo’lib qolmoqda.
Bank resurslarini shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar 
banklarning 
passiv operatsiyalari 
deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida 
tijorat banklarining passiv va aktiv-passiv schyotidagi pul mablag’larining 
s
almog’i oshib boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini 
asosan to’rtta shakli mavjud. 
1. Tijorat banklari qimmatbaho qog’ozlarini muomalaga chiqarish 
yo’li bilan resurslar yig’ish; 
2
.
B
a
n
k
f
o
y
d
a
s
i
i
s
o
b
i
d
a
n
a
r
x
i
l
3
.
B
o
s
h
a kreditorlarning mablag’larini jalb qilish; 
4. Depozit operatsiyalarini amalga oshirish. 
Tijorat banklari resurslari makroiqtisodiy ko’rsatkichlar qatoriga 
kiradi va bankning likvidligiga va daromadligigiga to’g’ridan to’g’ri ta’sir 
ko’rsatadi. Tijorat bankning faoliyat ko’rsatish qamrovini oladigan bo’lsak 
ular oladigan foydalar bank resurslarini qanday shakllantirganligi va qanday 
shartlar va turlari bo’yicha jalb qilganligiga juda ham bog’liqligini juda 
yaxshi bilamiz. Shuning uchun banklar o’rtasida ham mablag’larni jalb 
qilishda ham katta raqobat muhiti yuzaga kelganiligini ko’rishimiz mumkin.
Bank resurslarini shakllantirish jarayoni bu faqatgina yangi mijozlarni 
bankga jalb qilishning o’zi emas balki bank mablag’lari tuzilishining doimiy 
ravishda o’zgarib turishi va tarkibidagi passivlarning holatiga qarab o’z 
aktivlarini boshqarishi ham tushuniladi. Buning uchun esa samarali 
passivlarni boshqarish tizimi yoki samarali depozit siyosatini yuritilishini 
talab etiladi. Mijozlar oldidagi talabni doimiy qondirish hamda barqaror 
holatni saqlab qolish uchun banklar kerakli darajada likvidlik talablarni 
bajarishi kerak. Bugungi kunda Markaziy bank talablaridan hamda o’zining 
ichki faoliyatidan kelib chiqib likvidlik normalari belgilangan.
Bankning depozit siyosati o’z ichiga hamma ijtimoiy darajadagi 
shaxslar – nafaqaxo’rlar, yoshlar va yoshi kattalar hamda kam 
ta’minlanganlar va kam daromadlilarning ham hisobini olishi kerak.
Yuqorida ko’rib o’tilganlar shuni ko’rsatadiki, bank resurlarining 
shakllanishi va ularni barqarorligini ta’minlashda quyidagilar asos bo’lib 
qolmoqda: 
- banklarning asosiy mablag’lari o’sishi aksiyadorlarni jalb qilish va 
ularning mablag’larini joylashtirish hamda olingan daromadlardan 


45 
ajratmalar ajratish, zahira fondlar yaratish va maqsadli zahiralar tuzish 
orqali amalga oshirilmoqda. 
- bankning passiv operatsiyalarini yuritish orqali, ya’ni depozitlarga 
jalb qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning talab qilib olguncha va 
jamg’arma, muddatli omonatlariga, vaqtincha yoki talab qilib olguncha 
shartlari bo’yicha joylashtirish orqali olib borilmoqda. 
Bankning o’z kapitali bank faoliyatining asosini tashkil etuvchi hamda 
bank passivlarining muhim manbalaridan hisoblanadi. 
Jalb qilingan va sotib olgan mablag’lar yoki qarzga olingan mablag’lar 
bank passivlarining katta qismini tashkil etuvchi hamda tijorat bankning 
vositachi tashkilot ekanligini, ya’ni vaqtincha bo’sh mablag’larni jalb qilib 
boshqa mijozlarni talablarini qondiruvchi ekanlini tavsiflaydi.
Banklar resurslaridan samarali foydalanish uchun o’z passivlarini 
boshqarishni o’ta ehtiyotkorlik va qat’iy holatda olib boradi hamda 
bankning likvidligini va daromadliligini ta’minlaydilar.
Bank passivlarini boshqarilishi quyidagilarni o’z ichiga oladi va olishi 
kerak.
Birinchidan, passivlarni boshqarish – bankni barqaror resurslar bilan 
ta’minlashi. 
Ikkinchidan, jalb qilingan va o’z mablag’lari o’rtasida nisbatni optimal 
tarzda belgilashi. 
Uchinchidan, passivlarni boshqarish orqali kapitalning yetarliligi 
talablarini nazorati. 
To’rtinchidan, depozitlar turlarini salmog’ini ko’proq bo’lishini 
ta’minlashi va mulkchilik shakllarini manfaatlarini ifoda etishi. 
Beshinchidan, muddatli jamg’armalarga alohida e’tibor berilishi va 
likvidlikni ta’minlanishi. 
Oltinchidan, 
jalb 
qilingan 
resurslarni muddatlari bo’yicha 
joylashtirilgan aktivlarning muddatlari va summalarini mos kelishi. 
Yettinchidan, passivlarni boshqarilishi shunday tashkil etilishi 
lozimki, natijaviy holatda bank foyda ko’rishi lozim. 
Bank passivlarini boshqarishdan maqsad bankni barqaror resurslar 
bazasi bilan ta’minlash bo’lib, bankning olib borayotgan yoki olib borishi 
lozim bo’lgan depozit siyosatiga bog’liq bo’lgan holda ularga qo’yiladigan 
talablarni keyingi qismlarda ko’rib chiqamiz.
Bank resurslarining iqtisodiy mohiyatini o’rganadigan bo’lsak, bu 
yuzasidan taniqli iqtisodchi olim Lavrushin O.I., quyidagicha ta’rif beradi: 
«Tijorat banki resurslari yoki«bank resurslari», aktiv amaliyotlarni amalga 
oshirish uchun o’z ixtiyoriga jalb qilingan va o’z mablag’larining 


46 
jamlamasidir». Maslechenkov Yu.S. ham o’z kitobida «Bank resurslari o’z 
va jalb qilingan mablag’laridan tashkil topadi» deydi. 
Taniqli iqtisodchi olim Usoskin V.M. ham bank passivlarini ikkita 
katta guruhga bo’lib o’rganadi: 
- Bank kapitali va unga tenglashtirilgan moddalar 
- Jalb qilingan mablag’lar, depozit va nodepozit operatsiyalar. 
Xorijiy adabiyot manbalardan birida “Tijorat banklarining passiv 
operatsiyalari ularning o’z va qarz mablag’lari pullaridagi bank faoliyati 
hisoblanadi”,- deb keltiriladi.
24
Bizning fikrimizcha ham bank resurslariga, bankning o’z kapitali
qarzga olingan va jalb qilingan mablag’lari kirib, ulardan bankning aktiv 
amaliyotlarini amalga oshirishda foydalaniladi, ya’ni mablag’larni daromad 
olish maqsadida sohalarga joylashtirish tushuniladi.
Hozirgi zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida bank resurslarini 
shakllantirish va barqarorligi ta’minlash asosiy vazifalardan hisoblanib, 
faqatgina o’z va jalb qilingan mablag’larigina ularni joriy aktiv 
amaliyotlarini amalga oshirishga sharoit yaratib beradi.
Bankning resurslari tarkibini ikki qismga jalb qilingan va o’z 
mablag’lariga bo’lib o’rganar ekanmiz, ular ham o’z vaqtida bir necha 
iqtisodiy unsurlardan tashkil topganligini ko’ramiz.
Bulardan, bankning o’z mablag’lari umumiy olganda o’z aksiyalarini 
joylashtirish, shuningdek rezervlar shakllantirish, xar hil fondlar tashkil 
etish, va taqsimlangan foyda hisobiga shakllanadi. Shuningdek banklarda 
boshqa nomoliyaviy tashkilotlardan farqli o’larok, o’z mablag’lari bilan 
ta’minlanganlik ozroq bo’ladi. (Boshqa nomoliyaviy tashkilotlarda 50% dan 
yuqori, banklarda esa 10% atrofida). 
Bank resurslari tarkibida yoki banklarning passiv operatsiyalarda 
tijorat banklarining banklararo depozitlar ham muhim o’rinni egallaydi. 
Xususiyatiga ko’ra banklararo depozitlar muddatli yoki muddatsiz bo’lishi 
mumkin, ular yirik miqdordagi aktiv operatsiyalarni amalga oshirish uchun 
ishlatilib, turli maqsadlar hisobiga shakllantiriladi.
Bular depozit manbalardan farqli o’laroq o’z egasiga ya’ni mablag’ 
joylashtiruvchiga mablag’ qo’yganligini tasdiqlovchi egalik huquqi 
to’g’risida maxsus hujjatlari asosida ta’minlanishi yoki ko’zda tutilgan 
shartnomalar asosida sotib olinishi mumkin.
Banklarning pul bozoridagi marketing tadqiqotlarini olib borish bilan 
birga, resurlar bozoridagi talab va taklif asosida shakllangan pul 
24
“Active and Passive operations of a Commercial Banks”, “Modern Economic Theory” September 
9/ 2013.


47 
mablag’larini bank omonatlariga jalb qilishning zamonaviy usullari deb 
qarashimiz mumkin. Bu usullardan biri qimmatli qog’ozlar toifasiga 
kiruvchi yoki uning bir ko’rinishi bo’lgan bank depozit sertifikatlaridir. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə