Tijorat banklari



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

Regulyativ kapital
– bank faoliyatini boshqarish va iqtisodiy 
me’yorlar hisob-kitobini o‘tkazish maqsadida hisoblash yo‘li bilan 
aniqlanadigan bank kapitalidir. 
O‘zbekiston Respublikasi banklari faoliyatida ham regulyativ kapital 
I darajali kapital va II darajali kapitaldan tashkil topgan. 
Regulyativ kapital tarkibiga xavfsiz bo‘lmagan va nosog‘lom bank 
faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan shartlar bilan 
cheklangan kapital elementlari kiritilishi mumkin emas. 
I darajali kapital regulyativ kapitalning 75 foizidan kam bo‘lmasligi 
lozim. II darajali kapital miqdori I darajali kapital miqdorining uchdan bir 
qismidan oshib ketsa, oshgan summa regulyativ kapital tarkibiga 
kiritilmaydi. 
I darajali kapital I darajali asosiy kapital va I darajali qo‘shimcha 
kapitalni o‘z ichiga oladi
25
.
I darajali asosiy kapital
bank regulyativ kapitalining 60 foizidan kam 
bo‘lmasligi va o‘z ichiga quyidagilarni olishi zarur: 
a) bankning to‘liq to‘langan oddiy aksiyalari yoki bank aksiyadorlik 
jamiyatidan 
boshqa 
shaklda 
tashkil 
etilganda 
oddiy 
aksiyaga 
tenglashtirilgan vositalar. 
 
b) qo‘shilgan kapital — oddiy aksiyalarni birinchi marta 
joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori to‘langan summa;
v) taqsimlanmagan foyda (zarar): 
25
“Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizom. [O‘zR AV 
tomonidan 2015-yil 6-iyulda 2693-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan].


50 
g) ozchilik ulush egalarining bank yig‘ma balansiga birlashadigan 
korxonalardagi ulushlari. 
 
d) devalvatsiya zaxirasi. Bu zaxira sezilarli darajada milliy 
valyutaning qadrsizlanishida (devalvatsiya) bankning o‘z majburiyatlarini 
qoplash uchun taqsimlanmagan foyda hisobidan ajratilgan mablag‘lardan 
shakllanadi. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə