Tijorat banklari



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

K1 = RK / TAUS. 
Bu yerda: 


53 
RK – regulyativ kapital; 
TAUS - Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy 
summasi. 
I darajali kapitalning monandlik koeffitsiyenti K2 = I darajali 
kapital/TAUS sifatida aniqlanadi.
Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan 
holdagi barcha aktivlarning 3,0 foizi sifatli I darajali kapital bo‘lishini 
hisobga olgan holda K2 koeffitsiyenti 0,10 (10,0 foiz) miqdoridan kam 
bo‘lmasligi lozim.
Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan 
holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi qo‘shimcha zaxiradan iborat. 
Bunday zaxiradan maqsad banklar tomonidan moliyaviy va iqtisodiy 
qiyinchilik davrlarida zararlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan 
kapital zaxirasining ta’minlanishini kafolatlash hisoblanadi. 
I darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsiyenti K3 = I darajali 
asosiy kapital/TAUS sifatida aniqlanib, uning eng kichik darajasi 0,08 (8,0 
foiz) miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim. 
2.5. Bank kapitali yetarliligi bo’yicha xalqaro talablar. Tijorat 
banklarining jalb qilingan mablag’lari. 
 
Xalqaro bank amaliyoti tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor 
munosabatlari sharoitida tijorat banklari kapitalining samaradorligini va 
uning yetarliligini ta’minlamasdan turib, banklarning to‘lov qobiliyatini 
mustahkamlash va aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini qozonish 
mushkul vazifalardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, bank kapitalining 
mavjudligi bankni tashkil topishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun eng asosiy 
zaruratlardan biridir.
Aytish joizki, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash 
tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlangan, bugungi kunda butun 
dunyoni qamrab olgan jahon moliyaviy inqirozi natijasida yirik banklar va 
moliyaviy tuzilmalarning likvidlik va to‘lov qobiliyati zaiflashib 
borayotgan bir paytda, banklarning to‘lov qobiliyatini mustahkamlashda 
bank kapitali va uning yetarlilik darajasi birlamchi zaruriy omil bo‘lib 
hisoblanadi. 
Iqtisodiy 
islohotlar 
va 
bozor 
munosabatlarining 
samaradorligini ta’minlashda tijorat banklari kapitalini shakllantirish va 
uning muvofiqligini ta’minlashga erishish muhim o‘rin tutadi. 
Bugungi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida tijorat banklari 
kapitalining tarkibini shakllantirishda xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan 


54 
ishlab chiqilgan standartlardan asos sifatida foydalanilmoqda. Xalqaro 
Bazel qo‘mitasining standartlariga asosan bankning jami kapitali asosiy va 
qo‘shimcha kapitalga ajratiladi. Ushbu standartlar birinchi marta 1988-yilda 
ishlab chiqilib, amaliyotga 1993-yildan boshlab joriy etilgan.
Bazel standartlariga ko‘ra asosiy kapital quyidagi elementlardan 
tashkil topadi:
1.Ustav kapitalining to‘langan qismi (oddiy aksiyalar qiymati);
2.Muddatsiz imtiyozli aksiyalar;
3.Emission daromad;
4.Sof foyda hisobidan shakllantirilgan zaxira summalari;
5.Sof foyda.
6.O‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi.
Shunisi e’tiborga molikki, xorijiy bank amaliyotida banklarda audit 
tekshiruvi o‘tkazilib, audit xulosasi tasdiqlangunga qadar joriy yilning 
foydasi asosiy kapital tarkibiga kiritiladi. Audit xulosasidan keyin esa faqat 
taqsimlanmagan foyda kiritiladi.
Xalqaro Bazel standartlari bo‘yicha banklarning qo‘shimcha kapitali 
tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiritiladi:
1. Kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan 
zaxiraning riskka tortilgan aktivlar miqdorining 1,25 foizidan oshib 
ketmaydigan qismi;
2. Qayta baholash zaxirasi. Bunda bankka tegishli bino va inshootlar 
hamda yerning qiymatini qayta baholash natijasida yuzaga keladigan zaxira 
miqdori tushuniladi;
3. Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari.
4. Konsolidatsiyalashgan sho‘ba korxonalarini tashkil etish maqsadida 
yo‘naltirilgan qo‘yilmalar.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə