Tijorat banklari



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

 
 


34 
II BOB. TIJORAT BANKLARI PASSIVLARI TARKIBI VA 
ULARNI JOYLASHISHI 
 
2.1. Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi 
 
Aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning banklardagi depozitlari 
hajmining o’sishini rag’batlantirishga qaratilgan keng ko’lamli ishlar, 
jumladan, doimiy ravishda jozibador omonat turlarini taklif qilish, uzoq 
muddatli bank depozit sertifikatlarini va obligatsiyalarini muomalaga 
chiqarish hamda bu borada joriy etilgan imtiyozlar va qulay shart-
sharoitlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish o’zining ijobiy 
natijalarini bermoqda. 
Aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda, hozirda tijorat 
banklari tomonidan 400 dan ortiq jozibador omonat turlari taklif etilmoqda. 
Bugungi kunda banklar resurs bazasining muttasil o’sib 
borayotganligi, o’z navbatida banklarning kreditlash va investitsiyalash 
imkoniyatlarini kengaytirib, bank aktivlari hajmining oshishiga imkon 
bermoqda. 
Ayni paytda banklarimizning umumiy aktivlari hajmi aholi va yuridik 
shaxslarning hisob raqamlaridagi mablag’lardan ikki barobardan ham 
ko’pdir. Bu esa ushbu mablag’larni ishonchli himoya qilish hamda ularga 
o’z vaqtida va to’la hajmda xizmat ko’rsatishni kafolatlaydi.
Bank faoliyatini tashkil qilishning ilk bosqichi, bank resurslarini 
shakllantirishdan iborat. Bank resurslarining mukammal tashkil qilinishi va 
tejamli ishlatilishi har qanday bank faoliyatining samarali olib borilishiga 
zamin yaratadi. Hosil qilingan resurslar banklarning tijorat va xo’jalik 
faoliyatini ta’minlash uchun ishlatiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank 
resurslarini shakllantirish va ulardan oqilona foydalanish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Tijorat banklarining resurs bazasini shakllantirish nafaqat yangi 
mijozlarni jalb etish, balki resurslar manbalari tuzilmasini doimiy ravishda 
o’zgartirib turishni ham o’z ichiga olgan holda, bank aktivlari va 
passivlaridan oqilona foydalanishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bank 
passivlaridan 
samarali 
foydalanish 
depozit 
siyosatining 
oqilona 
yuritilishidan iborat bo’ladi. 
Tijorat banklari resurslarining tarkibini tadqiq qilishdan oldin bank 
resurslarining iqtisodiy mohiyatini nazariy jihatdan har tomonlama chuqur 
o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz.


35 
Resurs - fransuzcha «ressourse»
17
. so’zidan olingan bo’lib, pul 
mablag’lari, yordamchi mablag’, imkoniyat, zahira, mablag’ va 
imkoniyatlar manbai, daromadlar manbai, xom-ashyo degan ma’nolarni 
o’zida mujassamlashtiradi. 
Iqtisodiy manbalarda «resurs» so’zi turli hil ma’nolarda, ya’ni, tabiat 
resurslari, moliyaviy resurslar, iqtisodiy resurslar, inson resurslari va boshqa 
ko’rinishlarda tez-tez uchrab turadi. Iqtisodiy resurslar asosiy qismi, bu 
moliyaviy resurslar bo’lib, bu resurslar iqtisodiyotning rivojlanishini 
ta’minlash uchun foydalaniladigan pul-kredit va byudjet mablag’larini 
tashkil qiladi. 
Moliyaviy resurslarning asosiy manbai bo’lib, vaqtinchalik bo’sh 
turgan pul mablag’lari, soliqlar, jismoniy shaxslarning pul mablag’lari, 
chek-depozit emissiyasi bilan bog’liq mablag’lar va boshqalar hisoblandi.
Bank resurslari to’g’risida Respublikamizda i.f.n. B.Boboev 
tomonidan ilmiy tadqiqot ishi olib borilgan. Unda bank resurslarining 
mohiyati, tarkibi, resurslarni shakllantirish bilan bog’liq muammolar hamda 
ularni bartaraf etish yo’llarini keng ochib berishga harakat qilingan. 
Respublikada pul bozorini shakllantirish va unda pul resurslari bilan 
operatsiyalar o’tkazishda banklar faoliyatining strategiyasini ishlab chiqish 
uchun bank resurslari tushunchasini hamda banklarning resurslar bilan 
bog’liq holda o’tkaziladigan operatsiyalarning mohiyatini to’liq anglash va 
talqin etish lozim.
Xorijiy iqtisodchi olimlar tomonidan yozilgan nazariy manbalar 
hamda amaliyotchilar iqtisodiy tahlillarini o’rganar ekanmiz, shu narsaga 
amin bo’ldikki, «bank resurslari» tushunchasiga katta e’tibor berilgan. 
Masalan, E.Rid, R.Kotter, E.Pill va R.Smitlarning
18
muallifligi ostida chop 
qilingan «
Коммерческие банки » kitobida bank balansini 
guruhlashtirilgan holda ko’rish mumkin va unda pul mablag’larining 
manbalariga alohida e’tibor berilganligi hamda ularni tadqiq etishda 
banklarning passiv operatsiyalarini chuqur tahlil qilish zarurligi 
uqtirilganini guvohi bo’ldik.
Yana bir guruh D. Polfreman va F. Ford
19
kabi iqtisodchi olimlar bank 
faoliyatini tahlil qilishda bank resurslarini, bank passivlari deb ko’rib 
17
М. Совет Энциклопедия 1986 г.; Финансово-кредитний словар М. Финанси и статистика 
1986 г. 368 с.; Узбекско-русский словар. гос. изд-во инностранних и националних словарей. 
М.: 1959 г. 343 с. 
18
E.Rid, Р. Коттер, E.Pill ва R.Smit «Коммерческие банки» перевод с англ. М. Космополис 
1991г. str.-16 
19
Полфреман Д., Форд Ф. Основи банковкого дело. Перевод с англ. Москва инфра 1996 г. str.-
102.


36 
chiqishgan 
hamda 
ular 
bank 
aksionerlari 
mablag’lari 
va 
jamg’armachilarining mablag’laridan tashkil topgan, degan fikrni 
bildirishgan. Bu qarashning ikkinchi jihati shundaki, tijorat banklari shu 
resurslarni o’z majburiyatlarini bajarishi uchun mukammal joylashtirishni 
afzal ko’radi va shu orqali resurslardan yuqori samara olish uchun qattiq 
kredit siyosatini olib boradi, hamda tijorat banklarining faoliyati mijozlari 
oldida olgan majburiyatlarini bajarishga qaratilgan bo’ladi. Shundan kelib 
chiqib, «bank resurslari» nafaqat qarz majburiyatlari yoki egalik huquqini 
olish uchun mablag’ jalb qilish, balki bank uchun daromad keltiradigan 
zahira va imkoniyat hamdir. 
Bizning fikrimizcha, bank passivlari bank resurslarini tashkil qilish 
manbai bo’lib, ularning hajmi bir necha omillarga bog’liq: 
-banklarning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladigan 
faoliyati; 
-pul-kredit siyosatini boshqarish sohasidagi Markaziy bankning 
siyosati; 
-bankning jalb qilingan mablag’lari va ularning tarkibi
-tijorat banki tomonidan Markaziy bankka o’tkaziladigan majburiy 
zahira miqdori;
-boshqa passivlar. 
Iqtisodiy manbalarda va bank mablag’larining shakllanishi bo’yicha 
olib borilgan tadqiqotlarda «bank resurslari», «kredit resurslari», «depozit 
resurslari», «bank passivlari» kabi tushunchalarni uchratishimiz mumkin va 
bu tushunchalarga mualliflar o’zlarining turlicha ta’riflari orqali izoh 
berganlarining shohidi bo’lamiz.
Rossiyalik olim O.I.Lavrushinning fikriga ko’ra, tijorat banklarining 
resurslari yoki «banklarning resurslari» bankning ixtiyorida bo’lgan o’z va 
jalb qilingan resurslarining yig’indisi bo’lib, uning aktiv operatsiyalarini 
amalga oshirishda ishlatiladi
20
. Tijorat banklarining resurslari o’z 
mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan tashkil qilinishini 
ta’kidlash, bizning fikrimizcha, ularning manbalariga ko’proq e’tiborni 
qaratadi. Shu boisdan tijorat banklari resurslari mohiyatini ta’riflaganda 
nafaqat ularning qaysi manbalar hisobidan tashkil qilinganligini e’tiborga 
olish, balki u mablag’lar bankning maqsadli faoliyati uchun zarur va 
muhimligini hamda ularning samaradorligiga erishishni ham ko’zda tutish 
lozim. 
20
Банковское дело. Под редакции О.И. Лаврушина M.Fin. и статистика. 1998 г. str.68


37 
Shundan kelib chiqqan holda, biz bank resurslari - bu bank siyosati 
doirasida bank faoliyatini amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin 
bo’lgan, bankning o’z mablag’laridan va jalb qilingan mablag’laridan 
tashkil topgan, bankning daromad olishga asos bo’luvchi zahira va 
imkoniyatlarning yig’indisidir degan ta’rifni keltirmoqchimiz.
Chet el adabiyotlarida
21
mablag’larni jalb qilish operatsiyalarini 
nafaqat tijorat banklari, balki moliyaviy kompaniyalar, jamg’arma kassalari, 
turli hil fondlar ham bajaradi degan fikrni uchratish mumkin. Albatta, bozor 
munosabatlarining 
rivojlanishi 
banklar 
faoliyatida 
raqobatbardosh 
moliyaviy institutlar va fondlarning shakllanishiga olib keladi. Lekin 
fondlarning faoliyati va maqsadi bilan tijorat banklarining faoliyati va 
maqsadi bir hil emas. Turli fondlar va muassasalar faoliyatidan ko’ra 
banklarda depozitlar sug’urtalangan va kafolatlangandir. Turli boshqa 
moliyaviy muassasalarga nisbatan tijorat banklari bu mablag’larni saqlash 
va riskdan himoya qilishda mablag’ egasiga o’z kafolatini berishi mumkin 
va mijozning o’z mablag’ini yo’qotishi bilan bog’liq riski banklarda boshqa 
fondlar yoki kassalarga nisbatan ancha past yoki deyarli yo’q deyish 
mumkin. 
Bank resurslari banklar tomonidan amalga oshiriladigan passiv 
operatsiyalari yordamida shakllanib, bank balansining passiv qismida ikki 
katta guruhga bo’lib hisobga olinadi.
Bular: banklarning o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’laridir. 
Jalb qilingan resurslarni ba’zi hollarda ikkiga bo’lib qaraladi.
Birinchisi, bu jalb qilingan depozitlar, ikkinchisi, boshqa 
majburiyatlar va sotib olingan resurslardir. Bu resurslar bankning aktiv 
operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi, ya’ni bank resurslari daromad 
olish maqsadida turli hil sohalarga joylashtiriladi. Bankning passiv va aktiv 
operatsiyalari o’zaro chambarchas bog’liq bo’lganligi sababli, passivlarning 
tarkibi va xarakteri ko’p jihatdan banklarning aktiv operatsiyalarini amalga 
oshirishda o’z ifodasini topadi. Shu bilan birga, resurslar xarakteriga 
banklarning kreditlash siyosatining o’zgarishi ham ta’sir qiladi. 
Bank resurslarining asosiy qismini bank mijozlarining mablag’lari 
tashkil qiladi. Bank boshqa mablag’larini jalb qilish uchun, avvalambor 
me’yoriy hujjatlar talablari bo’yicha bank o’z kapitalining yetarlilik darajasi 
miqdorini shakllantirishi lozim. 
Tijorat banki o’z mijozlarining bo’sh turgan mablag’larini qarzga olish 
bilan bir vaqtning o’zida, bu mablag’larni o’z vaqtida qaytarilishini 
21
Синки, Д.Ф. (мл.). Управление финансами в коммерческих банках : Пер. с англ. 4-го изд. / 
Джозеф Ф. Синки, мл. - Москва : Catallaxy, 1994г. стр. 22-23


38 
ta’minlash majburiyatini ham oladi, shuning uchun bank barqaror 
likvidlikka ega bo’lishi kerak. Ishonchlilik va likvidlilik tamoyillari tijorat 
banki mavjudligining zarur shartlaridan bo’lib, ular aholining bo’sh turgan 
pul mablag’larining bank sari oqimini ta’minlaydi. Undan tashqari bankning 
ahvoli moliyaviy jihatdan kam samarali bo’lgan holatda mijozlar o’z 
mablag’larini qaytarib olishlariga ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi. 
Bank resurslarining shakllanishi va aylanishi uzluksiz jarayonni 
tashkil qiladi va bu esa o’z navbatida banklar faoliyatini doimiyligiga asos 
hisoblanadi.
Banklarda mavjud bo’lgan mablag’lardan foydalanish imkoniyatiga 
qarab bank resurslari o’z resurslariga va qarz (sotib olingan) resurslarga 
bo’linadi. Bu holda bank resurslariga bank kapitalidan tashqari ma’lum vaqt 
davomida bank ixtiyorida bo’lgan jalb qilingan depozitlarni, boshqa 
banklardagi depozit va vakillik hisob raqamidagi qoldiqlarni, forvard 
valyuta kursi va kliring bo’yicha qoldiqlarni ham kiritish mumkin. 
Undan tashqari, bankning ixtiyorida mavjud bo’lgan resurslar uning 
amalga oshirilishi mo’ljallanayotgan aktiv operatsiyalar uchun yetarli 
bo’lmasa, zarur miqdordagi mablag’larni markaziy bankdan, nobyudjet 
fondlardan, resurs bozoridan sotib olishi yoki qarzga olishi mumkin. 
Shunday qilib, o’z mablag’lari va jalb qilingan yoki sotib olingan 
mablag’lari yig’indisi tarkibiy shakllanish jihatdan tijorat banklarining 
resurs bazasini tashkil qiladi.
Tijorat banklarining resurs bazasini resurslarning turlari bo’yicha 
guruhlarga ajratish mumkin. Bu bankning o’z mablag’lari va ularga 
tenglashtirilgan mablag’lar hamda jalb qilingan va qarz mablag’laridir.
O’zbekiston banklari kapitalining yetarliligiga qo’yiladigan asosiy 
talablar “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar 
to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan
22
. Nizom bo’yicha banklar kapitalining 
yetarliligiga qo’yiladigan talablar xalqaro Bazel qo’mitasining andozalarida 
ko’zda tutilgan talablarga mos keladi.
Xalqaro bank amaliyotida banklarning resurs bazasini shakllantiruvchi 
asosiy manbalarga o’z kapitalidan tashqari quyidagilar kiradi: yuridik va 
jismoniy shaxslarning depozit hisob varaqlaridan qoldiqlari; bank 
tomonidan yuridik shaxslar uchun muomalaga chiqarilgan veksellar va 
depozit sertifikatlar; olingan banklararo kreditlar; vakil bank tomonidan 
ochilgan “Vostro” depozit hamda valyuta hisob varaqasidagi mablag’lar va 
boshqa manbalar.
22
“Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizom. [O‘zR AV tomonidan 2015-yil 
6-iyulda 2693-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]. 


39 
Bu bank mablag’larini shakllantirishning eng konservativ usulidir. 
Banklarning resurs bazasini quyidagicha tasniflash mumkin. Banklarning 
jalb qilingan malbag’lari qarz mablag’laridan shunisi bilan farq qiladiki, 
birinchi holda, mablag’larni taqdim qilish mijoz va bank omonatchilarining 
tashabbusi bilan amalga oshirilsa, keyingi holda - bank tashabbusi bilan 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə