Tijorat banklari


Litsenziyani chaqirib olish



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

Litsenziyani chaqirib olish. 
Markaziy bank quyidagi hollarda 
litsenziyani chaqirib olishga haqli:
 

agar bank litsenziyani olganidan keyin o‘n ikki oy ichida bank 
faoliyatini amalga oshirishni boshlamagan, bu faoliyatdan to‘g‘ridan to‘g‘ri 
voz kechgan yoki moliyaviy operatsiyalarni uch oydan ortiqroq muddat 
davomida amalga oshirmagan bo‘lsa; 

litsenziya berish shartlari bank tomonidan bajarilmaganda; 

qonunda ko‘rsatilgan qo‘pol qoidabuzarliklardan biri bank 
tomonidan sodir etilganda; 

agar bank ketma-ket keluvchi uch chorakning har birida bank 
regulyativ kapitalining o‘n foizidan ortiq yoki muddatidan qat’i nazar, 
regulyativ kapitalning ellik foizidan ortiq miqdorda zarar ko‘rgan bo‘lsa 
yoki zarar ko‘rish ehtimoli mavjud bo‘lsa; 

qayta tashkil etish natijasida bankning faoliyati tugatilganda; 

aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida bankni ixtiyoriy ravishda 
tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda; 

O‘zbekiston Respublikasida bank tashkil etgan chet davlat 
bankidan litsenziya chaqirib olinganda

bank to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda. 


30 
Bankning 
to‘lovga qobiliyatsizligi
deganda quyidagi hollar 
tushuniladi
16

-
bank mijozlarning o‘ziga nisbatan qo‘ygan talablarini o‘n besh kun 
ichida to‘lashga qodir bo‘lmasa; 
-
bankning majburiyatlari uning aktivlaridan ortib ketsa
-
omonatchilar va kreditorlar tomonidan bankka ishonib topshirilgan 
mablag‘larning butligiga xavf soluvchi har qanday boshqa holatlar mavjud 
bo‘lsa. 
Bank boshqaruvi bankning to‘lovga layoqatsizlik holati yuzaga 
kelgan yoki mijozlar tomonidan talab etilgan da’volarni qanoatlantira 
olmaslikka oid tavakkalchilik mavjud bo‘lgan hollarda darhol Markaziy 
bankka xabar berishi kerak. 
Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish 
to‘g‘risidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran kuchga 
kiradi. 
Markaziy bank boshqaruvining qarori ushbu qaror qabul qilingan 
kuni bank rahbariyatiga imzo qo‘ydirib topshiriladi. 
Bankning litsenziyasi chaqirib olinganligi to‘g‘risidagi axborot 
mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir kun ichida ommaviy 
axborot vositalarida, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytida 
e’lon qilinishi lozim. 
Bankka Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish 
to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran ushbu Qonunga 
muvofiq banklar uchun ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi, 
bundan bankning tugatilishi bilan bog‘liq harakatlar mustasno. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə