Tijorat banklari



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

Majburiy tugatish. 
Bank Markaziy bank boshqaruvining 
litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risidagi qarori asosida majburiy tugatiladi.
 
Bankni majburiy tugatish chog‘ida tugatish komissiyasi Markaziy 
bank tomonidan tayinlanadi.
Markaziy bank tugatish komissiyasi tarkibiga Markaziy bank 
xodimlarini kiritishga haqli. 
Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan e’tiboran bank ishlarini 
boshqarish bo‘yicha, shu jumladan bank aksiyadorlarining umumiy 
yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va boshqaruvi vakolatlari ushbu komissiyaga 
o‘tadi.
Tugatish komissiyasi tayinlangan sanadan e’tiboran ikki kun ichida 
ommaviy axborot vositalarida, shuningdek bankning rasmiy veb-saytida 
bank tugatilganligi, shu jumladan uning omonatchilari va kreditorlari 
tomonidan talablarni qanoatlantirish to‘g‘risidagi arizalarni berish tartibi va 


33 
muddatlari to‘g‘risidagi e’lonni chop etishi shart. Talablarni taqdim etish 
muddati bank tugatilganligi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan kundan 
e’tiboran ikki oyni tashkil etadi va mazkur muddat tugaganidan so‘ng 
tugatish komissiyasi tomonidan talablar qabul qilinmaydi. 
Tugatish komissiyasi qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi 
qonunchilikka muvofiq axborotni ham oshkor qilishi kerak. 
Tugatish komissiyasi litsenziya chaqirib olingan kundan e’tiboran 
ikki oy ichida kreditorlarni aniqlash hamda debitorlik qarzlarini va 
Markaziy bankning majburiy zaxiralar jamg‘armasida depozitga qo‘yilgan 
mablag‘larni olish choralarini ko‘radi. Mazkur mablag‘lar birinchi navbatda 
tugatilayotgan bankning qarzlarini jismoniy shaxslarning talablari asosida 
to‘lashga qaratiladi, bundan bankka aloqador bo‘lgan shaxslar mustasno.
Nazorat uchun savollar: 
 
1.
«Bank» tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyati 
2.
Tijorat banki deganda nimani tushunasiz? 
3.
Tijorat banklarining faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 
4.
Tijorat banklari faoliyatini tashkil etish ga doir qanday huquqiy 
hujjatlarni bilasiz? 
5.
Vakillik hisobvarag’i deganda nimani tushunasiz? 
6.
Bankning boshqaruv organlariga kimlar kiradi? 
7.
Banklarni litsenziyalash tartib-taomili qanday bosqichlardan iborat? 
8.
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish qanday 
amalga oshiriladi? 
9.
Bank ustav kapitali deganda nimani tushunasiz? 
10.
Bank ustav kapitalining eng kam miqdori bugungi kunda qancha 
qilib belgilab qo’yilgan? 
11.
Tijorat bankining ustavi qanday bandlarni o‘z ichiga oladi? 
12.
Markaziy bank qaysi hollarda litsenziyani chaqirib olishga haqli? 
13.
Qaysi hollarda tijorat bankining faoliyati to‘xtatiladi? 
14.
Bankning to‘lovga qobiliyatsizligi deganda nimani tushunasiz? 
15.
Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish qanday shakllarda 
amalga oshiriladi? 
16.
Majburiy tugatish deganda nimani tushunasiz? 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə