Tijorat banklari


Banklarni davlat ro’yxatidan o’tkazish va litsenziyalash



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/134
tarix19.12.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#153056
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   134
Тижорат банклари. Сатторова Н. -

1.3. Banklarni davlat ro’yxatidan o’tkazish va litsenziyalash 
tartibi 
 
Banklar aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. 
Banklar Markaziy bankda davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran 
yuridik shaxs maqomini oladi. 
Banklar O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini Markaziy bank 
tomonidan beriladigan, bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi 
litsenziya asosida amalga oshiradi
9

Litsenziya uning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. 
Litsenziyani yoki unga doir huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish 
taqiqlanadi. 
Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati g‘ayriqonuniy deb 
hisoblanadi va javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday faoliyat natijasida 
olingan daromad O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yiladi. 
Banklarni litsenziyalash tartib-taomili quyidagi ikki bosqichdan 
iborat: 
Markaziy bank tomonidan bankni tashkil etishga doir dastlabki 
ruxsatnomani berish; 
bir vaqtning o‘zida litsenziya bergan holda bankni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish. 
Amalga oshirilishi uchun qonunchilikka muvofiq alohida litsenziyalar 
yoki ruxsatnomalar olinishi talab etiladigan faoliyat banklar tomonidan 
tegishli hujjatlar olinganidan keyin amalga oshiriladi. 
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun 
muassislar tomonidan bank tashkil etish bo‘yicha o‘z manfaatlarini 
Markaziy bankda ifoda etishga vakil qilingan shaxs ta’sis shartnomasi 
imzolaganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka 
quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi: 

ta’sis shartnomasini; 
9
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri). 2019-yil 
5-noyabr, O‘RQ-580-son.


20 

ikki nusxadagi bank ustavini; 

ta’sis yig‘ilishining bayonnomasini;

muassislar ro‘yxatini; 

hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan bevosita va bilvosita muassislar, 
shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi axborotni, 
shuningdek baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni; 

hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan shaxslar mavjud bo‘lmagan 
taqdirda, bankning ustav kapitalida eng ko‘p ulushlarga ega bo‘lgan, 
umumiy ulushi kamida ellik foizni tashkil etadigan bevosita va bilvosita 
muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi 
axborotni, shu jumladan baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan 
axborotni;

muassis bo‘lgan yuridik shaxsning auditorlik tashkiloti tomonidan 
tasdiqlangan oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobotlarini; 

bankning 
ustav 
kapitalini 
shakllantirish 
uchun 
kiritilgan 
mablag‘larning manbalari to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan 
axborotni;

bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari to‘g‘risidagi, bu 
a’zolarning talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan 
axborotni; 

bankning tashkiliy tuzilmasini;

bankning ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizom loyihasini;

bankning keyingi uch yilga mo‘ljallangan biznes-rejasini; 

keyinchalik bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi 
lozim bo‘lgan, bankning kredit, investitsiya va emissiya siyosatining 
loyihalarining, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat 
siyosati loyihalarining ko‘chirma nusxalarini;

arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi 
hujjatni. 
Taqdim etilgan hujjatlarda Markaziy bank tomonidan kamchiliklar 
aniqlangan va ko‘rsatilgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan to‘liq hajmda 
taqdim etilmagan taqdirda, Markaziy bank ariza beruvchiga bartaraf etilishi 
lozim bo‘lgan kamchiliklar va (yoki) taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar 
ro‘yxati ko‘rsatilgan holdagi xabarnomani ariza taqdim etilgan kundan 
e’tiboran o‘n besh kun ichida yuboradi.
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi 
ariza bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun zarur 
bo‘lgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran uch oy ichida 


21 
Markaziy bank tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Mazkur muddat to‘rt 
oygacha uzaytirilishi mumkin. 
Agar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan, ko‘rsatilgan hujjatlar 
va axborot bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish 
to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun yetarli bo‘lmasa, Markaziy bank ariza 
beruvchidan qo‘shimcha hujjatlar va axborot so‘rashga haqlidir.
Ariza beruvchi Markaziy bank so‘ragan hujjatlar va axborotni so‘rov 
olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kundan oshmagan muddatda 
taqdim etishi kerak, ushbu muddat mobaynida bankni tashkil etishga doir 
dastlabki ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqiladigan uch 
oylik davr to‘xtatib turiladi. 
Markaziy bank ariza beruvchini qabul qilingan qaror to‘g‘risida 
tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida yozma 
shaklda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron 
shaklda xabardor qiladi. 
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma olingan kundan 
e’tiboran olti oydan oshmagan muddat ichida yuridik kuchini saqlab turadi.
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma quyidagi hollarda 
amal qilish muddati tugashidan oldin bekor qilinadi: 
-
dastlabki ruxsatnoma soxta hujjatlardan foydalangan holda 
olinganligi fakti aniqlanganda; 
-
ilgari baholashdan o‘tgan va Qonun talablariga javob bergan 
muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar endilikda ushbu 
modda talablariga muvofiq bo‘lmaganda; 
-
ilgari baholashdan o‘tgan va Qonun talablariga javob bergan bank 
kuzatuv kengashi va (yoki) boshqaruvi a’zolari endilikda ushbu modda 
talablariga muvofiq bo‘lmaganda, shuningdek bank kuzatuv kengashi va 
(yoki) boshqaruvining yangi tayinlangan a’zolari to‘g‘risida axborot taqdim 
etilmaganda; 
-
taqdim etilgan biznes-rejaga tarkibiy o‘zgartishlar kiritilganda; 
-
bankni xavfsiz va barqaror boshqarishni ta’minlab bo‘lmasligini 
ko‘rsatuvchi faktlar aniqlanganda. 
Bankni tashkil etishda yoki bankning ustav kapitalida chet el banki 
ishtirok etganda yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi 
hujjatlar qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi: 
-
chet el banki vakolatli organining bankni tashkil etish yoki bankning 
ustav kapitalida ishtirok etish to‘g‘risidagi qarori; 
-
chet el bankining ustavi; 


22 
-
chet el banki bankni nazorat qilish organining mazkur chet el banki 
uning konsolidatsiyalashgan nazorati ostida turishi, pul mablag‘larini 
depozitlarga qabul qilish huquqiga ega ekanligi va unga bankni nazorat 
qilish organining bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida 
ishtirok etish uchun ruxsatnomasi berilganligi to‘g‘risidagi yozma 
tasdiqnomasi yoxud shunday ruxsatnoma talab etilmasligi to‘g‘risidagi 
tasdiqnomasi; 
-
chet el banki kapitalining va kredit reytingining Markaziy bank 
tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat. 
Bankni davlat ro‘yxatiga olish va litsenziya olish uchun ariza beruvchi 
bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma olinganidan keyin olti 
oydan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagilarni taqdim etishi kerak: 

bankni davlat ro‘yxatiga olish va litsenziya berish to‘g‘risidagi 
ariza; 

Qonun bilan belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan 
summada bankning ustav kapitali shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat, 
shuningdek muassislarning ro‘yxati; 

bankning muhim ahamiyatga ega xodimlari to‘g‘risida ularning 
Qonun talablariga muvofiqligini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan 
axborot; 

tashkil etilayotgan bank joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy 
bosh boshqarmasining bank binolari, ularning muhofaza qilinishi 
ta’minlanganligi, uskunalar, ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan 
jihozlanganligining va dasturiy ta’minotining Markaziy bank talablariga 
muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi; 

yuqorida sanab o‘tilgan barcha hujjatlarning elektron shakldagi 
ko‘chirma nusxalari. 
Basharti bankning faoliyati xavfsiz tarzda amalga oshirilishi 
ta’minlansa hamda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya 
qilinishini, shuningdek bank tizimi lozim darajada ishlashini kafolatlovchi 
korporativ boshqaruv talablariga rioya etilsa, Markaziy bank bankni davlat 
ro‘yxatiga olish hamda litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
Bankni davlat ro‘yxatiga olish va litsenziya berish haqidagi qaror ariza 
barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan 
muddatda qabul qilinadi. 
Markaziy bank tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch ish 
kuni ichida ariza beruvchini qabul qilingan qaror haqida yozma shaklda, shu 
jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda xabardor 
qiladi. 


23 
Litsenziya berilganligi uchun qonunda belgilangan miqdorda davlat 
boji undiriladi. 
Bankning davlat ro‘yxatiga olinganligi va unga litsenziya berilganligi 
to‘g‘risidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. 
Litsenziyaning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi 
fakti aniqlangan taqdirda litsenziya Markaziy bank tomonidan chaqirib 
olinadi. 
Bankni davlat ro‘yxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish. 
Bankni davlat ro‘yxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish uchun 
quyidagilar asos bo‘ladi: 
-
Bankning shakllantirilgan ustav kapitali miqdorining bankni davlat 
ro‘yxatiga olish va litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani topshirish paytida 
Qonun talablariga muvofiq emasligi; 
-
ilgari baholashdan o‘tgan va Qonunning talablariga javob bergan 
muassislarning, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarning endilikda 
ushbu modda talablariga muvofiq emasligi; 
-
muhim ahamiyatga ega xodimlarning Markaziy bankning malaka 
talablariga muvofiq emasligi; 
-
bankning binolari, ularning muhofaza qilinishi ta’minlanganligi, 
uskunalar 
va 
ishlarni 
tashkil 
etish 
texnika 
vositalari 
bilan 
jihozlanganligining va dasturiy ta’minotining Markaziy bank talablariga 
muvofiq emasligi. 
Banklar boshqa bankning aksiyalarini bevosita yoki bilvosita olishdan 
oldin Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. Banklar 
boshqa bankning ustav kapitalidagi ulushini ko‘paytirish uchun Markaziy 
bankning takroriy dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə