16
identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi
namunadagi haydovchilik
guvohnomasi).
Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya
olingandan so‘ng 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
hisobvarag‘idagi mablag‘lar belgilangan tartibda ochilgan vakillik
hisobvarag‘iga ta’sischilarning topshirig‘i asosida o‘tkaziladi va 29801 —
“Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i yopiladi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, bankning
kuzatuv kengashi va
boshqaruvi bankning boshqaruv organlaridir.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bankning yuqori boshqaruv
organidir.
Bank:
javobgarlikning shaffof sohalarini;
bank duchor bo‘lgan yoki duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan
tavakkalchiliklarni aniqlash,
boshqarish, monitoring qilish va ular haqida
xabardor etishning samarali tartib-taomillarini (tanglik vaziyatining sodir
bo‘lishi ssenariylarini);
operatsiyaga oid tavakkalchilikning o‘rnini
qoplash uchun
likvidlikni va kapitalning yetarliligini baholash tartib-taomilini;
ichki nazoratning tegishli
mexanizmlarini, shu jumladan
buxgalteriya
hisobini yuritish tartibini;
tavakkalchiliklarni
oqilona
hamda
samarali
boshqarishga
ko‘maklashadigan hamda mos keladigan xodimlarni mukofotlashning
siyosati va usullarini belgilovchi korporativ boshqaruvning aniq
ifodalangan tashkiliy tuzilmasiga ega bo‘lishi kerak.
Korporativ boshqaruvning
tashkiliy tuzilmasi, tartib-taomillari va
mexanizmlari kompleks tusga ega bo‘lishi hamda bank amalga oshirayotgan
biznes-model va faoliyatga xos bo‘lgan tavakkalchiliklarning xususiyati,
miqyosi hamda murakkabligiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ichki nazorat
mexanizmlari kamida boshqaruv vazifalari bajarilishini va tavakkalchiliklar
baholanishini hamda ichki audit talablariga rioya etilishini ta’minlashi
kerak.
Dostları ilə paylaş: