Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə24/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74
ТЖЛ majmua LP

tb.o.= Tb








Nazarot va muxokama savollari



  1. Tikuv tsexini loyixalash bosqichlari.

  2. Texnologik oqimlarni loyixalashning dastlabki ma`lumotlari.

  3. Ishlab chiqarish oqimining asosiy parametrlari va ularni xisoblash.

MA`RUZA №10 (2 soat)
MAVZU:ISHLAB CHIQARISH OQIM TURINI TANLASH VA ASOSIY PARAMETRLARINI XISOBLASH
Reja:
1. Oqimni quvvati, ishchilar soni, ma’romi, oqim uzunligi va sex planini hisoblash.
2. Ishlab chiqarish oqimini tashkiliy-texnologik echimini shakllantirish

Ishlab chiqarish oqimlari dastlabki ma`lumotlarini taxlil qilgan xolda ularning tashkiliy strukturasi tanlanadi. Ishlab chiqarish oqimlarni tashkil qilishning shakllari asosan to‘rtta belgisi bilan farqlanadi:



  • bir ma`romda ishlash darajasi bo‘yicha

  • tikuv buyumlarni ishlab chiqarish oqimiga tushirish bo‘yicha

  • maxsulotni tashish usullari bo‘yicha

  • tashkiliy operatsiyani vaqtini moslash usuli bo‘yicha.

Ishlab chiqarish oqim shakli unda ishlab chiqariladigan maxsulot turiga va tikuv tsexini imkoniyatiga qarab tanlanadi.
Ishlab chiqarishda oqimlar ko‘pincha sektsiyalardan iborat bo‘ladi. Ularda ishlab chiqiladigan maxsulot turiga qarab kuyidagi oqimlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Pidjak, shim, erkaklar, ayollar va bolalar paltosini ishlab chiqarishda tayyorlash sektsiyasida-guruxli agregat oqimlar, bunda kiyimning xar bir detali yoki ma`lum detallarni tayyorlash aloxida guruxlarga ajratiladi, ishlab chiqarish oqimiga detallarni tushirish bog‘lamli ketma-ket yoki tsiklli, ish joydan keyingi ish joyiga detallar aravachalar yoki mexanizatsiyalashtirilmagan vositalar yordamida uzatiladi.
Yig‘ish sektsiyasida- konveyerli yoki agregat oqimlar, konveyerlar bitta yoki bir nechta chiziqli bo‘lishi mumkin, ishlab chiqarishga mexnat predmetlari ketma-ket donalab tushiriladi.
Pardozlash sektsiyasida – konveyerli yoki agregat oqimlar qo‘llanilishi mumkin. Buyumlarni ish joydan keyingi ish joyga uzatish uchun osma konveyerlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda buyumni tashqi qo‘rinishi, sifati, unda xosil qilingan shakllar o‘z qo‘rinishini yoqatmaydi. Buyumlar ketma-ket donalab uzatiladi.
Oqimning barcha sektsiyalari bo‘yicha ishlab chiqariladigan maxsulot soni, ya`ni quvvati bir xil bo‘lish kerak.
Erkaklar va ayollar ko‘ylagi, bluzkalarni ishlab chiqarishda oqimning tayyorlash sektsiyasida- aylana, agregar yoki guruxli agrega oqimlar qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish oqimiga detal va yarimfabrikatlar pachkalab ketma-ket yoki tsiklli tushiriladi.
Yig‘ish va pardozlash sektsiyalarida aylana va agregat oqimlar qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish oqimiga mexnat predmetlari donalab ketma-ket tushiriladi.
Erkaklar ko‘ylagini tikishda oqimning tayyorlash sektsiyasida guruxli agregat oqimlar qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish oqimiga detallar ketma-ket pachkalab tushiriladi. Yig‘ish sektsiyasida- agregat oqimlar. Detal va yarimfabrikatlar donalab yoki pachkalab ketma-ket tushiriladi. Pardozlash sektsiyasida- agregat yoki osma konveyerlar qo‘llaniladi. Oqimga buyumlar donalab yoki pachkalab tushiriladi.
Yuqorida qayd etilgandek, ishlab chiqarish oqimini asosiy parametrlari yoki quvvat ko‘rsatkichlari kuyidagilaridan iborat:

  • ishlab chiqarish oqimining quvvati, ya`ni bir smenada ishlab chiqariladigan maxsulot soni- M ( dona);

  • ishlab chiqarish oqimidagi ishchilar soni- N ( ishchi);

  • tikuv tsexini satxi - S ts ( m2).

Ishlab chiqarish oqimini quvvat ko‘rsatkichlaridan biri ma`lum bo‘lgan xolda oqimni ma`romi xisoblanadi.
yoki
bunda:R-smena davomiyligi, s.
N-ishlab chiqarish oqimining ishchilar soni, ishchi
Tb-buyum sermexnatliligi, s.
Buyum sermexnatligi Tb=tb..o.
bunda: ∑t b..o.- texnologik jixatdan bo‘linmas operatsiyalarning sarf vaqti,s.
Ko‘p modelli ishlab chiqarish oqimida bitta buyumni sermexnatligi, ya`ni bitta buyumni tikib bitqazashga o‘rtacha xisobda sarflanadigan vaqt kuyidagi formuladan aniqlanadi:

bunda: Tb- bitta tushirish tsiklidagi xar bir jarayondagi xamma modellarni tikib bitkazishga sarflanadigan vaqtning yig‘indisi
Ishlab chiqarish oqimidagi ishchilar soni ma`lum bo‘lsa uning quvvati kuyidagicha aniqlanadi:

Ishlab chiqarish oqimidagi ishchilar sonini oqimning ma`romi yoki quvvati yoki tsex satxi yoki ishlab chiqarish oqimining umumiy uzunligi ma`lum bo‘lgan xolda kuyidagicha aniqlash mumkin.




bunda: N 1r- bitta ishchiga mo‘ljallangan satxning tipoviy normasi, m2 (6- jadvalga qarang);
S oq. – oqimga ajratilgan tsex satxi, m2;
n - tikuv tsex maydonidaga ishlab chiqarish oqimlar soni, son;
Lo.ch- ishlab chiqarish oqimining umumiy uzunligi , m;
l i.o‘.- ishchi o‘rnining qadami,m ( 7- jadvalga qarang);
Ko‘r.- ishlab chiqarish oqimidagi bir ishchiga to‘g‘ri keladigan ish
o‘rinlarining o‘rtacha soni.
Ishlab chiqarish oqim chizig‘ining umumiy uzunligi – kuyidagicha aniqlanadi:

Tikuv tsex sahni – S

Shunday qilib oqimning parametrlaridan biri ma`lum bo‘lsa, qolganlari xisoblab aniqlanadi (8-jadvalga qarang).
Ish o‘rinlarining o‘rtacha soni ishlab chiqarish oqimidagi rezerv ish o‘rinlarining soniga, bitta ishchi ikkita ish o‘rnida ( masalan press va dazmol, ikkita press) bajariladigan operatsiyalar nechtaligiga va bitta ish o‘rnidan ortiq joy oladigan uskunalar borligiga bog‘liq. Tajriba ma`lumotlariga asolanib ishlab chiqarish oqimidagi bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan ish o‘rinlarining o‘rtacha soni kuyidagicha qabul qilingan

  • ich kiyimlar va ayollar ko‘ylagini tikishda- 1,1-1,15;

  • kostyum tikishda- 1,15-1,2;

  • palto tikishda-1,2-1,25.

Nazarot va muxokama savollari



  1. Ishlab chiqarish oqimining asosiy parametrlari va ularni xisoblash.

  2. Tashkiliy texnologik sxemani tuzishga qo‘yiladigan talablar.

  3. Ishlab chiqarish oqimidagi ishchilar soni


Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya