Tinish belgilarining uslubiy xususiyatlar bajardi: mirzayeva gulnoza


Tinchlik - bu sevinchdir, hayotda lazzat



Yüklə 157,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/21
tarix30.12.2023
ölçüsü157,59 Kb.
#165079
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
belgi 2

Tinchlik - bu sevinchdir, hayotda lazzat,
Tinchlik - bu totuvlik, har ishda orom. 
Ega bilan kesim orasida tire qo'yilmasligining sababi shuki, kesim -dir, bo'ladi 
bog'lamalari bilan kelgan yoki kelishik qo'shimchasini olgan bo'ladi. Bundan 
tashqari, kesim sifat, ravish, egalik olmoshi yoki tartib son bilan ifodalanganda 
ham, ega bilan kesim orasiga tire qo'yilmaydi. 
Ega bilan kesim orasida quyidagi o'rinlarda ham tire qo'yilmaydi: 
1. 
Agar ega bilan kesim orasida ham yordamchisi bo'lsa: 
Olma ham meva. 
Bular ham a'lochi. 
2. 
Kesim shaxs qo'shimchasini olsa yoki yuklama bilan birikib kelsa: 
Bu kishi muallimimiz. Bu ishni bajaruvchi sensan. Yuragi qalam-u, qog'ozi - 
keng yer. (H. Po'lat) A 'lochilaringiz Salimjonmi? 
3. 
Kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalansa: 


20 
Yurtimiz obod. Ona tilidan yuqori baho olgan talabalaming soni yigirma 
beshta. Nega yurishingiz sekin ? 
QAVS 
Qavs o’zbek yozuvida 19- asrning ohirgi choragidan boshlab ishlatila 
boshlagan. Dastlab Turkiston viloyatining gazetida 1873- yilda ishlatilgan. Kiritma 
gaplarda O’zbekiston paxta ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi davlatlardan biri 
hisob (Xitoy, AQSH, Hindiston va Pokistondan keyin beshinchi o’rinda turadi.), 
eksport bo’yicha AQSHdan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Remerkalardan Xon 
(yolg’iz). Shu tiriklikdanda bezdirdilar meni (turib yuradur) bir dushmanimning 
qoni qurimayin yana bittasi chiqib qoladur. Shaxs, joy, asar hodisa va shu kabilar 
ikki xil variantda berilsa ulardan biri qavsga olinadi. “Qutadg’u bilig” (baxt 
keltiruvchi bilim) va shu kabilar ham kiradi. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning 
biror bo’lagiga qo’shimcha izoh beruvchi so’z yoki iboralar qavsga olinadi. 
Karimjon (sinfimizning a’lochisi) oliy o’quv yurtiga kiribdi. 
Qavsdan oldingi tinish belgilari (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire) qavsdan 
keyingiga ko’chiriladi. 

Yüklə 157,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə