Tinish belgilarining uslubiy xususiyatlar bajardi: mirzayeva gulnoza


Chavondoz bu gaplarni Ertoyevaga aytishini ham



Yüklə 157,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/21
tarix30.12.2023
ölçüsü157,59 Kb.
#165079
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
belgi 2

Chavondoz bu gaplarni Ertoyevaga aytishini ham
aytmaslikni ham bilmay (aytsa Ertoyeva xafa bo’ladi, aytmasa bir joydan 
chatog’i chiqishi mumkin), boshi qotib… turganda… Gulchehra mojorosi 
chiqsa bo’ladimi? (O. YO)
Kirish gaplar yoki remarkalar qavs bilan beriladi: 
ukam (sen uni taniysan) bu 
yil maktabni bitirdi. Aziz Kamol (xayol og’ushida ) Vatanimizga qarshi 
ko’tarilgan ruhiy va iqtisodiy hujum shu kunlarda cho’qqisiga chiqdi. (S.Az) 
misol yoki ko’chirmaning manbai … Eshik qars etib yopildi.(O.Y) kirish so’z 
yoki iboraga oid tinish belgilar qavsning ichiga olinadi. To’satdan uning 
xayoliga akasining bundan besh – olti oy oldin… yozgan xati (o’shandan beri 
undan dom-darak yo’q!) …tushdi.(O.Y) 


21 
QO’SHTIRNOQ 
Qo’shtirnoqni amaliyotga rus olimi professor A.A.Barsov kiritgan. O’zbek 
yozuvida u kiritish belgisi sifatida 19- asrning 80-yillaridan boshlab uchraydi. 
Qo’shtirnoq quydagi o’rinlarda ishlatiladi. Ko’chirma gap qo’shtirnoqqa olinadi.
“Apil tapil qilingan ishning umri qisqa” degan edi Sa’diy Sheroziy.
I.V.Gyote shunday deb aytgan edi: “Donishmandlik faqat haqiqatdadir”.
“Er kishiga zeb-u ziynat, degan edi A.Navoiy, hikmat va donishdir”. 
Sitatalarga qo’shtirnoq ichida yoziladi.
Buyuk yozuvchimiz A.Qahhorning quyidagi gaplari hali hanuz o’z 
ahamiyatini yo’qotgani yo’q: “Yozuvchi adabiyotga ikki hil kiradi: birinchi 
asari bilan tutab, biri yashnab kiradi. Tutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi, 
ko’ngildan chiqarib emas, qorindan chiqarib yozadi. Yozuvchillikka 
cho’g’day yashnab kirgan yozuvchi asardan asarga yashnayveradi ”. 
Ko’chma ma’noda qo’llangan so’zlar, ishlatilishi odat tusiga kirmagan, eskirgan 
yoki yangi qo’llanayotgan, kesatiq, piching, do’q-po’pisa va shu kabi ma’nolarni 
bildiruvchi leksik birliklar qo’shtirnoq ichida yoziladi.
… 

Yüklə 157,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə