Tir convention Uzbekistan


ichimliklar va tamaki mahsulotlarini tashishga nisbatan bojxona xodimlari



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

ichimliklar va tamaki mahsulotlarini tashishga nisbatan bojxona xodimlari 
muqovasida 
va 
barcha 
yirtma 
varaqalarida 
aniq 
qilib 
"TAMAKI 
MAHSULOTLARI/ALKOGOLLI ICHIMLIKLAR" degan yozuv tushirilgan XYT 
kitobchasi taqdim etilishini talab qilishlari kerak. Bundan tashqari, bunday 
kitobchalarda, kamida ingliz va fransuz tillarida, kitobcha muqovasining 2 
sahifasidan keyin kitobchaga kiritilgan alohida varaqada ko‘rsatilgan kafolat 
taalluqli bo‘lgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning toifasi haqida 
batafsil ma’lumot bo‘lishi kerak. (ECE/TRANS/17/Amend.17, 1994 yil 1 oktabrda 
kuchga kirgan)
* "XYT kitobchasi" nomi "karnet TIR" nomiga mos keladi


]XYT kitobchasining modeliga tushuntirish xati 
1.10. c) XYT kitobchasidan foydalanish qoidalari
Yuk manifestiga biriktirilgan yuklash varaqalaridan foydalanish 
XYT kitobchasidan foydalanish qoidalarining 10 c) qoidasi manifestda barcha 
tashiladigan yuklarni yozish uchun joy yetarli bo‘lsa ham, XYT kitobchasiga ilova 
sifatida yuklash varaqalaridan foydalanishga imkon beradi. Biroq, bunga faqat 
yuklash varaqalarida yuk manifesti talab etadigan barcha ma’lumotlar qulay 
o‘qiladigan va aniq shaklda keltirilgan va 10 c) qoidalarining barcha boshqa 
qoidalariga 
rioya 
qilingan 
holatlardagina 
yo‘l 
qo‘yiladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.2, 1980 yil 1 oktabrda kuchga kirgan) 
XYT kitobchasining namunasiga sharh
Qo‘shimcha hujjatlarni ilova qilish usullari
Agar XYT kitobchasidan foylanish qoidalarining 10 c) va 11 qoidalariga muvofiq 
qo‘shimcha hujjatlar ilova qilinishi zarur bo‘lganida, bunday hujjatlar XYT 
kitobchasining muqovasiga yoki bevosita yirtma varaqalariga stepler yoki boshqa 
moslamalar yordamida hujjatlarni ajratish XYT kitobchasida iz qoldiradigan 
tarzda biriktirilishi kerak. (TRANS/WP.30/139, 43-band; TRANS/WP.30/AC.2/29, 
3-ilova; TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova)
Yuk manifestida yuklarni ta’riflash (yirtma varaqalarning 9-11 ustunlari)
Bojxona organlari va XYT kitobchalarini saqlovchilar XYT kitobchasidan 
foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerak. Zarur holatlarda yuklarning 
ta’rifini o‘z ichiga olgan qo‘shimcha hujjatlar XYT kitobchasiga biriktiriladi, va 
yirtma varaqaning 8-ustuniga tegishli belgi kiritiladi. Yuklarning tijorat ta’rifida 
XYT kitobchalaridan foydalanib tashiladigan yuklarni almashtirish imkonini 
istisno qiluvchi zarur bo‘lgan minimum ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
(TRANS/GE.30/45, 12-15-bandlar; TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova)
Yuklarning qiymatini deklaratsiya qilish
Yukning qiymati ko‘rsatilmagan dalil yuklar bojxona organlari tomonidan ushlab 
turilishiga asos bo‘lolmaydi.
(TRANS/GE.30/17, 44-band)
XYT operatsiyasini to‘xtatish
XYT operatsiyasi tugatilishini tasdiqlash uchun №2 yirtma varaqaning 24-28 
ustunlarida talab etiladigan yozuvlarga qo‘shimcha sifatida bojxona 
organlarining faqat bitta shtampini va mansabdor shaxsning bitta imzosini 
qo‘yish zarur va yetarli hisoblanadi. Yirtma varaqalarda, koreshoklarda va 
muqovaning birinchi sahifasida bojxona organlaridan tashqari boshqa hech 
qanday organlar shtamplar va imzolarni qo‘yishga haqli emas. Vakolatli organlar 
tarafidan №2 yirtma varaqa koreshogini to‘ldirilishi, jumladan bitta bojxona 
muhri, sana va bojxona organlari vakolatli shaxsining imzosi, XYT kitobchasini 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə