Tishli uzatmalar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə3/11
tarix23.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
тишли

Silindrik uzatma


Silindrik uzatmada ilashuvchi silindrik g’ildiraklarning o’qlari o’zaro parallel bo’ladi.
Silindrik tishli uzatmaning asosiy parametri ilashish moduli - m; tishli g’ildiraklarning tishlari soni – Z1, Z2; va boshlang’ich aylana diametrlari – d1,d2 hisoblanadi.
Ilashish moduli tishli g’ildirakning bo’luvchi aylanasi diametrini tishlar soni nisbatiga teng
m=d/z
Bundan tashqari ishlashish modulini bo’luvchi aylana uzun-ligidan kelib chiqib aniqlash ham mumkin. L= π d = tk z, d = tk / π z.
Hosil qilingan bu formulani d=mz ga qo’yib quyidagini hosil qilamiz.
mz = tk/ π z,
m = tk / π
Modul har doim millimetrlarda beriladi. Uning qiymatlari 5.1-jadvalda berilgan.
Tayyor tishli g’ildirakning moduli quyidagi formuladan foydalanib aniqlanadi:
m =Da/z+2
Bu yerda z - tishlar soni, tishli g’ildirakdan sanab aniqlangan, Da -tish cho’qqisining o’lchangan diametri. Tish cho’qqisi diametri Da= d+2h1 qaysiki h1m, Da=d+2m.
Yuqoridagilarga asosan
d=mz, Da=mz+2m, Da=m(z+2), m=Da/z+2
Tish oyog’i balandligi h11=l,25m; tishning to’liq balandligi
Silindrik tishli g’ildirakning o’lchamlarini hisoblash formulalari 5.2-jadvalda berilgan.
Tishli g’ildirakning chizmasini chizish uchun uning boshlang’ich aylanasi diametri va ilashish moduli beriladi, qolgan o’lchamlarni 5.2-jadvalda berilgan formulalardan foydalanib aniqlanadi.
Tishli g’ildirak chizmasi GOST 2402-96 ESKD da belgilangan talablar asosida quyidagicha bajariladi:
Tish cho’qqisi aylanasi asosiy tutash chiziq bilan chiziladi.
Bo’luvchi g’ildirakning boshlang’ich aylanasi barcha ko’rinishlarda va qirqimda ingichka shtrix punktir chiziq bilan chiziladi;
Tish tubi aylanasi qirqim va kesimda asosiy tutash chiziq bilan ko’rsatiladi, ko’rinishlarda ingichka tutash chiziq bilan chiziladi.
Agar kesuvchi tekislik tishli g’ildirakning o’qi orqali o’tsa, uning tishlari qirqim va kesimda qirqilmagan holda tasvirlanadi.
Agar kesuvchi tekislik tishli g’ildirakning o’qiga perpendikulyar bo’lsa ham tishli g’ildirak qirqilmagan holda tasvirlanadi, qirqib ko’rsatish kerak bo’lganda, ayrim joy qirqimidan foydalanib tish tubi sirtining chizig’igacha shtrixovka qilinadi.
Agar tishli g’ildirak tishining yo’nalishini ko’rsatish kerak bo’lsa, tish sirti tasvirida o’qqa yaqin joyda tegishli qiyalikda uchta ingichka tutash chiziq chiziladi (5.3-shakl).
Tishli g’ildirak yaxlit (5.4-shakl, a), kesimi har-xil shaklda bo’lgan disk (5.4-shakl, b) yoki kegay (spitsa) li (5.4-shakl, v) bo’lishi mumkin.
Agar kesuvchi tekislik ilashayotgan tishli g’ildiraklarning o’qlari orqali o’tsa, qirqimda ilashish zonasi chegarasida yetakchi tishli g’ildirak ko ‘rinadigan qilib tasvirlanadi (5.5-shakl).
Silindrik tishli ilashmaning chizmasini chizish uchun, tishli g’ildiraklarning ilashib turgandagi o’qlar orasidagi masofa boshlang’ich aylanalar diametri d1 va d.2 bo’yicha aniqlanadi:

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə