Tishli uzatmalar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə6/11
tarix23.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
тишли

d1 = mz1/tg γ
z1/γ tg=q bilan belgilaymiz. U vaqtda d1=mq, q-chervyakning boshlang’ich (bo’luvchi) diametrida modullar soni yoki chervyak diametri koeffitsienti. q ning qiymati GOST 19672-96 ga mos kelishi kerak. m, q va z1 larning parametrlarini bir-biriga mosligi GOST 2144-96 da keltirilgan.
Chervyak diametri koeffitsienti bilan chervyak moduli orasidagi bog’liqlik 5.4-jadvalda berilgan.
Silindrik chervyakning chizmasi 5.11-shaklda berilgan. Chervyak o’q bo’ylab kesilgandagi mahalliy qirqim qo’llab bitta proyeksiyada tasvirlanadi. Chervyak g’ildiragining qirqimi va chapdan ko’rinishi beriladi. Chapdan ko’rinishi o’rniga val uchun teshikni tasvirlashga yo’l qo’yiladi (5.10-shakl).
Chervyakli uzatma (shakl) chervyak va chervyak g’ildiragidan iborat. Chervyak - trapetseidal shaklda kesilgan vint; chervyak g’ildiragi esa maxsus shakldagi qiyshiq tishlardan iborat.
Chervyak g’ildiragining o’q bo’ylab kesimi chervyak o’ramlarini qisman qoplab oluvchi gayka shaklida, chervyak esa chervyak g’ildiragi bilan ilashib kiradigan tishli reyka shaklida bo’ladi.
Chervyakli uzatmaning konstruktiv elementlari chervyak o’ramlari soni z1, bo’luvchi diametrida modullar soni q, chervyakning (chervyak g’ildiragining kondalang (tortsevoy)) modeli m va chervyak g’ildiragining tishlar soni z2 bo’yicha 5.5-jadvaldan foydalanib aniqlanadi.
Engillashtiruvchi teshik diametri de. t va teshiklarning markazlari joylashgan aylana diametri d3 silindrik tishli g’ildirakdagidek aniqlanadi.
Chervyak va chervyak g’ildiragining shartli tasviri GOST 2402-96 da, bu detallarning ish chizmasini bajarish qoidalari GOST 2406-96 va GOST 2407-96 da berilgan.
Chervyakli uzatmani qirqimini chizish uchun chervyak va chervyak g’ildiragining o’qlari orasidagi masofaga teng oraliqda chervyak va chervyak g’ildiragining gorizontal o’qlari chiziladi (5.12-shakl). So’ngra bu o’qlarga perpendikulyar qilib chervyak g’ildiragining simmetriya o’qi hamda chervyakning vertikal markaz chizig’i hisoblangan vertikal to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Bir vaqtning o’zida chapdan ko’rinishini chizish uchun gorizontal o’qlarni davom ettirib, chervyak va chervyak g’ildiragi uchun umumiy bo’lgan vertikal markaziy chiziq o’tkaziladi.
Chervyakli uzatmaning o’lchamlarini 5.5-jadvaldan foydalanib aniqlab, chervyak va chervyak g’ildiragi ikkita proyeksiyada tasvirlanadi. Ilashishda g’ildirak va chervyak tishlari orasida oraliq (radial (radius bo’ylab) zazor) bo’lishi kerak.
Chervyakli uzatmaga oid amaliy ish 5.12-shakl da ko’rsatilgandek bajariladi. Bu ishga oid topshiriq variantlari 5.6- jadvalda berilgan.
Eng sodda tishli uzatma ikkita tishli g`ildirakdan tashqil topadi. Odatda kichkina tishli gildirakni «Shesternya», kattasi esa «G’ildirak» deb yuritiladi. Mashinasozlikda tishli uzatmalar keng qo`llaniladi . Aniq asbobsozlikda diametri 1 mm bo`lgan tishli gildiraklar ishlatilgan bir vaqtda , ogir sanoatda diametri bir necha 10 m bo`lgan gildiraklar qo`llaniladi . Tishli uzatma gildiraklarining xamma terminlari, ifodalari va geo`letrik parametrlari standartlashtirilgan
(GOST 16530-70, GOST 16531-70,GOST 19325-73).

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə