Tizimli tahlil yondashuvning mohiyati



Yüklə 46,76 Kb.
səhifə6/7
tarix26.04.2023
ölçüsü46,76 Kb.
#107032
1   2   3   4   5   6   7
Sobirov Bexzod 1

Avtomatlar nazariyasi. Bu kirish, chiqish, ba’zida urinishlar va xatolar usuli bilan harakat qilishga va o’rganishga qodir bo’lgan abstrakt avtomatlar nazariyasidir. Avtomatlar nazariyasining umumiy modeli bo’lib Tyuring mashinasi xizmat qiladi. U o’zunligi chekli bo’lgan tasmada 0 va 1 raqamlarini bosmadan chiqara oladigan (yoki o’chiradigan) abstrakt mashina hisoblanadi. Agar jarayonni chekli sondagi opersiyalar yordamida ifodalash mumkin bo’lsa, har qanday murakkab jarayonni Tyuring mashinasida amalga oshirish mumkinligini ko’rsatish mumkin. O’z navbatida mantiqan imkoni bo’lgan narsa (ya’ni algoritmik simvolizmda) har doim bo’lmasa ham avtomat (ya’ni algoritmik mashina) yordamida konstruksiya qilinishi mumkin.

8.O’yinlar nazariyasi. O’yinlar nazariyasi boshqa ko’rib chiqilgan tizimli yondashuvlardan farq qilishiga qaramasdan, uni tizimlar to’g’risidagi fanlar qatoriga qo’shish mumkin. Unda raqiblar bilan (yoki tabiat bilan) o’yin paytida tegishli strategiyalarni qo’llagan holda mksimal yutuq va minimal yo’qotishlarga erishishga harakat qiladigan “ratsional” o’yinchilarning o’zini tutishi ko’rib chiqiladi. Demak, o’yinlar nazariyasi antagonistik kuchlarni o’z ichiga oladigan tizimlar bilan ish ko’radi.
9.Echimlar nazariyasi. Bu matematik nazariya alternativ imkoniyatlar orasidagi tanlash shartlarini o’rganadi.
10.Navbatlar nazariyasi. Ommaviy so’rovlar sharoitida xizmat ko’satishni optimallashtirish masalalarini ko’rib chiqadi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda tahlil vaqtida tashkilotnin ham ichki, ham tashqi muhiti hisobga olinadi. Bu faqatgina ichki omillarnigina emas, balki tashqi omillarni ham hisobga olish darkorligini anglatadi - iqtisodiy, geosiyosiy, ijtimoiy, demografik, ekologik va boshqalar.
Tizimning axborot ta’minoti boshqaruvinining funksional aloqalarini tekshirishda integratsion yondashuvdan foydalaniladi. Buning mohiyati shundaki tadqiqot ham vertikal (tizim boshqaruvining alohida elementlari o’rtasida), ham gorizontal (mahsulotning har bir hayotiy siklida) amalga oshiriladi.
Vaziyatga asoslangan yondashuvni amalga oshirishning mohiyati shundaki, tahlilni amalga oshirishda kenglik diapazoni boshqaruv effektivligiga ta’sir qiluvchi vaziyat turtki vazifasini bajarishidadir. Bunday yondashuv asosida vaziyatning xarakteridan kelib chiqqan holda o’zining istalgan xarakterini o’zgartirishi mumkin.



Yüklə 46,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə