Tizimli tahlil yondashuvning mohiyati


Tizimli yondashuv yordamida o’rganilayotgan muammolar



Yüklə 46,76 Kb.
səhifə4/7
tarix26.04.2023
ölçüsü46,76 Kb.
#107032
1   2   3   4   5   6   7
Sobirov Bexzod 1

3.Tizimli yondashuv yordamida o’rganilayotgan muammolar.
Tizim nazariyasining metodologik vazifasi klassik fanning analitiksummativ muammolarga nisbatan umumiy xarakterga ega muammolarni hal etishdan iborat. Bunday muammolarga turlicha yondashish mumkin. Muallif aniq ochib bera olmaydigan – «yondashuvlar» ifodadan foydalandi, chunki ular mantiqiy bir xil emas, turli konseptual modellar, matematik vositalar, dastlabki pozitsiyalar va boshqalar bilan xarakterlanadi. Biroq ular tizimlar nazariyasi bo’lib hisoblanadi. Agar tizimli texnika, operatsiyalarni tadqiq qilish, liniyali va noliniyali dasturlash va shu kabi amaliy tizimli o’zlashtirishlarda yondashuvlarni bir tomonga surilsa, unda quyidagi yondashuvlar eng muhim hisoblanadi:
1.Tizimning «klassik» nazariyasi. Ushbu nazariya klassik matematikadan foydalanadi va quyidagi maqsadlarga ega: umuman tizimlarga yoki ularning muayyan sinflariga (masalan, berk va ochiq tizimlarga) qo’llaniladigan tamoyillarni o’rnatish; ularning tadqiq qilish va tavsiflash uchun vositalarni ishlab chiqish va ushbu vositalarni muayyan hodisalarga nisbatan qo’llash. Olinadigan natijalarning etarlicha umumiyligini hisobga olgan holda ayrim formal tizimli xususiyatlar tizim bo’lib hisoblanadigan har qanday mohiyatga (ochiq tizimlarga, ierarxik tizimlarga va h.) taalluqligini uning alohida tabiati, qismi, tegishliligi va h. ma’lum emas yoki tadqiq qilinmaganda ham tasdiqlash mumkin. Misol bo’lib quyidagilar: xususan molekulyalarni yoki biologik moddalarni populizatsiyalashda, ya’ni kimiyoviy va biologik tizimlarda qo’llaniladigan kinetikaning umumlashgan tamoyillari; fizik kimyoda va xabarlar tarqalishini tahlil qilish uchun foydalaniladigan diffuziya tenglamasi; barqaror tenglik tushunchasi va transport oqimlariga qo’llaniladigan statistik mexaniqa modellari; biologik va ijtimoiy tizimlarni allometrik tahlili xizmat qiladi. Hisoblash mashinalaridan foydalanish va modellashtirish. «Modellashtirish» yoki tizimlarning spetsifikatsiyalash uchun qo’llaniladigan differensial tenglamalarning tizimlari odatda, ular liniyali bo’lganda va ozgina o’zgaruvchan bo’lganda ham echish uchun ko’p vaqt talab etadi; tenglamalarning noliniyali tizimlari faqat ayrim holatlarda echimga ega bo’ladi. SHu sababli hisoblash mashinalaridan foydalanish bilan tizimli tadqiqotlarga yangicha yondashuv ochildi. Masala shundaki, vaqt va energiyaning yo’l qo’yilgan harajatlarini talab etadigan zarur hisoblashlarni sezilarli darajada engillashtirishda va oldindan belgilangan matematik ixtironi almashtirishda emas.
Bunda hozirgi vaqtda tegishli matematik nazariya mavjud bo’lmagan va echimning qaniqarli usullari mavjud bo’lmagan sohasida foydalana olishi muhimdir. Hisoblash mashinalar yordamida butun murakkablilik bo’yicha an’anaviy matematikaning afzal bo’lgan imkoniyatlarga ega bo’lgan tizimlarni tahlil qilishi mumkin; boshqa tomondan laboratoriya eksperimenti o’rniga hisoblash mashinasida modellashtirishdan foydalanish mumkin va shunday tarzda qurilgan model real eksperimentda tekshirilgan bo’lishi mumkin. SHunday usul bilan B.Gess, masalan, 100 noliniyali differensial tenglamalarni o’z ichiga olgan modeldagi katakdagi glikoliz reaksiyalarning 14-bo’g’inli zanjirni hisoblab chiqdi. SHunga o’xshash tahlil bozorlarni tadqiq qilishda iqtisodiy ishlanmalarda va h.k. oddatdagi holat bo’lib qoldi.

Yüklə 46,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə