To’plam muallifi haqida ma’lumot o’qituvchining ismi sharifi va familiyasi


O’quv amaliyoti mashg’ulotining texnologik xaritasining ilovalari keltiriladi



Yüklə 3,54 Mb.
səhifə10/73
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#159831
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
O\'quv amaliyoti I kursga

O’quv amaliyoti mashg’ulotining texnologik xaritasining ilovalari keltiriladi.
1-Mavzu: Shaxsiy kompyuterning texnik vositalar bilan ishlash
Reja:


1. Kompyuter haqida ma’lumot
2. Kompyuter va uning tuzilishi
3. Kompyuter texnologiyalari


KOMPYUTER HAQIDA MA’LUMOT
Kompyuter — XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri. Uning yaratilish tarixi bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, davr sinovidan o‘tgan eng yangi avlodi hozirgi kunda inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida qo‘llanilib kelmoqda.
Kompyuter ingl. computer — hisoblagich so‘zidan olingan bo‘lib, hisob-kitobni amalga oshiruvchi qurilma ma’nosini bildiradi. Dastlab yaratilgan kompyuter, asosan, murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Keyinchalik kompyuterda matn, rasm, tovush, video kabi ma’lumotlarni saqlash, ularni qayta ishlash, uzatish kabi ishlarni bajarish imkoniyatlari yaratilgan.
Kompyuterning turlari xilma-xil bo‘lib, ular nafaqat o‘lchamlari, balki ma’lum bir imkoniyat va vazifalari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Bugungi kunda dastlab yaratilgan kompyuterlar davriga nisbatan ishlab chiqarish texnologiyalari keskin o‘zgarib, takomillashib bormoqda. Kompyuterlarga bo‘lgan ehtiyojning kundan-kunga oshishi esa kompyuter ishlab chiqaruvchi yangi kompaniyalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Hozirda jahon bozorlarida kompyuter texnikasining 100 dan ortiq modeli sotuvga chiqarilgan bo‘lib, kompyuter savdosi biznes olamidagi serdaromad manbalardan biri hisoblanadi.

Kompyuterlar, eng avvalo, o‘lcham hamda ishni bajarish imkoniyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Shuningdek, nima maqsadda qo‘llanilishiga ko‘ra, dasturiy ta’minoti, texnik vosita va qo‘shimcha qurilmalari bilan ham bir-biridan ajralib turadi.


Zamonaviy kompyuterlar:


Desktop — shaxsiy (personal) kompyuter;
• Monoblok — monitor va tizim bloki birlashtirilgan ixcham kompyuter;
• Laptop — noutbuk (notebook) – bloknot tipidagi shaxsiy kompyuter;
• Tablet — planshetli shaxsiy kompyuter;
• Nettop — ixcham qutida joylashgan va Internet ilovalari bilan ishlashga mo‘ljallangan kompyuter;
• Palmtop — cho‘ntak kompyuteri, organayzerlarga bo‘linadi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə