To’plam muallifi haqida ma’lumot o’qituvchining ismi sharifi va familiyasi



Yüklə 3,54 Mb.
səhifə11/73
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#159831
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73
O\'quv amaliyoti I kursga

KOMPYUTER VA UNING TUZILISHI


Stol usti kompyuterlari desktop deb ham yuritiladi va boshqa kompyuter turlari orasida o‘zining universalligi bilan ajralib turishi bilan birgalikda, omma orasida eng ko‘p tarqalgan kompyuterlar sirasiga kiradi. Turli kompaniyalarda ishlab chiqarilgan kompyuterlar bir-biridan dizayni, quvvati va ayrim qo‘shimcha imkoniyatlari bilan farq qilgani bilan, ularning barchasi yagona arxitektura negizida yaratiladi.




Demak, kompyuterlar bir-biridan tashqi ko‘rinishi, o‘lchami, ishlash tezligi bilan farqlanadi. Lekin ular barchasi yagona bir arxitektura (sxema) asosida quriladi. Bu arxitektura asosida avvalgi elektron hisoblash mashinalari, hozirgi kompyuterlar va yangi smartfonlar ishlab chiqarilmoqda.




SHAXSIY KOMPYUTERNING TUZILISHI

Shaxsiy kompyuter murakkab tuzilishga ega texnik vosita hisoblansa-da, uning ishlashini, asosan, 4 ta qurilma ta’minlab beradi.


1. Tizim block


2. Monitor


3. Klaviatura


4. Sichqoncha




MONITOR. Uning vazifasi ma’lumotlarni ekranda namoyish qilishdan iborat. Foydalanuvchiga kompyuterning xotirasida saqlangan ma’lumotlarni matn, rasm, piktogramma, yorliq va hokazolar ko‘rinishida namoyish etadi. Foydalanuvchi, o‘z navbatida, kompyuter taqdim etgan ma’lumotlarni ko‘radi va o‘qiydi.




K LAVIATURA – Uning asosiy vazifasi — kompyuterga ma’lumotlarni kiritish va kompyuter bilan muloqot qilish. Foydalanuvchi klaviatura yordamida matn teradi, uni tahrir qiladi. Klaviatura, asosan, 6 qatorga o‘rnatilgan tugmachalardan iborat. Ularning ustiga lotin va kirill alifbosi harflari, raqamlar, turli belgi, simvol va boshqarish buyruqlari yozilgan.
TIZIMLI BLOK – Tizim bloki keys deb nomlanuvchi maxsus qoplama bilan qoplangan. Agar keysni olib tashlasak, biz uning ichida joylashgan asosiy plata, protsessor, xotira va boshqa qurilmalarni ko‘rishimiz mumkin:


SICHQONCHA – Uning yordamida kompyuterni boshqarish hamda dasturlar bilan ishlash juda ham qulay. Sichqoncha harakatining natijasi monitorda kursor ko‘rinishida namoyon bo‘ladi va kursor sichqoncha harakatini aynan takrorlaydi. Sichqonchada 2 ta – chap va o‘ng tugmachalar mavjud. Ular yordamida foydalanuvchi turli amallarni bajaradi. Sichqonchaning old qismi o‘rtasidan o‘rin olgan g‘ildirakcha foydalanuvchiga sahifani yuqoriga yoki pastga siljitishiga yordam beradi.


Kompyuter ham inson kabi o‘z xotirasi va “miyasi” hisoblangan protsessor qurilmasiga ega. U ham bir necha vazifani bajara oladi: boshqarish, hisoblash, xotirada saqlash amallari.







Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə