To’plam muallifi haqida ma’lumot o’qituvchining ismi sharifi va familiyasi



Yüklə 3,54 Mb.
səhifə73/73
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#159831
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
O\'quv amaliyoti I kursga

Savol topshiriqlar


1. RGB rang modeli qayerda ishlatiladi
2. Adobe photoshopda yaratilgan qatlamlar ro`yxati qaysi buyruq orqali chiqariladi
3. Adobe photoshopda tasvir rang rejimini almashtirish qaysi buyruq orqali bajariladi
4. Adobe photoshopda keraksiz qatlamni o`cherish qanday bajariladi


"TASDIQLAYMAN"
Ishlab chiqarish bo'yicha
direktor o'rinbosari
_________ I.Nazarov


"___" ________________ 2020yil



Guruhlar






Dars o'tiladigan sana








O’QUV AMALIYOTI MASHG’ULOTINING O’QITISH TEXNOLOGIYASI
25-Mavzu nomi:
O’quv mashgulotining o’qitish texnologiyasi modeli

Vaqt: 6 soat

Ta’lim oluvchilar soni: nafar

O’quv mashgulotining shakli va turi

Amaliy: o’quv amaliyoti

O’quv mashguloti rejasi, tuzilishi

1. Tarmoq topologiyasi tushunchalari, «halqa», «shina», «yulduz» topologiya turi
2. Kompyuter tarmoq topologiyalarini tasniflanishi
3. Ma’lumot uzatishni fizik muhitiga kirish usullari
4.kompyuter tarmoqlari klassifikatsiyasi
5.Tarmoq komponentlari (Hub, Repeater va boshqalar) tarmoqni tashkiliy tuzilishi va funksional roli



O’quv mashguloti maqsadi: Mavzu buyicha nazariy bilimlari tug’risida ma’lumot berish va ularda mavzu mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish

O’qitish natijasi:

Ushbu mavzuni o’zlashtirish natijasida o’quvchida shakllanadigan bilim, ko’nikma yoki kompetensiya

Pedagogii vazifalar:
1. Fayllar bilan tanishtirish;
2. Kataloglar va ularning turlarini tushuntirish;
3 Boshlovchi dasturini ko’rsatish;
4. Dastur texnologiyasini uskunaviy vositalari yo’riqnoma berish;
5 Faylni yoritib berish;
6 Fayl va Papkalar ustida yo’l quyilgan xatolarni ko’rsatish.

O’quv faoliyat natijalari:
1. Fayllarni turini aytib beradi;
2. Kataloglar va ularning turlarini gapirib beradi;
3. Boshlovchi dasturini takrorlab ko’rsatadi;
4. Dastur texnologiyasini yo’riqnoma asosida bajaradi;
5. Fayllar ustida mustaqil ishlarni bajaradilar;
6. 6 Fayl va Papkalarda xatolar ustida ishlaydilar.

O’qitish usullari.

Tushuntirish, ko’rsatish, yo’riqnoma berish, mashq va boshqalar

O’qitish vositalari.

Yo’riqli texnologik xarita, kerakli jixoz va asboblar, ko’rgazmali qurollar, proyektor, kodoskop, stendlar, slaydlar, plakatlar va boshqalar

O’quv faoliyatini tashkil etish shakli.

Ommaviy, jamoaviy, guruxli, juftlikda, yakka
tartibda.

O’qitish sharoiti.

Kompyuter bilan jixozlangan xona.

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Nazorat, bajarilgan ishlarni tekshirish, ogzaki savol - javob, hisobot, va boshqalar.






O’QUV AMALIYOTI MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI



Ish
bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O'qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-bosqich.
O’quv
mashgulotga kirish (...daq)

Tashkiliy qisim:
Ta’lim oluvchilarning davomatini tekshiradi.

  1. Ta’lim oluvchilarning mashgulotga

tayyorgarligini nazorat qiladi.

  1. Amaliy mashg’ulot nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi.

  2. Amaliy mashgulotning badolash mezonlari bilan tanishtiradi.

  3. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilishni eslatadi.



Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radilar.
Amaliyotga xavfsizlik texnikasi, sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilgan xolda maxsus kiyimda keladi. Xavfsizlik texnikasi jurnaliga imzo quyadilar. Tinglaydilar.

2-bosqich. Asosiy (.... daq)



Kirish yo’riqnomasi (50 daq). O’quvchilar bilimini faollashtirish:

  • Tezkor-so’rov; savol-javob, aqliy hujum orqali bilimlarni faollashtiradi.

Yangi o’quv material bayoni:

  • O’quv amaliyoti mavzusi buyicha umumiy ma’lumot beradi, ish jarayonini tushuntiradi;

Joriy yo’riqnoma (135 dav;). Yangi o’quv material buyicha amaliy mashq bajarish.

  • Ta’lim oluvchilarni ish joylariga taxsimlab amaliy ish yuzasidan yuriqnomali texnologik xarita (-ilova) hamda mustaqil ish bajarish uchun hom-ashyo tarqatadi va ko’rsatmalar beradi.

  • Mustaqil ishlarni bajarilishini maqsadli aylanish vaqtida nazorat qiladi va ish jarayonida o’quvchilar tomonidan quygan xatolarni ko’rsatadi.

Yakuniy yo’riqnoma (15 daq):

  • Mashgulot tugaganidan so’ng ish joylarini talab darajasiga keltiradi. Tayyorlangan maxsulotni qabul qiladi.



Savollarga javob beradi. Tinglaydilar, chizadilar,
yozib oladilar.
Ta’lim oluvchilar o’z joylariga turadilar,


Mashgulot rahbari ko’rsatmalari
va yo’riqli texnologik xaritaga rioya qilgan xolda bajaradilar.
Amalda bajaradilar
Xatolarni to’g’irlaydilar.


Foydalanilgan jixozlarni mashg’ulot rahbariga
topshiradilar.
Ish joyini tozalaydilar.

3-bosqich. Yakuniy (.... daq;)

Yakunlash:
O’quvchilarni amaliy mashgulot buyicha baholarini elon qiladi (-ilova);

  1. Kelgusi kasbiy faoliyatlarida amaliyotda bajargan ishlarining axamiyati va muhimligiga o’quvchilar e’tiborini qaratadi,

  2. Kelgusi mashgulot mavzusi bilan

tanishtirib uyga vazifa beradi (-ilova).

Tinglaydilar.
Topshiriqni yozib oladilar.


O’quv amaliyoti mashg’ulotining texnologik xaritasining ilovalari eltiriladi.

25-Mavzu: Adobe Premier Pro yordamida raqamli fotosuratlardan videokliplar yaratish

Reja:

1.Adobe Premier Pro dasturi va u bilan ishlashi.

2. Adobe Premier Pro dasturida vedio montaj qilish


Adobe Premiere Pro – videoni tahrirlash uchun professional vosita hisoblanadi. Bu dastur DV formatidan to zichlanmagan HD gacha bo’lgan barcha video formatlarni qabul qila oladi. Adobe Premiere Pro boshqa Adobe dasturlari bilan to’liq bog’lana oladi.

Natijada New Sequence oynasi hosil bo’ladi. Sequence Presets bo’limidan DV-PAL ni tanlaymiz. Bu papkadan Widescreen 48 kHz ni belgilaymiz. Chiquvchi faylga nom berib, “OK” tugmasini bosamiz


New Sequence oynasi


Shundan keyin, Adobe Premiere Pro dasturi ishga tushadi (1.15-rasm). Adobe Premiere Pro dasturining bir nechta asosiy ishchi oynalari mavjud.
Bu ishchi oynalarning alohida vazifalari bo’lib, ulardan o’z o’rnida to’g’ri foydalanilsa, ishimiz sifatli hamda ish unumdorligi yuqori bo’ladi. Dasturga kerakli fayllarni yuklashning bir nechta usullari mavjud:

  1. File menyusiga kirib, u yerdan Import buyrug’ini tanlash orqali;

  2. Project oynasida sichqonchaning chap tomonini ikki marta bosish orqali;

  3. Project oynasida sichqonchaning o’ng tugmasini bosib, undan Import bandini tanlash yo’li bilan.


Adobe Premiere Pro dasturi quyidagi asosiy menyulardan tashkil topgan: File, Edit, Project, Clip, Sequence, Marker, Title, Window, Help.

  1. File – fayl menyusi yangi proyekt yaratish, oldindan saqlab qo„yilgan proyektni ochish, ishlangan proyektlarni saqlash, fayllarni Import qilish, tayyor mahsulotni Export qilish imkonini beradi.

  2. Edit – tahrir qilish menyusi. Unda Duplicate yaratish, qatlamdagi faylni o„chirish, undan nusxa olish mumkin.

  3. Project – bu menyuda proyekt sozlamalarini amalga oshirish mumkin.

  4. Clip – videoning o’ziga alohida ishlov berish menyusi. Bu menyuda yuklangan fayl nomini, uning namoyish etish tezligini va boshqa parametrlarni o’zgartirish mumkin.

  5. Sequence – faylni render qilish, qilingan renderni o’chrish imkoniyatiga ega. Qolaversa, Timelinedagi faylni bizga qulay bo’lishi uchun uni cho’zish va siqish mumkin.

  6. Marker – bu Timelinedagi faylning ma’lum oralig’ini belgilab olish uchun ishlatiladi. Bu bizga ancha qulayliklar olib keladi.

  7. Title – titr menyusi. Bu yerdan qilayotgan ishimiz uchun har xil titrlar yozishimiz mumkin.

  8. Window – “Oyna” deb nomlanuvchi bu menyu bizga katta qulayliklarni yaratib beradi. Bu yerdan bizga kerakli oynalarni ochishimiz va keraksiz oynalarni yopib qo„yishimiz mumkin.

  9. H elp – “Yordam” menyusi. Bu menyu Adobe Premiere Pro dasturi haqida ma’lumotlar kiritilgan. Qolaversa, bizda paydo bo’ladigan ba’zi savollarga shu yerdan javob olishimiz mumkin.

Uskunalar paneli.

  1. Tanlash uskunasi.

  2. Yo’lni tanlash uskunasi.

  3. Jivirlatish uskunasi.

  4. Tezlikni cho’zib qo’yish uskunasi.

  5. Kesish uskunasi.

  6. Sirg’anish uskunasi.

  7. Sirpanish uskunasi.

  8. Ruchka uskunasi.

  9. Qo’l uskunasi.

  10. Kattalashtirish, kichiklashtirish uskunasi.

    1. Adobe Premier Pro dasturida vedio montaj qilish


Adobe Premier Pro dasturida vedio montaj qilish uchun avval dasturni ishga tushiramiz dasturni ishga tushirayotganda New project bo’limini tanlaymiz.


Dasturni ishga tushirganimizdan so’ng o’zmizga kerakli fayllarni ishchi oynaga import qilamiz.



Import qilganimizda bizga kerakli bo’lgan audio, vedio va rasmlar tartibsiz tushadi biz New bin orqali papkalar tayyorlab ularni fayl turiga qarab joylashtiramiz.

Joylashgan faylarni Time Line oynasiga olib o’tamiz o’tqazish uchun sichqonchani bosib turgan holda kerakli kilipni Time Linega tashlaymiz.



Natijada Time line oynasida video 1 da kilip audio1 da esa ovoz paydo bo’ladi, bizga kilipni ovozi kerak bo’lmasa alt tugmasini bosib turgan holda sichqoncha bilan belgilab del ni bosamiz.
O’zimizga kerakli bo’lgan boshqa audioni audio 1 ga tashlashimiz mumkin. Kiliblar orasida keraksiz joylarini sichqoncha bilan belgilab tortamiz va kursor turgan joyga borganda qora chiziq paydo bo’ladi va bu bu degani obyekt belgilandi degani del bosak uchiriladi

Statik tetirlar yaratish uchun title bo’limidan new title tanlaymiz va kichik so’rov oynasi paydo bo’ladi va biz unga nom berib ok tugmasini bosamiz title oynasi ochiladi biz unga filim nomi qatnashchilari yozishimiz yana shirf o’lchamini rangi shirif turlari tanlashimiz mumkin.


Effektlarni boshqarish oynasini ochamiz unda ikki so’rov oynasi ochiladi biri videolar uchun ikkinchisi audiolar uchun efffkt beradi.


Yaratilganfilimni dvi avi formatida saqlaymiz chunki bu format yaratilgan filimni siqishning eng kam formatli turidir. Bunnig uchun biz file bo’limin I tanlaymiz va eksport bo’limdan filim movega kiring va filim nomini yozing masalan meng ishim deb nomlab paramertlarni to’g’irlaymiz. Generals bo’limini tanlaymiz





Fayl turini microsoft dvi avi ni tanlaymiz exsport audio qismiga belgi quyilganiga e’tibor qarating agar filim ovozsiz yoziladi

Vedio qismiga o’tamiz u yerda dvi avi formati ga e’toborimizni qaratamiz agar belgilangan bo’lsa tegmaymz aks holda to’g’lab quyamiz. Eksport bosaqmiz va saqlash belgisini bosamiz. Filim shunda kerakli joyga saqlanadi.ishimiz so’ngida qilgan ishimiz import bo’lgani ni tekshiramiz.


Savol va topshiriqlar
1. Adobe Primerie dasturi haqida umumiy tushunchalar bering
2. Adobe Premiere Pro dasturi va uning imkoniyatlari ko`rsating
3. Adobe Premiere Pro dasturini o’rnating
4. Adobe premiere dasturining uskunalar paneli haqida gapirib bering
5. Adobe Premiere Pro videolar qanday import qilinadi?
6. Adobe Premiere Pro daturida videolar qanday Export qilinadi


Raqamli multimediya axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnologiyasi O‘/A fanidan o’quvchilarning bilimini baholash mezoni



Mezonlar

Baho

1

Olgan bilimlarini ishlab chiqarishda qo’llay oladigan, ushbu fanni boshqa fanlar bilan bog’lay oladigan mustaqil ish va vazifalarni to’liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan har jixatdan boshqa o’quvchilarga o’rnak bo’ladigan

5

2

O’quv ko’rgazmali qurollardan foydalana oladigan, olgan bilimlarini xalq xo’jaligidagi o’rnini to’g’ri tushungan mustaqil fikrlay oladigan, olgan bilimlarini tushuntirib bera oladigan

4

3

Darslarga 95 % gacha qatnashgan ma’ruza matnini o’zgan o’quv qurollari to’liq bo’lgan adabiyotlardan foydalanishni bilgan

3

4

Ta’lim standartlarida belgirlangan bilim va ko’nikmalarni 55 %dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar

2

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə