To’plam muallifi haqida ma’lumot o’qituvchining ismi sharifi va familiyasi



Yüklə 3,54 Mb.
səhifə66/73
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#159831
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73
O\'quv amaliyoti I kursga

"___" ________________ 2020yil



Guruhlar






Dars o'tiladigan sana






O’QUV AMALIYOTI MASHG’ULOTINING O’QITISH TEXNOLOGIYASI
20-Mavzu nomi: Audio yozuvlar qilish, audio fragmentlar bilan ishlash va audio tahrir qilishni o‘rganish
O’quv mashgulotining o’qitish texnologiyasi modeli

Vaqt: 6 soat

Ta’lim oluvchilar soni: nafar

O’quv mashgulotining shakli va turi

Amaliy: o’quv amaliyoti

O’quv mashguloti rejasi, tuzilishi

1. Tarmoq topologiyasi tushunchalari, «halqa», «shina», «yulduz» topologiya turi
2. Kompyuter tarmoq topologiyalarini tasniflanishi
3. Ma’lumot uzatishni fizik muhitiga kirish usullari
4.kompyuter tarmoqlari klassifikatsiyasi
5.Tarmoq komponentlari (Hub, Repeater va boshqalar) tarmoqni tashkiliy tuzilishi va funksional roli



O’quv mashguloti maqsadi: Mavzu buyicha nazariy bilimlari tug’risida ma’lumot berish va ularda mavzu mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish

O’qitish natijasi:

Ushbu mavzuni o’zlashtirish natijasida o’quvchida shakllanadigan bilim, ko’nikma yoki kompetensiya

Pedagogii vazifalar:
1. Audio dasturlar bilan tanishtirish;
2 Audio dasturlar va ularning turlarini tushuntirish;
3 Audio dasturini ko’rsatish;
4. Audio dasturlar texnologiyasini uskunaviy vositalari yo’riqnoma berish;
5 Mavzuni yoritib berish;
6 Audio montaj ustida yo’l quyilgan xatolarni ko’rsatish.

O’quv faoliyat natijalari:
1. Audio dasturlar turini aytib beradi;
2 Audio dasturlar va ularning turlarini gapirib beradi;
3. Audio dasturlarni takrorlab ko’rsatadi;
4 Audio dasturlar texnologiyasini yo’riqnoma asosida bajaradi;
5. Audio dasturlar ustida mustaqil ishlarni bajaradilar;
6. 6 Audio montaj xatolari ustida ishlaydilar.

O’qitish usullari.

Tushuntirish, ko’rsatish, yo’riqnoma berish, mashq va boshqalar

O’qitish vositalari.

Yo’riqli texnologik xarita, kerakli jixoz va asboblar, ko’rgazmali qurollar, proyektor, kodoskop, stendlar, slaydlar, plakatlar va boshqalar

O’quv faoliyatini tashkil etish shakli.

Ommaviy, jamoaviy, guruxli, juftlikda, yakka
tartibda.

O’qitish sharoiti.

Kompyuter bilan jixozlangan xona.

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Nazorat, bajarilgan ishlarni tekshirish, ogzaki savol - javob, hisobot, va boshqalar.






O’QUV AMALIYOTI MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI



Ish
bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O'qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-bosqich.
O’quv
mashgulotga kirish (...daq)

Tashkiliy qisim:
Ta’lim oluvchilarning davomatini tekshiradi.

  1. Ta’lim oluvchilarning mashgulotga

tayyorgarligini nazorat qiladi.

  1. Amaliy mashg’ulot nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi.

  2. Amaliy mashgulotning badolash mezonlari bilan tanishtiradi.

  3. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilishni eslatadi.



Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radilar.
Amaliyotga xavfsizlik texnikasi, sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilgan xolda maxsus kiyimda keladi. Xavfsizlik texnikasi jurnaliga imzo quyadilar. Tinglaydilar.

2-bosqich. Asosiy (.... daq)



Kirish yo’riqnomasi (50 daq). O’quvchilar bilimini faollashtirish:

  • Tezkor-so’rov; savol-javob, aqliy hujum orqali bilimlarni faollashtiradi.

Yangi o’quv material bayoni:

  • O’quv amaliyoti mavzusi buyicha umumiy ma’lumot beradi, ish jarayonini tushuntiradi;

Joriy yo’riqnoma (135 dav;). Yangi o’quv material buyicha amaliy mashq bajarish.

  • Ta’lim oluvchilarni ish joylariga taxsimlab amaliy ish yuzasidan yuriqnomali texnologik xarita (-ilova) hamda mustaqil ish bajarish uchun hom-ashyo tarqatadi va ko’rsatmalar beradi.

  • Mustaqil ishlarni bajarilishini maqsadli aylanish vaqtida nazorat qiladi va ish jarayonida o’quvchilar tomonidan quygan xatolarni ko’rsatadi.

Yakuniy yo’riqnoma (15 daq):

  • Mashgulot tugaganidan so’ng ish joylarini talab darajasiga keltiradi. Tayyorlangan maxsulotni qabul qiladi.



Savollarga javob beradi. Tinglaydilar, chizadilar,
yozib oladilar.
Ta’lim oluvchilar o’z joylariga turadilar,


Mashgulot rahbari ko’rsatmalari
va yo’riqli texnologik xaritaga rioya qilgan xolda bajaradilar.
Amalda bajaradilar
Xatolarni to’g’irlaydilar.


Foydalanilgan jixozlarni mashg’ulot rahbariga
topshiradilar.
Ish joyini tozalaydilar.

3-bosqich. Yakuniy (.... daq;)

Yakunlash:
O’quvchilarni amaliy mashgulot buyicha baholarini elon qiladi (-ilova);

  1. Kelgusi kasbiy faoliyatlarida amaliyotda bajargan ishlarining axamiyati va muhimligiga o’quvchilar e’tiborini qaratadi,

  2. Kelgusi mashgulot mavzusi bilan

tanishtirib uyga vazifa beradi (-ilova).

Tinglaydilar.
Topshiriqni yozib oladilar.


O’quv amaliyoti mashg’ulotining texnologik xaritasining ilovalari eltiriladi.


20-Mavzu: Audio yozuvlar qilish, audio fragmentlar bilan ishlash va audio tahrir qilishni o‘rganish
Reja:
1. Ovoz yozuvchi va ularga ishlov beruvchi tahrirlagichlar(dasturlar) haqida;
2. Android va iOS operatsion tizimida ovozli va video fayillarni yaratish;
3. Windows muhitida ishlovchi video fayllarga ishlov beruvchi dasturlar va ulardan foydalanish;
Kundalik turmushda ovozli(audio) yoki video ma’lumotlardan keng foydalanamiz. Ya’ni musiqa eshitamiz, kino, kliplar va biror bir dasturni, yangiliklarni tomosha qilamiz. Bunday axborotlar aniq bir ssenariy asosida audio va video tahrirlagichlar yordamida yaratilgandir. Shu singari chet tillarini o’qitishda, o’rgatishda yoki o’qitish jarayonini samarali olib borishda ham ko’pincha bunday ma’lumotlarga murojaat qilamiz. Chunki audio va video uyg’unlashgan holda yaratilgan materiallarni qo’llash ya’ni elektron resurslardan foydalanish til o’rganish va til o’rgatishda, umuman darsni tashkil qilish sifatini oshiradi.
Interaktiv vositalar axborotni taqdim qilishning turli xil vositalarini - tekst, statik va dinamik grafiklar, video va audio yozuvlarni bir butun majmuaga birlashtirish imkoniyatini yaratadi, bu esa ta’lim oluvchini o’quv jarayonida faol ishtirokchi bo’lishiga yo’l beradi, modomiki, axborotlarni taqdim qilish ta’lim oluvchining harakatiga muvofiq javob sifatida yuz beradi.
Multimediadan foydalanish axborotni o’zlashtirishning o’ziga xos hususiyatlarini maksimal darajada hisobga olishga imkon beradi, bu pedagog tomonidan ta’lim oluvchiga komypyuter vositasida o’quv axborotlarini etkazib berishda juda ham muhimdir. Yaratilayotgan ko’pchilik elektron ta’lim resurslari axborotlarning turli-tuman tiplari bilan ishlashga yo’naltirilgan. Ular fotosur’atlar, tovushli fragmentlar va albatta, animatsiya va video bo’lishi mumkin.
Audio va video fayllarni yaratish yoki qayta ishlash ya’ni ularga ishlov berish uchun maxsus dasturlar(tahrirlagichlar) kerak bo’ladi. Hozirgi kunda bunday dasturlarning turi juda ko’p. Quyida biz ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Odatda audio fayillar - WMA Audio (.wma), WAVE Audio (.wav), MPEG-4 Audio (.m4a), Free Lossles Audio Codec (.flac), Digital Surround Audio (.dts), SUN AU Format(.au), Monkey’s Audio Format (.ape), Apple Lossles Audio (.m4a), AIFF Audio (.aiff), AC3 Audio (.ac3), AAC Audio (.aac), OGG Vorbis Audio (.ogg), MP3 Audio (.mp3), MP2 Audio(.mp2) va h.k. kengaytmadan iborat bo’lishi mumkin. Maxsus dasturlar (“video convertor” lar yoki audio tahrirlagichlar) yordamida bir kengaytmadan boshqasiga o’tkazish mumkin bo’ladi.
WAVE (.wav) - juda keng tarqalgan ovozli fayl formatlaridan biri. Windows operatsion muhitida ovozli ma’lumotlarni saqlashda qo’llaniladi.
AU (.au, .snd) - Sun firmasi ishchi stansiyalarida (.au) va NeXT operatsion tizimida (.snd) qo’llaniladigan ovozli fayllar formati.
MPEG-3 (.mp3) - Bugungi kundagi eng ommabop ovozli fayllar formati. Inson nutqidan farq qiluvchi tovushlarni saqlash uchun yaratilgan. Musiqiy yozuvlarni raqamlashtirishda qo’llaniladi.
MIDI (.mid) - Musiqa asboblarining raqamli interfeysi (Musical Instrument Digital Interface). Bu standart 1980 yillar boshida elektron musiqa asboblari va kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan.
MOD (.mod) - alohida notalar uchun shablon sifatida ishlatish mumkin bo’lgan raqamlangan ovoz namunalari saqlanuvchi musiqali format.
IFF (.iff) - Interchange File Format - dastlab Amiga kompyuter platformasi uchun yaratilgan format.
AIFF (.aiff) - Audio Interchange File Format - ovozli ma’lumotlar almashish uchun format, Silicon, Graphics va Mac kompyuter platformalarida qo’llaniladi.
RealAudio (.ra, .ram) - Internetda ovozni real vaqtda ijro etish uchun Real Networks (www.real.com) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan format.
Ovozli fayllarga maxsus dasturlar yordamida ishlov berish uchun yuqorida keltirilgan kengaytmali fayllar mavjud bo’lish kerak. Agar mavjud bo’lmasa ularni yozish kerak bo’ladi. Masalan, Windows 7 muhitida ovozlarni yozishda o’zining standart dasturidan foydalanish mumkin. Uni “Пуск” - “Все программы” - “Стандартные” - “Звукозапись” ketma - ketlikni bajarib ishga tushiriladi.
Ovozni yosish uchun “Начать запись” tugmasini yoki “Alt+S” tugmalarini bosish kerak bo’ladi. Agar shaxsiy kompyuterdan foydalansak unda ovoz yozish uchun mikrofon qurilmasidan foydalanishiz kerak bo’ladi. Agarda foydalanayotgan kompyuterimiz Noutbook bo’lsa, u holda uning mikrofoni o’zida joylashgandir. Yuqoridagi vazifalarni bajarib yetarli ma’lumot yozib bo’lingandan so’ng rasmdagi oynadan “Остановить запись” tugmasini yoki “Alt+S” tugmalarini bosiladi.
Shundan so’ng 4-rasmdagi oyna ochiladi va yozilgan audio yozuv “ WMA” kengaytmasi orqadi ko’rsatilgan manzil va nom bilan saqlanadi.
Ovozli fayilga ega bo’ldik endi unga ishlov berish kerak, yani ayrim qismlarini olib tashlash, tovush balandliklarini o’zgartirish, sifatini oshirish, boshqa ovozlar qo’shish mumkin bo’ladi
Audio fayllarga ishlov beradigan dasturlardan biri Sound Forge - ovoz tahrirlagichidir. Bu dasturdning imkoniyatlari juda keng bo’lib yaratilgan ovozli fayillarni yuqoridagi kengaytmalarning biriga keltirish mumkin bo’ladi. Hozirgi kunga kelib bu dastur ovozlar bilan ishlovchi ularni yaratuvchi dasturlar orasida yetakchi hisoblanadi.O’zining tarkibida ovozlarni qayta ishlash uchun hamma imkoniyatlarini mujassamlashtirgan. Quyida shu dastur bilan qisqacha tanishib chiqamiz:

Videofayllar. Analogli va raqamli video
Hozirgi kunda video ma’lumotlarning ikki tipi mavjud: analogli va raqamli. Analogli video videosignallarni uzatishning dastlabki usuli bo’lib, analogli usuldagi birinchi video formatlardan biri kompozit videosignal hisoblanadi. Kompozit analogli video barcha videokomponentlarni (yorqinlik, rang, sinxronlik va hk) bir signalga birlashtiradi. Bu elementlarni bir signalga birlashtirish hisobiga kompozit video sifati mukammal bo’la olmaydi. Natijada biz aniq bo’lmagan ranglar uzatilishiga, tasvirning yetarli bo’lmagan aniqligiga va boshqa sifat yo’qotish faktorlariga ega bo’lamiz. Shu sababli kompozit video turli video komponentlari mustaqil signallar sifatida namoyon bo’luvchi komponentli videoga tezda yo’l bo’shatib berdi. Gap shundaki, inson ko’zi yuqori yori tilganlikda ham aktiv va tayanch ranglar (R, G, B) ni qabul qiluvchi yorug’lik sezuvchan elementlardan tashqari deyarli to’liq qorong’ulikda ham aktiv va yoritilgan obyektnigina qayd qiluvchi elementlarga ega. Buning natijasida ranglar xususiyatidan ko’ra obyekt yorqinlgi qabul qilish uchun muhimroq hisoblanadi. Bundan tashqari uzatilayotgan axborot hajmi ham qiymatga ega: hajm qancha kichik bo’lsa, uzatuvchi tizim ham shuncha arzon va sodda bo’ladi.
Analogli video haqida qisqacha ma’lumot
Analogli video - Televidenieda qo’llaniladigan video tipi. Ekrandagi tasvir lyuminofor material bilan qoplangan, ma’lum to’lqin uzunligida, ya’ni aniq bir rangda nur tarqatuvchi ekran bo’ylab elektron nurlarning harakati davomida hosil qilinadi. Bu jarayon skanerlash deb ataladi va qatorlar (gorizontaliga) hamda kadrlar (vertikaliga) bo’yicha o’tkaziladi. Harakatli video hosil bo’lishi uchun sekundiga bir nechta kadrni skanerlash zarur. Televizorlarda kadrlar sekundiga bir necha o’nlab chastotada almashadi.
Television standartlar
Hozirgi kunda uchta asosiy rangli televidinie standarti mavjud:
NTSC (National Television Standard Committee - milliy television standartlar komiteti) amerika standarti, kadrdagi satrlar soni 525, chastotota 60 GGs

  • PAL (Phase Alternation Line - o’zgaruvchan fazali satrlar) nemis standarti, kadrdagi satrlar soni 625. chastota 50 GGs;

  • SECAM (Sequentiel couleur avec memoire - xotirali ranglar ketma-ketligi) fransuz standarti, kadrdagi satrlar soni 525, chastota 50 GGs.

Standartlar qo’llanilayotgan modulyatsiya va chastota qiymatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Raqamli video haqida qisqacha ma’lumot
Raqamli video - ma’lumot raqamli ko’rinishda saqlanuvchi tasvir yoki tasvirlar to’plami. Unda raqamli signallar va xalqaro television va analogli videoda qo’llaniladigan tasvirni ekranga chiqarish standartlardan farq qiluvchi standartlar qo’llaniladi. Raqamli video analogli videoga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega: bu texnologiya tasvir namoyishidagi to’siq va buzilishlarni minimallashtirib, tasvirlardan nusxa olishdagi sifatni saqlaydi, sifatli ovoz yozadi, tasvirdagi piksellar miqdori ikki marta ko’proq bo’ladi, videoyozuvlarni tezkor va oson tahrirlash imkoniyatiga ega va hk.
Zamonaviy texnikalarda qabul qilingan videoni raqamlashtirishni 10 bitli raqamlash, 13.5 MGs chastotali yorqin signallar diskretizatsiyasi, 6.75 MGs chastotali ikkita xilma-xil rangli kanallar diskretizatsiyasi tashkil qiladi. Oxirgi vaqtlarda television va kompyuter videolarini birlashtirish tendensiyalari kuzatilmoqda. Analogli
Digital Video (.DV) - Raqamli videokamera va videomagnitofonlar uchun yaratilgan format. Aslida bu format emas balki DV firmasi tomonidan ishlab chiqilgan siqish diapazoni, kodlash standarti kabi xususiyatlarni aniqlovchi spessifikatsiya. Signal tarkibiy qismli, MJPEG siqish metodi 5:1 koeffitsiyentli.
Videoma’lumotlarni siqish
Videoma’lumotlarni siqishning asosiy ko’rinishlari:

  • oddiy, real vaqt rejimida;

  • simmetrik va asimmetrik;

  • sifat yo’qotish yoki yo’qotmaslik holatida;

Videopotokni siqish yoki kadrlar bo’yicha siqish.

  1. Oddiy siqish (real vaqt rejimida).

Ko’pchilik tizimlar videoni raqamlashtirish bilan bir qatorda ularni siqadi ham. Bu operatsiyani sifatli bajarish uchun maxsus quvvatli prossessor talab qilinadi, shu sababli ko’pchilik kompyuterlardagi video kiritish/chiqarish platalari to’liq metrajli videolarni tahrirlash imkoniyatiga ega emas va ko’pincha kadrlarni o’tkazib yuboradi. O’tkazib yuborilgan kadrlar videotasvirlar silliqligini buzadi. Bundan tashqari kadrlar o’tkazib yuborilishi ovoz va tasvir sinxronligini buzilishiga olib keladi. Shu sababli raqamlashtirishda qo’llanuvchi videoplata sekundiga 24 kadrdan kam bo’lmagan tezlikni ta’minlashi va kadr o’tkazib yubormasligi zarur. Bu tasvir buzilishiga yo’l qo’ymaydi.

  1. Simmetrik va asimmetrik siqish.

Farq videoni siqish va dekompressiya uslubi bilan bog’liq. Simmetrik siqish 640x480 razresheniya bilan sekundiga 30 kadr tezlikda videofragmentni namoyish etishni taqozo etadi, agar uni raqamlashtirish va yozish xuddi shu parametrlar bilan bajarilgan bo ’lsa. Asimmetrik siqish - bu yetarlicha kattaroq vaqtda sekundiga videoni qayta ishlash jarayoni. Asimmetriklik darajasi odatda nisbat ko’rinishida beriladi. 150:1 nisbat siqilgan videoning bir minuti real vaqtdagi taxminan 150 minutga to’g’ri kelishini bildiradi. Asimmetrik siqish sifatli videoga va uning namoyishi tezligidagi optimallikka erishish uchun juda qulay va samarali uslub hisoblanadi. Lekin bu uslubda to’liq metrajli rolikni kodlash juda ko’p vaqt olishi mumkin, shu sababli ham bu kabi jarayonlar ixtisoslashtirilgan kompaniyalar tomonidan bajariladi.

  1. Sifat yo’qotiladigan yoki yo’qotilmaydigan siqish.

Sifat yo’qotmasdan siqish usullari ko’p emas: ko’p uchraydigan baytlar kombinatsiyasi kichikroq bitlilariga yoki aniq qiymatlar ketma-ketligi kodlarga almashtiriladi. Siqish darajasi fayl tipi va uzunligiga juda bog’liq bo’ladi. Ixtiyoriy holatda ma’lumotlarga dekompressiya (manba ma’lumotlarini tiklash) uchun ma’lumotlar qo’shiladi. Shu sababli agar fayldagi ma’lumotlar tanlangan algoritmda yomon siqilsa, fayl hajmi hatto oshishi mumkin. Hatto muvaffaqiyatli holda ham sifat yo’qotishsiz kompressiyaning darajasi uncha yuqori bo’lmaydi. Ikki marta siqishning o’zi muvaffaqiyat.
Shu sababli odatda video uchun sifat yo’qotish holati qo’llaniladi, go’yoki ko’zga sezilmas ma’lumotlar tashlab yuboriladi. Siqish koeffitsiyenti qancha yuqori bo’lsa, video sifati shuncha zarar ko’radi. Barcha siqish uslublari ba’zi sifat yo’qtishlarga olib keladi. Hatto ular ko’zga sezilarli darajada bo’lmasada, manba va siqilgan material orasida doim farq bo’ladi. Raqamli video bilan ishlashda professionallar siqish koeffitsiyentiga alohida e’tibor qaratishadi. Uni asimmetrik siqish koeffitsiyenti bilan chalkashtirmaslik kerak.

  • Windows muhitida:


Video fayllarga ishlov berish uchun maxsus dasturlar kerak bo’ladi. Windows operatsion tizimida o’zining standart Windows Movie Maker dasturidan foydalanish mumkin. Uni ishga tushirish 5 - rasmdagi ketma - ketlik (“Пуск” - “Все программы” - “Windows Movie Maker”) orqali bajariladi:
Video konverterlar.
Video konverterlarning asosiy vazifasi bu video yoki audio fayllarning kengaytmalarini o’zgartirishdan iboratdir. Uning uchun konvertorlarning birortasinin kompyuterga o’rnatish kerak bo’ladi. Shunday konvertorlardan biri Any Video Converterdir

Shu kabi boshqa konverterlarda ham ketma - ketlikni bajarib video faylning kengaytmasini o’zgartirish mumkin bo’ladi.


Endi Windows Movie Maker video tahrirlagich dasturidan qanday foydalanish haqida qisqacha tanishamiz.
Dasturda asosan barcha sozlanmalar “kadrlarni joylashtirish qatori” da bajariladi. Unda kadrlarni birlashtirish, filtrlar qo’yish, kadlar orasisiga effektlar, perexodlar joylashtirish mumkin bo’ladi.


Tavvor bo’lgan video materialni ushbu ovna orqali ko’rsatilgan manzilda kerakli nom bilan saqlash mumkin. Windows Movie Maker dasturi vordamida video favllar yaratish mumkinligini ko’rib chiqdik, ma’lum bo’ldiki uning imkonivatlari qisman chegaralangan ekan. Shunday video favllarni yaratishga to’g’ri keladiki, uning uchun professional video tahrirlagichlar kerak bo’ladi. Ma’ruzamizning yuqori qismida bunday tahrirlagichlardan bir nechtasini keltirib ular orasidagi farqlanish tafovutlarini ham sanab o’tdik. Shundav tahrirlagichlardan biri Corel Video Studio Pro video tahrirlagichi bilan qisqacha tanishib chiqamiz.


Corel VideoStudio Pro video tahrirlagichi Corel VideoStudio Pro tahrirlagich video fayllarga ishlov berishga, yani video olish qurilmasidan zaxvat qilish, videolarni tahrirlash imkonini beradi. Dastur 100 dan ortiq effekt va filtrlardan, yozuvlarga animatsiyalar va sodda musiqalar bilan taqdim qilingan.

  1. Yaratilayotgan video materialni oldindan ko’rish maydoni;

  2. Sekin harakatlanuvchi navigator;

  3. Qirqish marker;

  4. Butun proyektni yoki belgilangan qismini ko’rish;

  5. Hosil bo’lgan proyektni ko’rishga ruxsat etish yoki to’xtatish;

  6. Proyektni boshiga o’tish;

7. Bitta oldingi kadrga o’tish;
8. Bitta keying kadrga o’tish;
9. Proyektni oxiriga o’tish;
10. Proyektni takroran ko’rish;
11. Ovoz sozlagichi;
12. Vaqtni belgilash;
13. Kattalashtirish;
14. Qirqish;
15. Bashlang’ich /tugash marker.
16. Kutubxona paneli.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə