To’rt oyoqlilar katta sinfi ularning biologik morfologik hususiyatlari tuzilishi



Yüklə 162 Kb.
səhifə6/6
tarix27.09.2023
ölçüsü162 Kb.
#124312
1   2   3   4   5   6
TO’RT OYOQLILAR

Suvda va quruqliqda yashovchilar (Amphibia) — suvdan quruqlikda yashashga oʻtgan dastlabki umurtqali hayvonlar sinfi. Quruqlikda yashashga oʻtish bilan Suvda va quruqlikda yashovchilarning tuzilishi balikdarga nisbatan takomillashgan, xususan, skeletning tayanch vazifasini bajarishga oʻshii bilan uzun naysimon suyaklar paydoboʻlishi oyoqlarning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Quruqpikda yashash atmosfera havosi bilan nafas olishga imkon beruvchi organ — oʻpkaning rivojlanishiga, qon aylanishi, nerv sistemasi va sezgi organlarining takomillashuviga olib kelgan. Shuning bilan birga Suvda va quruqlikda yashovchilar skeletida togʻayning koʻp boʻlishi, nafas olish, qon aylanishi, ayirish, nerv sistemasi va boshqa organlarning sodda tuzilganligi, lichinkasining yon chiziqlari, dumi, yuragining 2 kameradan, qon aylanish sistemasining bir doiradan iboratligi ularni quruqlikda yashovchi eng sodda tuzilgan umurtqali hayvonlar ekanligini koʻrsatadi. Koʻpchilik Suvda va quruqlikda yashovchilarning hayoti voyaga yetgan davrida ham suv bilan bevosita bogʻliq.
Suvda va quruqlikda yashovchilar yuqori devon davrida qadimgi panja qanotli baliqlardan kelib chiqqan; ular baliqlar bilan haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar (amniotlar) oʻrtasida oraliq oʻrinni egallaydi. Stegotsefallar deb atalgan qadimgi Suvda va quruqlikda yashovchilar bosh qutisi skeleti 1 m gacha boʻlgan. Ular karbonning oʻrtalarigacha quruklikda yashovchi yagona umurtqalilar boʻlgan. Karbon davri oxiridan boshlab quruqlikda sudralib yuruvchilar hukmronlik qila boshlagan. Hozirgi sudralib yuruvchilar yura davridan maʼlum.
Hozir Suvda va quruqlikda yashovchilar tanasi uzunligi 2—3 sm dan 1,8 m gacha. Terisi yumshoq va yupqa boʻlib, shilimshiq bezlar ishlab chiqaradigan suyuqlik bilan doimo hoʻllanib turadi. Teri gaz va suv almashinuvi vazifasini ham bajaradi. Terining bu xususiyati ularning quruklik muhitiga toʻliq moslanishiga imkon bermagan. Bir qancha turlari terisida zaharli suyuklik ishlab chiqaradigan bezlar ham boʻladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar hrz. quruqlikda yashovchi umurtqalilar orasida eng sodda tuzilgan boʻlib, skeletida togʻaylar koʻp. Oldingi oyokdari, odatda 4 barmokli, keyingisi — 5 barmokli. Dumli Suvda va quruqlikda yashovchilardan sirenlarning keyingi oyoqlari, oyoqsizlarning ikkala juft oyoqlari, koʻkrak qafasi boʻlmaydi; ogʻiz boʻshligʻi tubidagi muskullarning qisqarishi tufayli havo oʻpkaga oʻtadi. Ayrim salamandralarda oʻpka boʻlmaydi. Miyacha kuchsiz rivojlangan. Dumsiz Suvda va quruqlikda yashovchilarda oʻrta quloq va nogʻora pardasi rivojlangan. Yuragi 3 kamerali, oʻpkasiz Suvda va quruqlikda yashovchilar yuragi 2 kamerali. Chal yurak boʻlmasiga arteriya qoni, oʻng yurak boʻlmasiga vena qoni va teridan arteriya qoni keladi. Arteriya va vena qoni yurak qorinchasida aralashib ketadi. Gavdadagi boshdan boshka barcha organlar aralash qon bilan taʼminlanadi. Buyragi koʻpchilik baliklarnikiga oʻxshash tana buyrak (mezonefros); buyrak va jinsiy bezlar yoʻli kloakaga ochiladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar — gavda harorati oʻzgarib turadigan (poykiloterm) hayvonlar. Hozirgi Suvda va quruqlikda yashovchilar 3 turkum 25—30 oilaga mansub 400 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston hududida dumsizlar turkumiga mansub 2 turi (baqa va qurbaqa) tarqalgan; dumlilar turkumidan tritonlar akvariumlarda boqiladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar, asosan, suvda koʻpayadi. Koʻpchilik dumsizlar va ayrim dumlilar uchun tashqi urugʻlanish, koʻpchilik dumlilar va barcha oyoqsizlar uchun ichki urugʻlanish xos. Odatda, tuxum qoʻyadi; ayrim turlari tirik tugʻadi yoki tuxumdan tirik tugʻadi. Lichinkasi voyaga yetgan davridan keskin farq qiladi (ayniqsa, dumsizlar itbaligʻi); metamorfoz orqali rivojanadi. Ayrim kurukdikka tuxum koʻyuvchi dumsizlar metamorfoz rivojlanadi. Dumlilarning ayrim turlari (aksolotlalp tritoni va boshqalar) uchun neoteniya (voyaga yetmasdan koʻpayish) xos. Voyaga yetgan Suvda va quruqlikda yashovchilar har xil umurtqasizlar, asosan, hasharotlar, itbaliqlar, mikroskopik xdyvonlaar va oʻsimliklar bilan ozikdanadi. Suvda va quruqlikda yashovchilar zararkunanda ekosistemalarning asosiy komponenta boʻlib, koʻpchilik umurtqasizlar soninicheklab turishdagʻamdaboshkaxayvonlarga oziq sifatida katta ahamiyatga ega. Dumsizlarning ayrim turlari (mas, baqalar) bir qancha mamlakatlarda isteʼmol qilinadi. Ayrim Suvda va quruqlikda yashovchilar lab. hayvonlari sifatida ahamiyatga ega. Suv havzalarining ifloslanishi tufayli ayrim turlari soni kamayib bormoqda. 41 turi va kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

XULOSA


Xulosa o’rnida shuni aytishim joizki insonlar va hayvonlar bir biriga chambarchars bog’liqdir.Hayvonlar orasida biz uchun foydali va zararlilarini uchratishimiz mumkin .Lekin zararlilarini umuman keraksiz deya olmaymiz .Nega deysizmi ,chunki biz zararli deb oylaydigon hayvonlardan ham hozirgi kunda tibbiyotda inson salomatligi uchun zarur bo’lgan dori darmon vositalarini tayyorlashda,kosmetika buyumlarida oziq ovqat sanoatida keng miqdorda foydalanib kelinmoqda .Borgan sari ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmaydigon darajaga kelmoqdamiz
Hayvonlarni bazi bir qo’shtirnoq ichidagi brakanerlar va ayrim insonlar o’z manfaati yo’lida ayovsiz ishlatishi o’ldirishi hisobiga ularning turlari kundan kunga kamayib bormoqda. Tasavvur qiling hayotimizda hayvonlar yo’q bo’lsa biz qanday hayot kechiramiz .Atrofimiz chiqindi mahsulotlari bilan to’ladi, toza atmosfera havosi buzuladi,iqlim o’zgaradi ,yashash uchun toza joy qolmaydi ,o’simliklar rivojlanishdan to’xtaydi .Bir so’z bilan aytganda hech narsa o’z o’zidan yaratilmagan shunday ekan atrofimizdagi olamni asraylik undagi o’simlik va hayvonlarni ham. Hayvonlarni ham joni bor faqat ular ayta olaydi lekin his qiladi .

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.



  1.  Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) 

  2. ZiyoNET

  3. UFORUM

  4. WWW.UZ

  5. ID.UZ





  6. Umurtqasizlar - Vikipediya


  7. https://uz.wikipedia.org › wiki



9 Umurtqasiz hayvonlar: xususiyatlari va tasnifi - Renovables ...


10 https://www.renovablesverdes.com › ...


Yüklə 162 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə