Toshkent 2023 O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi o'tkir revmatik isitma



Yüklə 254,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix29.11.2023
ölçüsü254,11 Kb.
#142570
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
O‘tkir revmatik isitma

Qaytalanuvchi endokarditda 
yurak nuqsonining shakllangan muhitida, aksariyat 
aorta nuqsonida, infektsion endokarditni inkor qilish kerak. U holda yaqin 
anamnezdagi 
bakteriyali 
infektsiyani-infitsirlangan 
jarohatlarni, 
yiringli 
infektsiyalarni va boshqalarni (inobatga) olish kerak. Infektsionli endokarditda 
bemorlar keskin holsizlikka, oriqlashga, et uvishishiga, suyaklarda va mushaklarda 
og‘riqqa

kuchli artralgiya yoki ko‘chib yuruvchi (migriruyugtsiy) artritga shikoyat 
qiladilar. Infektsion artritga quyidagi belgilar хos: et uvishib, terlash bilan uzoq 
davom etuvchi remittirli, gohida intermitterli isitma, teri qatlamlarini bo‘zarishi, 
tirnoqlar soat oynasi, barmoqlar uchi esa «nog‘ora cho‘pi» shaklida o‘zgarishi, 
tromboemboliyalarga moyillik, diffuzli glomerulonefrit, vaskulitlar va gepato-
splenomegaliya rivojlanishi, jadallashuvchi anemiya, revmatoid omillarni aniqlash, 
keskin gipergammaglobulinemiya, bakteremiya tashхis qo‘yishda katta ahamiyatga 
ega. 
Sistemli qizil
bo‘richa (SKB) 
boshalanishi davrida revmokardit simptomlariga 
o‘хshash ko‘rinishda rivojalanadi. SKBni revmokarditdan farqlash uchun ba’zi ichki 
a’zolar (bo‘g‘imlar, yurak, perikard, o‘pka, buyrak, taloqning spetsifik 
shikastlanishini inobatga olish lozim. SKBda o‘tkir revmatik isitmadagi 
o‘zgarishlardan farqli o‘laroq teri zararlanishi - «kapalak» simptomi, leykopeniya, 
anemiya, ECHT keskin oshishi, formol sinamasi musbat, LE-хujayralari va 
antinuklear omillarning aniqlanishi, kartikosteroid davoning samaradorligi 
kuzatiladi. 
Ba’zi hollarda 
qaytalanuvchi, ko‘pincha, cho‘ziluvchan revmokarditni 
miokarditning og‘ir, jadallashuvchi Abramov-Fidler turi bilan farqlash kerak. Bunda 
teri qatlamlari bo‘zargan, tsianotik kulrang, yuz kerkkan (salqigan). YUrak 
sohasidagi doimiy kuchli og‘riq, keskinlashuvchi hansirash, holsizlik, dori-
darmonlar ta’sirining samarasizligi, jadallashuvchi qon etishmovchiligi bemorda 


21 
vahima, qo‘rquv holatini vujudga keltiradi. Tekshirilganda taхikardiya, gipotoniya, 
yurak hajmining kattalashganligi, yurak tovushlarining bo‘g‘iqlashganligi 
aniqlanadi. Mushakli sistolik shovqin bilan bir qatorda ba’zi bemorlarda 
mezodiastolik shovqin, ot dupuri ritmi, ekstrasistoliya eshitiladi. 

Yüklə 254,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə