Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti Tarix yo’nalishi 1-kurs 106-guruh talabasi


VI-VIII asrlarda Chochda zarb etilgan tangalar



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə3/3
tarix10.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100597
1   2   3
Saydullayeva Iroda

VI-VIII asrlarda Chochda zarb etilgan tangalar
G‘.Boboyorovning “G‘arbiy turk xoqonligining davlat tuzumi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi va izlanishlarida tangalar ikonografiyasiga tayangan holda davlatning siyosiy-iqtisodiy va madaniy tarixiga oid fanga yangiliklarni olib kirdi. Xususan, numizmatik materiallar G‘arbiy Turk xoqonligi tomonidan Choch vohasida bostirilgan tangalarda boshqaruvchilar quyidagi unvonlar ierarxiyasiga amal qilingan holda tanga zarb qildirishgan:
- G‘arbiy xoqonlik Yabg‘ulik statusida ekan, faqat jabg‘u/yabg‘u (Yabgulik - VI asr 60 yillari oxirgi choragi);
­ Yabg‘u­xoqonlik pallasida jabg‘u/yabg‘u ­ xoqon (Yabgu xoqonlik -VI asr oxiri – VII asr 30 yy.)
- Sharqiy Turk xoqonligi davlat sifatida barham topgach‚ G‘arbiy G‘arbiy Turk xoqonligi mustaqil davlat ­ xoqonlikka aylangachi xoqon (xoqonlik – 630 - 740 yy.).
G‘arbiy xoqonlikni 657 yildan to 740 yilgacha boshqargan 10 ga yaqin xoqon Xitoyga tobe o‘laroq hukm suradi. Olimning fikrcha, G‘arbiy Turk xoqonligining qarorgohlaridan biri Choch vohasida joylashgan, xoqonlikning ilk tanga-pullari, asosan, aynan ushbu vohada, qisman esa Farg‘ona vodiysida zarb qildirilgan.
G‘.Boboyorov tomonidan Choch tangalari seriyalari tizimga solinib ilmiy tadqiq etilgan1 xususan, Turk xoqonligi davrida Choch oazisidan topilgan tangalarning izohlari tarjimalari, hukmdorlar portreti, tamg‘asi va boshqa belgilari keltirildi.
Ilk o‘rta asrlarda Choch (Janubiy Qozog‘iston hududlari va Toshkent oazisi) hududidan, jumladan Qanxa, Banokat, Quloqtepa, Oqtepa, Qavardan, Kindiktepadan topilgan yangi topilma tangalar ni G‘.Boboyorovdan tashqari E.V.Rtveladze, A.A.Musakayeva, L.S.Baratova o‘rganganlar. Bu tangalarning ikonografik xususiyatlaridan turkiy hukmdorlar zarb qilgani uchun ularni turkiy tangalar deyish to‘g‘ri bo‘ladi.
G‘.Boboyorovning fikricha, Choch (Toshkent)da zarb qilingan tangalarning ikonografik xususiyati shundaki, ularning aksariyatining aversida hukmdorning rasmi va reversida Tuk hoqonligining tamg‘asi tasvirlangan, hamda ushbu hukmdorlar tangalardagi yozuvlarda o‘zlarini Turon hukmdori deb ham ataganlar.

VI-asr oxiri - VII-asr boshlarida Chochda zarb qilingan tanga. Aversida otliq hukmdor yelkasiga o‘q-yoy osgan holatda tasvirlangan. Reversida so‘g‘diy yozuvda G‘arbiy Turk xoqonligiga xos tamg‘a va uning atrofida so‘g‘diy yozuvda cpγw x’γ’n pny - “Jabg‘u-xoqonning tangasi” jumlasi mavjud. “Jabg‘u-xoqon” G‘arbiy Turk xoqonligi hukmdorlarining bosh unvoni bo‘lgan. Tanganing hajmi 1,8 sm, og‘irligi 2,5 gr. Qanqa xarobasidan topilgan mis tanga.

VII-VIII asrlarda Chochda zarb qilingan mis tanga. Aversida to‘g‘riga yuzlangan hukmdor va malika-xotun tasviri aks etgan. Reversida G‘arbiy Turk xoqonligiga xos tamg‘a va uning atrofida so‘g‘diy yozuvda βγy twwn x’γ’n - “Ilohiy Tuun-xoqon” jumlalari o‘rin olgan. Tanga G‘arbiy Turk xoqonligi 630-yillarda mustaqil davlatga aylangach zarb qilina boshlangan. Tanganing hajmi 2,0 sm, og‘irligi 2,0 gr. Qanqa xarobasidan topilgan.

VII-VIII asrlarda Chochda zarb qilingan mis tanga. Aversida chap tomonga yuzlangan ikki o‘rkachli tuya tasviri aks etgan. Reversida rombsimon tamg‘a va uning atrofida sug‘diy yozuvda prn βγy x’γ’n - “Ilohiy qut (sohibi) xoqon” jumlalari aks etgan. Tanga G‘arbiy Turk xoqonligi 630-yillarda mustaqil davlatga aylangach zarb qilina boshlangan. Tanganing hajmi 1,5 sm, og‘irligi 1,0 gr. Qanqa xarobasidan topilgan.

VII-VIII asrlarda Chochda zarb qilingan Xitoy tangalariga taqlidan ishlangan, o‘rtasi kvadrat teshikli mis tanga. Tanganing aversidan βγy x’γ’n - “Ilohiy xoqon” jumlalari o‘rin olgan. Tanga G‘arbiy Turk xoqonligi 650-yillar oxirida Tan saltanatsiga qaram bo‘lgan muddatda zarb qilingan. Tanganing hajmi 2,0 sm, og‘irligi 1,5 gr. Qanqa xarobasidan topilgan.

VI asr oxirgi choragi – VII asr boshlarida Chochda zarb qilingan mis tanga. Aversida langarsimon tamg‘a va uning ustida sug‘diy yozuvda trδw – “Tardu” ismi, tanganing reversida esa x’γ’n - “xoqon” deb yozilgan. Tanga G‘arbiy Turk xoqonligining asoschilaridan biri Tardu xoqon (576-603) tomonidan zarb qilingan. Tanganing hajmi 1,4 sm, og‘irligi 1,5 gr. Qanqa xarobasidan topilgan.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, Tarixning mazmun va mohiyatini o‘rganishda tadqiqotchi asosiy manbalar bilan birga qator maxsus, va yordamchi tarix fanlarini, jumladan, xronologiya, numizmatika, metrologiya, paleografiya, toponimika, tarixiy geografiya, sfragistika, geneologiya kabi fanlarini chuqur bilishi zarur. Ushbu sohalar alohida o‘z ilmiy yo‘nalishiga ega bo‘lib, bir-biri bilan uzviy bog‘langan va manbashunoslikni tashkil etadi va tarixni chuqur o‘rganishga qaratilgan. Mazkur fanlarni an’anaviy tarzda “Yordamchi tarix fanlari” deb ataymiz. Yordamchi tarix fanlariga nisbatan “Maxsus tarixiy fanlar” iborasi ham qo‘llaniladi. Demak, Yordamchi tarix fanlari o‘zaro bog‘liq holda bir-birini to‘ldirsa-da, ularning har bir sohasining o‘z predmeti, maqsad va vazifalari, yo‘nalishi, tadqiqot metodlari mavjud. Bugungi kunda yuqorida qayd qilingan fanlar alohida mustaqil rivojlanmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Boboyorov G‘. G‘arbiy Turk xoqonligi ilk tangalari // Moziydan sado. 1 - son. (33) 2007. - B. 24-25.

  2. Boboyorov G‘. G‘arbiy turk xoqonligining davlat tuzumi Tarix fan. dokt. … diss. avtoref. – Toshkent, O‘zFA ShI, 2012. − 56 b.

  3. Boboyorov G‘. Ilk o‘rta asrlar tangalarida O‘zbekiston hududidagi davlatchilikka doir ma’lumotlar // O‘zbekiston tarixi manbashunosligi masalalari. – Toshkent, 2010. – B. 18­40

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə