Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti Tarix yo’nalishi 1-kurs 106-guruh talabasi


Choch vohasidagi tangalarda turkiy unvonlarning uchrashi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/3
tarix10.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100597
1   2   3
Saydullayeva Iroda

Choch vohasidagi tangalarda turkiy unvonlarning uchrashi.
Mazkur tangalarning ikonografik jihati ham chochliklarning xoqonlik bilan aloqador ekanligini ko‘rsatadi. Ilk o‘rta asrlarda Choch, Farg‘ona, Usturshona, So‘g‘d, Buxoro, Xorazm G‘arbiy Turk hoqonligi tarkibida bo‘lsalarda, ularning yabg‘ulari mustaqil siyosat yuritishgan. Har bir viloyatning o‘z davlat boshqaruv sulolalari, boshqaruv markazi (poytaxti), qonuni, harbiy kuchlari, aniq chegaralari va pul birligi mavjud bo‘lgan. Turk hoqonlari bu viloyatlarning ichki ishlariga aralashmaganlar. Ushbu viloyatlar hoqonlik markaziga asosan iqtisodiy qaram bo‘lgan ya’ni, soliq to‘laganlar xolos.
Sharqiy Turk hoqonligiga oid tangalar Qanqa, Banokat (Toshkent) hududlaridan topilgan bo‘lib, bu o‘lkalarning savdo - hunarmandchilik markazi bo‘lganidan dalolatdir. Turk-so‘g‘d tangalari nomi ostida bronza tangalar zarb etilgan bo‘lib, ushbu seriyada tanganing aversida erkak va ayol juft holda tasvirlangan. Bu haqda rus arxeologi M.E.Masson bildirgan fikr yetakchi bo‘lib qolmoqda . Chunki, ularda turk yozuvi bilan birga runiy (mahalliy) yozuvlari bilan so‘zlar bitilgan. Bu so‘zlarni o‘qishga urinish bor, ammo hozirgacha to‘liq o‘qib chiqilmagan1.
Qadimgi Choch tangalarini o‘rganishda V.A.Livshitsning xizmati katta. U So‘g‘d rivoyatidagi XWB unvonini hamda c’cn’k (chachanak) ifodasini aniqlashga muyassar bo‘ldi. Bu hol ularning zarb qilingan joyini uzil-kesil belgilash imkonini berdi.
V asrning o‘rtalarida Sosoniy dirhamlari Markaziy Osiyoda keng muomalada bo‘lgan.
Shosh arab xalifaligi tasarrufiga kirgach, bu yerda dastlab Ummaviylar, so‘ng Abbosiylar tomonidan kumush dirhamlar 796-797 yillarda Shoshda zarb qilinishi yo‘lga qo‘yilgan. Chochda “buxorxudod” kumush tangalarini zarb qilish VII asrning ikkinchi yarmidan yo‘lga qo‘yilgan va IX asrning birinchi choragigacha davom etgan1.
Chochni VII-VIII asrlarda mahalliy sulola va turkiy tudunlar sulolalar boshqarganlar. Choch hukmdorlari tangalarini 3 guruhga ajratish mumkin:
- vohaning bosh hukmdor sulolasi bo‘lmish Choch teginlar tangalari;
- ikkinchi darajali sulola mavqeidagi Choch tudunlari tangalari;
- mahalliy sulola tangalaridir.
E.V. Rtveladze ilk o‘rta asrlarga oid Choch tangalarida 6 xil tamg‘a uchrashi, bu esa vohada shuncha kichik hokimliklar mavjud bo‘lganidan darak berishini yozadi. Choch tangalaridagi Kabarna, Banokat, Tunkat, Farnkat kabi joy nomlari bo‘lib, ularni markazlar sifatida talqin qilish mumkin.
Choch vohasi tangalarida quyidagicha turkiy unvonlar uchrab, ular yozma manbalar asosida o‘z tasdig‘ini topgan:
Tegin. Bu unvon bilan 3 tipda tangalar bosilgan. Xitoy yilnomalarida 605 yili G‘arbiy Turk hoqoni Shi (Choch)ga tegin Tyanchji ismli vakil jo‘natganligi, 609 yilda u Choch hukmdori sifatida Xitoyga elchi yuborgani qayd etiladi. Shuningdek, ularda 740 yillar mobaynida bir necha bor Xitoyga o‘z elchilarini yuborgan Choch hukmdori tegin unvon bilan zikr qilinadi.
Tudun. Bu unvon bilan 3 tipda tangalar zarb qilingan. Xitoy yilnomalarida 640-750 yillarda Shi (Choch)ni boshqargan 4 nafar tudun haqida ma’lumot uchrasa, so‘g‘diy A-14 raqamli hujjatda“tbwn”, Tabariyning “Tarix ar-rusul va-l-muluk’” asarida “Shosh maligi tudun” iboralari uchraydi. Abu Rayhon Beruniy ham qadimgi Shosh hukmdorlarining unvoni tudun bo‘lganligini yozgan.
Eltabar. Bu unvon bilan 2 tip tanga zarb qilingan. G‘arbiy Turk hoqoni Tunyabg‘u hoqon (618-630) hukmdorligi dastlabki yillarida qarorgohini Chochning shimoliga ko‘chirgan va g‘arbiy o‘lkalardagi mahalliy hukmdorlarga Yelbatan unvonini berib, ular ustidan nazorat qilish uchun bittadan tudun jo‘natgani haqidagi ma’lumot Xitoy yilnomalarida qayd etiladi. Demak, bu ma’lumot ushbu vohaga talluqli bo‘lib, Choch hukmdorlari ma’lum muddat ushbu unvonga ega bo‘lishgan. Ba’zi tadqiqotchilar Tan shu yilnomasida uchraydigan ayrim ma’lumotlar asosida 714 yilda Xitoyga qarashli Bey-tin (Beshbaliq) shahrini egallash uchun Bek-cho‘r xoqon (691-716) tomonidan yuborilgan shahzoda To‘ga tegin qo‘monligidagi Turk xoqonligi qo‘shinlari boshida Choch hukmdori Qabar Eltabar ham bo‘lganini ta’kidlaydi.
Choch teginlari tangasidagi tamg‘a bilan Eltabar unvonli tangalar tamg‘asining deyarli bir ekani bu tip tangalari teginlar sulolasi zarb qilgan, deb taxmin qilishga imkon beradi. Demak, Choch vohasi tangalari o‘sha davr tarixiy voqeliklarini o‘zida to‘laqonli aks ettirgan.
To‘n yabg‘u hoqon (618-630) davriga oid tangalarning uch tipi ma’lumdir. Uning davrida hoqonlikning markazlashuvi kuchaygan va VII asrda mahalliy hokimliklarda ham xususan, Chochda turk sulolalaridan tegin (605-746) va tudunlar (620-750) tomonidan tangalar zarb etilgan.

"Tudun" so'zining etimologiyasi xitoycha "tu jt jung" nomidan kelib chiqqan bo'lib, tarjimada fuqarolik ma'muriyati boshlig'i unvonini bildiradi. To'n-yabg'u xoqon (618-630) davrida hukumatni markazlashtirish uchun G'arbiy Turk xoqonligini ichki tuzilishini o'zgartirishga jiddiy urinishdi. Uning islohotiga ko'ra, O'rta Osiyodagi mahalliy hukmdorlar xoqon hokimlariga aylantirildi va ularga tegishli unvon e'lon qilindi. Barcha bo'ysungan mulklarga soliq yig'ishni nazorat qilish va xoqon shtab kvartirasiga o'lpon yuborish vazifasi yuklatilgan vakolatli xoqon - tudunlar yuborildi.
VIII asrning boshlarida Choch Turgesh xoqonligi bilan vassal munosabatda bo'ldi. Choch vaqtincha Sharqiy Turk xoqonligi tarkibida edi. Inay-tudun (taxminan 741 y.) Chochning egasi etib tayinlandi. "Tudun" u nvoni Chochda uzoq vaqt saqlanib qolgan, u VIII asr chach tangalarida uchraydi.
Chochdan topilgan numizmatik materiallar Markaziy Osiyoning G‘arbiy Turk hoqonligi davri ilk o‘rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotiga oid muhim ma’lumotlarni beradi.
Qadimgi turk tangalari, xususan, Choch tangalarini o‘rgangan olimlar M.E.Masson, O.I.Smirnova, V.A.Livshits, E.V.Rtveladze, Ye.V.Zeymal, G‘.Boboyorov2, M.Ishoqov tadqiqotlarida “turk-sug‘d tangalari”, “Sug‘d-turk tangalari”, “turk sulolalarining Choch tangalari” kabi iboralar ifoda etilgan.
VII-VIII asrlarda hoqonlik hududlarida mahalliy hokimlar turk tudunlari, turk teginlari tomonidan ham tangalar zarb etilgan. Biroq hoqonlikka qaragan hokimlarning sulolasi tarixi, sanalari haqida hanuzgacha mavjud materiallar uzuq yuluqligicha qolmoqda.
Choch tangalari seriyasi yozuvsiz tangadan boshlanadi. Topilgan tangalarda turli sur’atlar aks etgan. Choch tangalarining bir necha tasvirli turlari topilgan bo‘lib, ularda hukmdorning boshi uzra yarim oy, chap tomonida yulduz sur’ati, tanganing o‘rtasida kvadrat xalqali yo‘lbars sur’ati kabi tasvirlar ham tushirilgan. Masalan, Choch hukmdori Teginning sochlari yelkasiga tushgan, ko‘zlari qisiq, chap va o‘ng tomonlarida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Tangalarda hukmdorning kiyimi, uning quyuq qoshlari va qovog‘i bo‘rtib chizilgani, ko‘zlari ham aniq tasvirlangan, hukmdor quloqlarida ziraklari bor. Tanga legendalari (tanga yozuvlari)da qisqa sug‘d yozuvlarida hukmdorning ismi va uning oldida “tangri yorlaqagan hukmdor”, “hukmdor tudun, ilohiy qonun tayanchi” so‘zlari bitilgan.
Choch tangalari guruhi tanga doirasidagi tasvirlar bo‘yicha originaldir. Masalan, turkumning ko‘pgina tangalari o‘ng yuzasiga fantastik vahshiy hayvonning dahshat soluvchi hujumkor qiyofasi tushirilgan. Hayvon tasviri tanga tiplari bo‘yicha har xil. Ba’zan hayvonning boshi o‘ng tomonga, goho chap tomonga qaratilgan. Ba’zi tangalarda hayvon oldingi o‘ng oyog‘iga cho‘kibroq, chap oyog‘ini mushuksimonlarga xos ko‘targan holda, dum esa keskin baland ko‘tarilgan va tananing tepasiga joylashgan. Choch tangalari seriyasida hokimiyat ramzi sifatida u yoki bu tomonga qaratilgan panshaxasimon tamg‘a tasvirlangan. Shunisi muhimki, Choch tangalariga so‘g‘d yozuvi asosidagi xat bitilgan. Umuman, keyingi vaqtda so‘g‘dcha yozuvli tangalarning qator yangi tiplari topilayotgani so‘g‘d yozuvining Choch uchun ham qadimdan o‘ynagan madaniy rolini tushunishga yordam beradi. Choch tangalaridagi so‘g‘d yozuvlarining tarjimasi mazmuni M.Ishoqov va B.To‘xtiyevning “O‘lmas obidalar” nomli kitobida yoritilgan.

III – IV asrlarda Chochda zarb qilingan mis tanga. Aversida chap tomonga qaragan hukmdor boshi tasvirlangan. Reversida esa mil. av. III – eramizning III asrlarida hukm surgan va markaziy boshqaruvi Choch vohasida joylashgan Qang‘ davlatiga xos tamg‘a mavjud bo‘lib, uning atrofida sug‘diy yozuvda s’s’n n’ps wnwn γwβ - “Choch jamoasining muzaffar hukmdori” jumlalari o‘rin olgan. Tanganing hajmi 2,13 sm, og‘irligi 3,7 gr. Qanqa xarobasidan topilgan.

III – IV asrlarda Chochda zarb qilingan mis tanga. Aversida chap tomonga qaragan hukmdor boshi tasviri aks etgan. Reversida esa Qang‘ davlati (er. av. III – er. III asrlarda)ga xos tamg‘a mavjud bo‘lib, uning atrofida teskari yozilgan (Oynada ko‘rilganda to‘g‘ri o‘qiladigan/zerkalnыy) sug‘diy yozuvli s’s’n n’ps ...... wnwn γwβ - “Choch jamoasining ...... muzaffar hukmdori” jumlalari o‘rin olgan. Tanganing hajmi 2,13 sm, og‘irligi 3 gr. Qanqa xarobasidan topilgan.

III – IV asrlarda Chochda zarb qilingan mis tanga. Aversida chap tomonga qaragan hukmdor boshi, tepasida esa yarim oy tasvirlangan. Reversida Qang‘ davlati (er. av. III – eramizning III asrlari)ga xos tamg‘a mavjud bo‘lib, uning atrofida teskari yozilgan (Oynada ko‘rilganda to‘g‘ri o‘qiladigan/zerkalnыy) sug‘diy yozuvli s’s’n n’ps ...... wnwn γwβ - “Choch jamoasining ...... muzaffar hukmdori” jumlalari o‘rin olgan. Tanganing hajmi 2,2 sm, og‘irligi 3,7 gr. Qanqa xarobasidan topilgan.

III – IV asrlarda Chochda zarb qilingan mis tanga. Tanganing aversida chap tomonga qaragan hukmdor boshi tasviri aks etgan. Tanganing chap yuzida reversida esa Qang‘ davlati (er. av. III – eramizning III asrlari)ga xos tamg‘a mavjud bo‘lib, uning atrofida bir qismi saqlangan sug‘diy yozuvda s’s’n n’ps wnwn γwβ - “Choch jamoasining muzaffar hukmdori” jumlalari o‘rin olgan. Tanganing hajmi 1,9 sm, og‘irligi 3,0 gr. Qanqa xarobasidan topilgan.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə