Toshkent amaliy fanlar universiteti



Yüklə 39,79 Kb.
səhifə1/5
tarix29.09.2023
ölçüsü39,79 Kb.
#124976
  1   2   3   4   5
1 kurs kunduzgi Harakatli o‘yin va uni o‘rgat mеtodikasi 3




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR
UNIVERSITETI






TASDIQLAYMAN”
TAFU rektori, professor
__________A.V.Umarov
2023 yil “___” __________

HARAKATLI O‘YINLAR VA UNI O‘RGATISH METODIKASI
FANINING O‘QUV DASTURI
(kunduzgi)

Bilim sohasi: 100000 – Ta`lim


Ta‘lim sohasi: 110000 – Ta`lim
Ta‘lim yo‘nalishi: 60110200 – Maktabgacha ta`lim


Fan/modul­ kodi
B1104HO‘O‘M

o‘quv yili
2023-2024

Semestr
2

ECTS kreditlar
4

Fan/Modul­ turi
Majburiy

Ta’lim tili
o‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari 60

Mustaqil ta’lim
60

Jami yuklama


120



Harakatli o‘yinlar va uni o‘rgatish metodikasi

Ma’ruza
30

Amaliy
30


2.

I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad - bo‘lajak bakalavrlarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yinning ahamiyati, bola ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishidagi o‘rni, o‘yinlar nazariyasi va tarixi, rivojlanish bosqichlari, yetakchi pedagog va psixologlarning o‘yin nazariyasi va bola rivojlanishidagi ahamiyati bo‘yicha ilmiy qarashlari, fanning maqsad, vazifalari, moddiy bazasi, metodik xususiyatlari haqidagi tasavvurlarini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga o‘yin va o‘yin turlari, qoidali va ijodiy hamda didaktik, rolli musiqali, ermak o‘yinlar va uni o‘tkazish, o‘qitish tamoyillari, metod va shakllari, bolalarga o‘rgatish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.1. Fan tarkibiga quyidagi Mavzu:lar kiradi:


1-Mavzu: O‘yin tarixi va nazariyasi
Qadimgi insonlar va o‘yin. O‘yinning paydo bo‘lish tarixi. O‘yin nazariyaga kirib kelishi
2-Mavzu:: O‘yinning nazariy jihatdan o‘rganilishi
O‘yin olimlar tadqiqot markazida. O‘yin haqida pedagog va psixologlar qarashlari. Jahon tajribasida o‘yin.
3-Mavzu: O‘yin bolalar hayoti va faoliyatini tashkillashtirish shakli sifatida
O‘yinning bola rivojlanishidagi roli. O‘yinning yosh xususiyatlari. O‘yinlarning bola tarbiyasidagiahamiyati
4-Mavzu:Pedagogning bola o‘yinfaoliyatidagiroli
O‘yinni tashkil etishda pedagogning roli. O‘yinni boshqarish usullari. Ijtimoiy o‘ziga ishonmagan bolalar bilan ishlash usullari. Pedagogning xatti-harakatlari strategiyasi. O‘yinlarning turkumlanishi
5-Mavzu: Maktabgacha ta’limda ijodiy o‘yin faoliyatini tashkil etish
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ijodiy o‘yinlarni tashkillashtirish. Sujetli-rolli o‘yinlarni boshqarish. Sahnalashtirilgan o‘yinlar. Qurish-yasashga oid o‘yinlarni tashkillashtirish. Turli yosh bosk ichlarida maktabgacha yoshdagi bolalarning syujetli-rollio‘yinlarini rivojlantirishga oid asosiy metodik tavsiyalar
6-Mavzu: Maktabgacha ta’limda qoidali o‘yinlarni tashkil etish
Qoidali o‘yinlarni shakllantirishda pedagogning o‘zaro ta’sir etish texnikasi. Qoidali o‘yinlarning bolalar faoliyatidagi o‘rni. Qoidali o‘yinlarni tashkillashtirish metodikasi
7-Mavzu: Maktabgacha ta’limda milliy xalq o‘yinlar
Milliy xalq o‘yinlari haqida ma’lumot. Milliy xalq o‘yin turlari. Maktabgacha yoshidagi bolalar hayotida milliy xalq o‘yinlarining ahamiyati. Milliy xalq o‘yinlarini tashkillashtirish
8-Mavzu: Maktabgacha ta’limda harakatli o‘yinlar
Harakatli o‘yin haqida. Harakatli o‘yin turlari. Maktabgacha yoshidagi bolalar hayotida harakatli o‘yin. Kichkintoylar uchun harakatli o‘yinlar
9-Mavzu:Maktabgacha ta’limda didaktik o‘yinlar
Didaktika va didaktik o‘yinlar haqida tushuncha. Didaktik o‘yinlar va uning turlari. Didaktik o‘yinlarning maqsadi va vazifalari. Didaktik o‘yinlarni tashkil etish metodikasi. Rivojlantiruvchi o‘yinlar

Yüklə 39,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə