Toshkent axborot texnologiyalari unversiteti



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix28.09.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#124691
1   2   3   4   5   6   7   8
732A-21 gurux Z.G’ofurov Kiber xavfsizlik

2-Amaliy ish 
Mavzu: Xavfsiz Wi-Fi simsiz tarmog‘ini qurish 
Ishdan maqsad: Simsiz tarmoq haqida tushunchaga ega bo‘lish. Wi-Fi 
tarmog‘ini qurish, MAC manzil bo‘yicha filtrlash va parol yordamida xavfsizlikni 
ta’minlashni o‘rganish. 
Nazariy qism 
Simsiz tarmoq Wi-Fi ulanish nuqtasini himoya qilish muhim hisoblanadi. 
Sababi xavfsizlik ta’minlanmasa, kimdir sizning tarmoqdan axborot almashishda
tizimingizni buzishi yoki tarmoq orqali noqonuniy harakatlarni amalga oshirishi 
mumkin. Wi-Fi protokollari - bu Wi-Fi simsiz axborot almashinishda xavfsiz 
kirishni ta’minlash uchun ishlab chiqilgan standartdir. Wi-Fi protokollari tarmoq 
bo‘ylab harakatlanayotganda ma’lumotlarni shifrlaydi. Shifrini ochish kaliti 
bo‘lmagan odam tarmoqqa ulana olmaydi va aloqa ma’lumotlarini o‘qiy olmaydi. 
Barcha protokollar sizmsiz tarmoq xavfsizligini ta’minlash uchun ishlab 
chiqilgan. Ushbu protokollarning har biri o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga 
ega. Foydalanuvchi tegishli protokolni tanlashi kerak.
Shuni yodda tutish kerakki, simsiz tarmoqlar mutloqo xavfsiz emas, chunki 
simsiz signallarning fazoda tarqalishini nazorat qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun 
ma’lumotlarni buzish yoki o‘qish xavfini kamaytiradigan eng yaxshi xavfsizlik 
protokolini tanlash muhimdir. 
WEP (Wired Equivalent Privacy) 
WEP (Wired Equivalent Privacy)— Wi-Fi tarmoqlari xavfsizligini ta’minlash 
uchun ishlab chiqilgan dastlabki algoritm. Maxfiylikni ta’minlash va 
foydalanuvchilarning uzatilgan ma’lumotlarini ushlab qolishdan himoya qilish 
uchun ishlatiladi. WEP-40 va WEP-104 ikkita versiyasi mavjud, ular faqat kalit 
uzunligi bilan farqlanadi. Hozirgi vaqtda ushbu texnologiya eskirgan, hakerlar bir 
necha daqiqada buzib kirishi mumkin. Biroq, u keng foydalanishda davom etmoqda.
WPA va WPA2 (Wi-Fi Protected Access)
- simsiz qurilmalar uchun 
yangilangan sertifikatlash dasturi. WPA texnologiyasi WEP simsiz Wi-Fi tarmoq 
xavfsizligi texnologiyasini almashtiradi. WPA-ning afzalliklari ma’lumotlar 
xavfsizligining 
mustaxkamlanganligi 
va 
simsiz 
tarmoqlarga 
kirishning 
kuchaytirilgan nazoratidir. Muhim xususiyat ko‘plab simsiz qurilmalar, ham 
apparat, ham dasturiy ta’minot o‘rtasidagi muvofiqlikdir. Hozirgi vaqtda WPA va 
WPA2 Wi-Fi Alliance tomonidan ishlab chiqilgan va foydalanilmoqda. 
WPA 802.1X standartlarini, shuningdek EAP (Extensible Authentication 
Protocol -kengaytirilgan autentifikatsiya protokoli) ni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuni 
ta’kidlash kerakki, WPA2 AES (Advanced Encryption Standard) ga muvofiq 
shifrlashni qo‘llab-quvvatlaydi, bu WEP RC4-ga nisbatan bir qator afzalliklarga ega, 
masalan, yanada mustahkam kriptografik algoritm. 
WPA-ni amalga oshirishda texnologiyani mavjud. 
WPA-ning ba’zi o‘ziga xos xususiyatlari: 

rivojlangan RC4 shifrlash sxemasi 

EAP yordamida majburiy autentifikatsiya. 

markazlashtirilgan xavfsizlikni boshqarish tizimi, mavjud korporativ 
xavfsizlik siyosatida foydalanish qobiliyati. 



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə