Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37

 100
 
 
 
51-rasm.Bodring gullari 
A-changchi gul, Б-urugchi gul 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 101
 
 
 
52-rasm.Tolning bir jinsli gullari : 
a-changchi gul,б-в urugchi gul,г-otalik,д-onalik 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 102
 
 
53-rasm.Sodda monopodial to'pgul: 
A-boshoq,Б-s'ota,в-zirak,г-shingil,д-qalqoncha,E-soyabon, 
Ж-boshsimon,3-savat 
 
 
 
 
 


 103
 
 
54-rasm.Murakkab monopodial to'pgul: 
A-murakkab boshok,Б- murakkab soyabon,B-supurgi 
 
 
 
 
 
 


 104
 
 
 
55-rasm.Stimoz(simpodial) top'gul: 
A-jingalak,Б-dixaziy,B-pleyoxaziy 
 
 
 
 
 
 
SAVOLLAR VA TOPShIRIQLAR. 
O‘rik gulining gul formulasini va diagrammasini tuzing. 
Sho‘ra gulining gul formulasini va diagrammasini tuzing 
To‘pgul deb nimaga aytiladi? 
To‘pgullar shoxlanish tipiga ko‘ra necha turga bo‘linadi? 
Monopodial va simpodial to‘pgullarning bir-biridan farqini aytib bering? 
 
15 MAVZU: ShANGLANISh VA URUG‘LANISh. QO‘Sh 
URUG‘LANISh JARAYoNI. 


 105
MAVZUNING MAQSADI: Changlanish, urug‘lanish va qo‘sh 
urug‘lanish jarayonini o‘rganish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: mikroskop, piyoz yoki gulsafsar changi, buyum 
va qoplag‘ich oynalar, vazelin, mum, preparoval nina, lupa, suv 3%li shakar erit-
masi. 
UMUMIY TUShUNShA: Changlanish urug‘lanish jarayonini ta'minlaydi 
Chang dondagi chang donachalarining urug‘chi tumshuqchasiga tushishiga chang-
lanish deyiladi. Changlanish ikki xil: o‘z-o‘zidan changlanish va chetdan chang-
lanish bo‘ladi: 
O‘z-o‘zidan changlanish. Bu quydagicha kechadi. Avtogamiya- 
urug‘chining tumshuqchasiga shu gulning changdonida etilgan chang donasining 
tushishi. Bunday changlanish, asosan ikki jinsli gullarda sodir bo‘ladi. 
Geytenogamiya – bir o‘simlik individumi o‘rtasida bo‘ladi, ya'ni bir gul 
changdonida etilgan chang donasi shu o‘simlik individumidagi ikkinchi gulning 
tumshuqchasiga tushadi. 
Kleystogamiya – bunda gul ochilmasdan oldin,ya'ni yopiqlik paytida 
changlanish bo‘ladi. Klestogam gullarni binafsha, eryong‘oq, arpa o‘simliklarda 
ko‘rish mumkin.  
O‘zidan changlanadigan o‘simliklarning gullari mayda, ko‘rimsiz, 
ko‘pincha ochilmaydigan bo‘ladi. Guldagi changchilar urug‘chi tumshuqchasidan 
baland joylashadi, ba'zan gul ochilmasdan oldin changlanish jarayoni sodir bo‘ladi. 
O‘zidan changlanish hodisasi o‘simlikni bora-bora aynitib, susaytirib qo‘yishi 
mumkin. O‘zidan changlanadigan o‘simliklar jumlasiga no‘xot, g‘o‘za, loviya, 
eryong‘oq, pomidor va hokazolar kiradi. Ammo o‘z-o‘zidan changlanadigan ko‘p 
o‘simliklarda chetdan changlanish jarayoni ham bo‘lib turadi (g‘o‘za). Shetdan 
changlanishning yuzaga chiqishi uchun, chang joydan ko‘chishi kerak, chang 
donachini anemofil o‘simliklarda shamol yoki engil havo oqimi, entomofil 
o‘simliklarda hashorotlar, ornitofil o‘simliklarda qushlar tarqatadi. Juda kamdan-
kam o‘simliklarda changlar suv bilan (gidrofiliya)va hatto tasodifan qumursqa va 
shilliqqurtlar bilan ham tarqaladi. 
 
 
ChЕTDAN ChANGLANISh. 
 
O‘simliklar dunyosida shamol va hashoratlar yordamida bo‘ladigan chang-
lanish ko‘p uchraydi. 
Shamol bilan changalandigan o‘simliklar anemofil o‘simliklar, changlanish 
esa anemofiliya deb ataladi. Anemofil o‘simliklarning gullari mayda va ko‘rimsiz, 
ko‘pincha kuchala to‘pgulga birlashgan. Shamol yordamida changlanadigan 
o‘simliklarga bug‘doy, arpa, makkajo‘xori, tut, tol, terak, tok va shu kabi 
o‘simliklar kiradi. 
Hashoratlar yordamida changlanish entomofiliya deyiladi, bu xil 
o‘simliklar esa entomofil o‘simliklar jumlasiga kiradi. Bu o‘simliklarning guli 
yaxshi rivojlangan, ko‘pincha to‘pgullarga birlashgan bo‘ladi. Gultojibarglari ya-
qqol ko‘zga tashlanadi, ranglari; oq, pushti, qizil, sariq, gullarida nektar bezlari 


 106
yaxshi rivojlangan chang donachalari yirik tukli, yopishqoq bo‘ladi. Shuningdek, 
gullarida hashoratlarni jalb qiluvchi nektar ajratuvchi bezlari mavjud. Gulga oziq 
uchun kelgan hashoratlar undagi urug‘chilarni changlatib ketadilar. O‘rik, gilos, 
anjir, olma, behi va shu kabi o‘simliklar hashoratlar yordamida changlanadilar. 
Tropik iqlim sharoitida o‘sadigan ba'zi bir o‘simliklar qushlar yordamida 
changlanadi. Bunday changlanish botanikada ornitofiliya deyiladi. Ornitofil 
o‘simliklarga kanna, akatsiya, aloe va ba'zi bir kaktus o‘simliklari kiradi. Nomlari 
keltirilgan o‘simliklarni changlatishda to‘tilar, nektarchi va asal so‘ruvchi qushlar 
ishtork etadilar.  
O‘simliklar suv yordamida ham changlanadi. Bunday changlanish gidro-
filiya, o‘simliklar esa gidrofil o‘simliklar deyiladi. Bunga elodiya va ryaska kabi 
o‘simliklar kiradi.   
URUG'LANISh. 
Qo‘sh urug‘lanish. Urug‘lanish jarayonidan avval urug‘chi tumshuqchasi-
ga tushgan chang una boshlaydi, ya'ni bo‘rtib chang naychasini hosil qiladi. Chang 
nayi har xil fermentlar aminokislotalar, garmonlar va vitaminlarga boy bo‘lgani 
uchun kuchli fiziologik jarayonlar natijasida o‘sib, urug‘kurtakning mikropili or-
qali murtak xaltachasiga o‘tganda chang nayining uchi yorilib, uning ichidagi 2 ta 
spermiya murtak xaltachasiga to‘kiladi. Bu spermiyadan bittasi murtak xaltadagi 
tuxum hujayra, ikkinchisi esa markaziy hujayra bilan qo‘shiladi. Mazkur jarayon 
qo‘sh urug‘lanish deyiladi. 
Qo‘sh urug‘lanish jarayoni 1898 yilda rus olimi-tsitolog va embriolog 
S.G.Navashin tomonidan aniqlangan. 
Murtak xaltachasining tuxum hujayrasi bilan spermiya qo‘shilganda diploid 
zigota hosil bo‘ladi. Bu zigotadan urug‘ning murtagi rivojlanadi. Urug‘ning mur-
tagida: murtakning ildizchasi, poyachasi, urug‘ pallalari va kurtakchasi mavjud 
bo‘ladi. Ikkilamchi yoki markaziy yadro bilan ikkinchi spermiy qo‘shilishidan en-
dosperm hosil bo‘ladi. Endosperm yirik parenximatik hujayralarga ega. Bunday 
hujayralarda kraxmal, oqsil, moy to‘planadi va ular murtakning rivojlanishida aso-
siy oziq hisoblanadi. 
APOMIKSIS. Murtakning murtak xaltachasining urug‘lanmagan hujay-
ralaridan rivojlanishiga apomiksis hodisasi deyiladi. 
APOMIKSISNING ShAKLLARI: 
1.Murtakning urug‘lanmagan tuxum hujayradan rivojlanishiga par-
tenogenez deyiladi. Partenogenez hodisasini maymunjon, dalachoy o‘simliklarida 
ko‘rish mumkin .  
2.Murtakning urug‘lanmagan antipod yoki sinergid hujayralaridan hosil 
bo‘lishi apogamiya deyiladi . 
3. Urug‘ kurtak, nutsellus integument yoki xalazaning diploid hujayralari-
dan murtakning rivojlanishiga aposporiya deyiladi. 
Partenokarpiya. Urug‘siz mevalarning hosil bo‘lishiga partenokarpiya 
deyiladi. Urug‘siz meva hosil qiluvchi o‘simliklar faqat vegetativ ko‘payadi. 
Urug‘siz mevalarni olma, nok, uzum,(kishmish), mandarin, apel'sin, limon, an-
jir,xurmo o‘simliklarida uchratamiz. 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR; 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə