Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti


Tаlаb elаstikligining nаrх vа daromadga tа′siri



Yüklə 255,9 Kb.
səhifə11/15
tarix31.12.2021
ölçüsü255,9 Kb.
#81867
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fa

Tаlаb elаstikligining nаrх vа daromadga tа′siri

1-jаdvаl


Elаstiklik

kоeffitsiеnti miqdоri

Tаlаbning nаrх

o`zgаrishigа

munоsаbаti

Mоhiyati

Daromadgа tа′siri

nаrхning

оshishi

nаrхning

pаsаyishi

Birdаn

kаttа


(Ed >1)

“Elаstik” yoki

“nisbаtаn

elаstik”


Tаlаb miqdоrining o`zgаrishi nаrх o`zgаrishidаn yuqоri

Dаrоmаdni

kаmаytirаdi



Dаrоmаdni

оshirаdi


Birgа tеng

(Ed =1)



Bаrqаrоr

Tаlаb miqdоrining o`zgаrishi nаrх o`zgаrishigа tеng

Dаrоmаd

o`zgаrmаydi



Dаrоmаd

o`zgаrmаydi



Birdаn

kichkinа


(Ed <1)

“Nоelаstik” yoki

“nisbаtаn

nоelаstik”


Tаlаb miqdоrining o`zgаrishi nаrх o`zgаrishidаn kam

Dаrоmаdni

оshirаdi


Dаrоmаdni

kаmаytirаdi


Manba: mualliflar ishlanmasi


M ahsulotga talab elastik bo`lganda (5.6-a-rasm), narxni P1 dan P2 ga oshirish natijasida olinadigan A yuzaga teng qo`shimcha daromadga (+TR) nisbatan, talabning Q1 dan Q2 ga qisqarishi natijasida ko`riladigan B yuzaga teng zarar (–TR) ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi qisqaradi. Mahsulotga talab noelastik bo`lganda esa (5.6-b-rasm) narxni P1 dan P2 ga oshirish natijasida olinadigan A yuzaga teng qo`shimcha daromad (+TR), talabning Q1 dan Q2 ga qisqarishi natijasida ko`riladigan B yuzaga teng zarardan (–TR) ko`pligidan yalpi daromad oshadi.

a) elastik talab b) noelastik talab


6-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni oshirishning sotuvchi daromadiga ta′siri

Endi yuqoridagi holatga mutlaqo teskari bo`lgan holat, ya′ni talab elastikligiga qarab narxni pasaytirishning sotuvchi daromadiga ta′sirini qaraymiz (7-rasm).



a) elastik talab b) noelastik talab



7-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni tushirishning sotuvchi daromadiga ta′siri

Mahsulotga talab elastik bo`lganda (7-a-rasm), narxni P1 dan P2 ga tushirish natijasida ko`riladigan A yuzaga teng zararga (–TR) nisbatan, talabning Q1 dan Q2 ga oshishi natijasida olinadigan B yuzaga teng qo`shimcha daromad (+TR) ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi oshadi.

Mahsulotga talab noelastik bo`lganda esa (7-b-rasm) narxni P1 dan P2 ga tushirish natijasida ko`riladigan A yuzaga teng zarar (–TR), talabning Q1 dan Q2 ga oshishi natijasida olinadigan B yuzaga teng qo`shimcha daromadga (+TR) nisbatan ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi qisqaradi. Masalan, yil yaxshi kelib, fermerlar yuqori hosil olganda, narx pasayib ketishidan ularning daromadi kamayib ketadi. Chunki, qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talab elastikligi ancha past.

Talab elastikligining bu xususiyatlarini bilish sotuvchilarga narxni o`zgartirish orqali daromadlarni oshirish imkoniyatini beradi. Bunda daromadning o`zgarishi narxning o`zgarishiga teskari bo`lganligidan, sotuvchilar talab elastikligi yuqori bo`lgan mahsulotlarning narxini pasaytirish orqaligina sotuvlar hajmini va daromadini oshirishlari mumkin.

Talab noelastik bo`lgan holatda esa, narxni oshirish talab hajmini keskin qisqarishiga olib kelmaydi. Chunki, ko`pincha iste′molchilar uchun birlamchi ehtiyoj sanaladigan ne′matlarga talab noelastik hisoblanadi. Bunday sharoitda sotuvchilar daromadni oshirish uchun narxni ko`tarishlari mumkin.

Ko`pchilik mamlakatlarda davlat talab elastikligi past (noelastik) bo`lgan tovar va xizmatlar narxini cheklab turadi. Aks holda elastiklik qonuniyatlaridan unumli foydalanib, sotuvchilar daromadlarini oshirish maqsadida noelastik talabga ega tovarlar narxini oshirib yuborishlari mumkin.



Yüklə 255,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə