Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Mehnat bozorining shakllanish tamoyillari



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

 
2.2. Mehnat bozorining shakllanish tamoyillari 
 
Yuqorida qayd etilgan shart-sharoitlar mehnat bozori faoliyat 
koʻrsatishining quyidagi 
asosiy tamoyillarini to

liq amalga tatbiq 
etgan holda
mazkur bozor shakllanishiga samarali ta’sir koʻrsatadi: 
– ishchi kuchining erkin taklifi. Bu mehnatga layoqatli qishloq 
aholisining ish bilan band bo‘lish va bo‘lmaslikni ixtiyoriy tanlashini, 
mehnat qonunlari tomonidan ta’kidlanmaydigan va har bir xodimning 
shaxsiy va jamoa manfaatlarini hisobga oluvchi kasb va faoliyat turini 
erkin tanlash uchun sharoitlar mavjudligini anglatadi; 
– ish beruvchilarning ishchi kuchiga mustaqil talabi. Bozor 
iqtisodiyoti xodimlarni barcha ish beruvchilar tomonidan O‘zbekistan 
Respublikasining Konstitutsiyasi va «Mehnat kodeksi» qoidalariga 
albatta, amal qilgan holda ishga erkin yo‘llashlari va ishdan 
boʻshatishlari hamda bandlik, mehnat sharoitlari va unga haq toʻlashni 
kafolatlash bilan fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishlari uchun 
imkoniyatlar yaratadi; 
– yollanma xodimlarning ish beruvchilardan huquqiy va ijtimoiy 
himoya qilinganligi; 
– ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan «kun kechirish uchun zarur 
miqdordan kam boʻlmaslik»ka rioya qilgan holda erkin belgilash. 
2.3. Mehnat bozori shakllanishining omillari va 
cheklovchilari 
 
Ortiqcha mehnat resurslariga ega respublikamiz hududlarida 
ishchi kuchiga talabning ortishi va uning taklifi pasayishiga bevosita 
ta’sir etuvchi omillarni tadqiq etish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy 


24 
ahamiyat kasb etadi. 
Ishchi kuchiga talabning oshishini asoslovchi 
omillarga quyidagilar kiradi: 
noqishloq xoʻjaligi tarmoqlarida yangi 
ish joylarini yaratish, mehnat qoʻllaniladigan amaldagi mintaqalarni 
texnik qayta jihozlash, modernizatsiyalash, qayta ta’mirlash, xorijiy 
sarmoyalarni jalb qilish, yangi yerlarni oʻzlashtirish, qayta ishlash 
sanoati, xizmatlar koʻrsatish va shaxsiy mehnat faoliyati koʻlamini 
kengaytirish, kichik va oʻrta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirish va boshqalar. Shu bilan bir vaqtda, 

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə