Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi
– umuman, respublika 
bo‘yicha mehnat bozori shakllanishining asosiy sharoiti yoxud shartidir. 
Shu bilan bir qatorda, mehnat bozorining shakllanishiga bevosita 
ta’sir koʻrsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-
iqlimiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjudki, ularni biz quyida 
batafsilroq koʻrib chiqamiz. 
Mehnat bozori shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti 
boʻlib yollanma xodimlarni oʻz ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy 
mulkchiliklari va ish beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy 
mulkchiligi xizmat qiladi. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, 


20 
mazkur subyektlarni oʻzaro almashuv munosabatiga kirishishiga ular-
ning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy 
iste’molchilik yotadi. Ular ham, oʻz navbatida, qayta takror ishlab 
chiqarishda qishloq aholisi ijtimoiy-iqtisodiy turmushining faqat kerakli 
ijtimoiy ehtiyoji ifodalanishida namoyon boʻladi. 
Mehnat bozorining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif 
oʻrtasidagi muvozanatga erishish uchun oʻzaro raqobat qilishga tayyor 
erkin va teng huquqli sheriklarning iqtisodiy munosabatlarda boʻlish-
larini taqozo etadi. Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi shaxsiy 
erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtayi nazaridan oʻzaro bog‘langan 
hamda bir-birlariga qaram boʻlsalar ham bir-birlariga qarshi turadilar. 
Ishchi kuchi talab va taklifi oʻrtasida bozor muvozanatiga 
erishish mehnat bozorining shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy 
shartlardan biri hisoblanadi
. Ammo bunday muvozanat mavjud 
emas. Buning asosiy sababi – taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi 
sonining oʻnta talab miqdoriga nisbatan tez oʻsishi. 
Iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi tarkibiy oʻzgarishlar hozirgi 
sharoitda mehnat bazorida ishchi kuchiga talab va uning taklifining 
yangi harakatini belgilovchi eng muhim iqtisodiy shartlardan 
hisoblanadi. Bular sanoat va xizmat koʻrsatish tarmoqlarida yangi ish 
joylarini 
yaratishni 
va 
mamlakatimizning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishida sifat oʻzgarishlarni asoslab beradi. Bunday sharoitlarda, 
bir tomondan, mehnat bozorining yangi segmentlari agrosanoat 
majmuasi va ijtimoiy-ishlab chiqarish, infratuzilmasining koʻp jonli 
mehnat talab qiladigan tarmoqlari va ishlab chiqarish boʻg‘inlarini 
qamrab olsa, boshqa tomondan, iqtisodiyotning an’anaviy sekgorlarida 
bozor munosabatlarini vujudga keltiradi va rivojlantiradi. 
Ishchi kuchi narxining oʻzgarishi mehnat bozori shakllanishining 
muhim iqtisodiy sharti hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtishni amal-
ga oshirayotgan mamlakatlarda ish haqi haqiqiy darajasining pasayishi 
tendensiyasi kuzatiladi. Nazariy jihatdan bunday vaziyatda ish haqini 
ishchi kuchi qiymatidan pastroq belgilash uchun qulay imkoniyatlar 
yaratiladi. Ammo bunday imkoniyatlardan foydalanishni davlat qonun-
chilik yoʻli bilan “toʻsib qoʻyish”ga harakat qiladi. Shu maqsadda 
minimal ish haqi va kun kechirish uchun zarur miqdor darajasi rasmiy 
ravishda belgilanadi. Bunday holda ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor 


21 
iqtisodiyoti normal faoliyat koʻrsatganda minimal ish haqi kun kechirish 
uchun zarur miqdor darajasidan kam boʻlmasligi lozim. 

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə