Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Mehnat bozori konyunkturasi shakllanishining ijtimoiy shart-



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

Mehnat bozori konyunkturasi shakllanishining ijtimoiy shart-
sharoitlari orasida yollanma xodimlar va ish beruvchilar sifat 
koʻrsatkichlarining oshishi yetakchi oʻrin egallaydi
. Agrosanoat 
majmuasi va xizmat koʻrsatish tarmoqlari koʻlamlarining kengayishi
ularning intensiv rivojlanishi, oʻz vaqtida moddiy-texnik va moliyaviy 
resurslar bilan ta’minlanishi ishchi kuchining qayta tayyorgarlikdan 
oʻtishini va yangi zamonaviy kasblarni (universal ishchi va xizmatchi, 
tadbirkor, menejer, marketolog va h.k.) oʻzlashtirishni talab qiladi. 
Demografik shart-sharoitlar ishchi kuchi taklifining shakllani-
shiga turlicha ta’sir koʻrsatadi. Masalan, yuqori darajadagi tug‘ilish 
mehnat bozoriga aholining katta oqimi kelishini asoslaydi. Respubli-
kada mehnatga layoqatli aholining yosh boʻyicha tuzilishida 16–29 
yoshdagi yigit-qizlar ulushi 2020-yilida 26,4% ni tashkil qiladi 
(1-jadvalga darang). 
O‘rta maktablarni bitiruvchilarning koʻpchiligi, dastlabki kasb 
tayyorgarligiga ega boʻlmaganlari holda qishloq xoʻjaligiga jalb qili-
nadilar. Samarqand viloyatida oʻtkazilgan aniq sotsiologik tadqiqot 
shuni koʻrsatdiki, ish bilan band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi 
oʻrtasida yoshlarning ulushi 34% ni, ba’zi tumanlarda esa 35–55 % ni 
tashkil qildi, ularning mutlaq ko‘pchiligi xotin-qizlardir (60–65%). 
Yoshlarning 89 foizi ishga joylashishni xohlaydilar. 
1-jadval 
O‘zbekiston Respublikasi aholisining yosh boʻyicha tuzilishi 
 
Koʻrsatkichlar 
2018-yil 
2019-yil 
2020-yil 
Aholining barchasi
Shu jumladan: 
100 
100 
100 
Mehnatga layoqatli yoshdan 
kichik yoshdagilar 
41,3 
40,6 
39,7 
Mehnatga layoqatli yoshdagi-
lar. 
Shu jumladan: 
51,2 
52,0 
53,0 
16–29 yoshdagilar 
24,8 
25,7 
26,4 
Mehnatga layoqatli yoshdan 
kata yoshdagilar 
7,5 
7,4 
7,3 


22 
Mehnat bozori shakllanishiga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqa-
rishida ish mavsumiy boʻlganligi uchun ish bilan toʻliq band boʻlmagan 
shaxslarning 
koʻpchiligi 
sezilarli ta’sir koʻrsatadi. Bizning 
baholashimizcha, 2020-yilda shu sababga koʻra, Samarqand viloyati 
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida 38,4 ming kishi, ya’ni undagi 
xodimlarning 18,4 foizi ishtirok etmagan. Mavsumiy mehnat davrining 
kattaligi ishsizlik xavf-xatari va hajmini oshiradi. Hozircha qishloq 
xoʻjaligida qoʻl mehnatining ulushi ancha katta. Ammo bu an’anaviy 
tarmoqning ekstensiv rivojlanishi va yangi qoʻshimcha ish joylarini 
yaratish imkoniyatlari kamligi hamda yer va suv resurslari yetishmasligi 
tufayli cheklangan. Shu bilan birga ilmiy-texnik yangiliklar va mehnatni 
tashkil qilishning ilg‘or uslublarini tatbiq etish xodimlar qishloq 
xoʻjaligidan ozod qilinishini tezlashtiradi. Bu esa yuqori malakaga ega 
boʻlmagan mehnatga talabni yanada kamaytiradi va ishsizlikni, ayniqsa, 
koʻp bolali ayollar va yosh qizlar oʻrtasida koʻpaytiradi. 

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə