Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Ish beruvchi va yollanma xodim oʻrtasida tuzilgan Mehnat



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

Ish beruvchi va yollanma xodim oʻrtasida tuzilgan Mehnat 
shartnomasi (kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchini sotish-sotib 
olishning hal qiluvchi huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi. 
Mehnat huquqi boʻyicha g‘arb mutaxassislarining ilmiy ishlarida 
Mehnat shartnomasi «Xodimni ish haqi evaziga mehnat qilish majbu-
riyatini olishi va huquqiy boʻysunishi mavjudligi haqidagi kelishuv» 
sifatida ifodalanadi. Shartnoma xususiy-huquqiy xaridlarning turlicha 
koʻrinishi boʻlib, unga nisbatan fuqarolik huquqiga xos me’yorlar, 
qoidalar, konseptual konstruksiyalarni qoʻllash imkoniyatlari va 
zaruriyatini asoslaydi. 
Mehnat shartnomasining bosh xusuyati shundan iboratki, uni 
tuzish albatta bo‘ysunish va bog‘liqlikka olib keladi, bundan tashqari 
vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga ishonchlilik va uzoq muddat-
lilik xarakterini ifodalaydi. Ishlovchini yollovchiga bo‘ysunishiga 
iqtisodiy ma’noda mehnat shartnomasining asosiy alomati sifatida 
qaraladi. Bu boʻysunish, qoidaga koʻra, nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, 
texnik, tashkiliy, balki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
«Mehnat kodeksi»ning barcha talablariga javob beruvchi, shakllan-
tirilgan yuridik xarakterga ega. 
Ish kuchiga talab va taklif nisbatining yaxshilanishiga tabiiy-iqlim 
sharoitlari muhim raqobatlantiruvchi omil boʻlib xizmat qiladi. Yuqori 
unumdor qishloq xoʻjaligi yerlarida va yetarlicha suv bilan 


23 
ta’minlangan yashash joylarida ishchi kuchi koʻproq jamlanadi va 
ishchi joylari normal faoliyat koʻrsatadi. Yangi ish joylarini yaratish va 
ishlab turgan korxonalarni kengaytirish yoʻli bilan ishchi kuchiga talab 
va taklif oʻrtasidagi muvozanatni ta’minlashga ma’lum darajada 
imkoniyatlar vujudga keltiriladi. Bular esa mehnat resurslarining 
ortiqchalik darajasini, demak, ishsizlik miqyosini ham keskin kamay-
tirishga bevosita ta’sir etadi. 

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə