Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

12.2.
 
Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismlarining
o‘zaro bog‘liqligi 
Aholining ish bilan bandligini tartibga solish va mehnat bozorini 
boshqarishda mazkur bozor infratuzilmasi tarkibiy qismining obyektlari 
ish bilan bandlik sohasidagi o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi quyidagi 
shart-sharoitlar asosida yuzaga keladi: 
– mehnat qonunchiligi


133 
– ish bilan bandlik sohasidagi ijtimoiy hamkorlik mexanizmining 
yaratilishi; 
– respublika miqyosida yagona ish bilan bandlik siyosatining 
yuritilishi; 
Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida 
ijtimoiy mehnat munosabatlari tobora ko‘proq uch tomonlama bitimlar 
(hukumat, kasaba uyushmalari vakillari va tadbirkorlar vakillari) 
asosida yoki kasaba uyushmalari bilan tadbirkorlar o‘rtasidagi ikki 
tomonlama bitimlar asosida hal etilmoqda. 
Ijtimoiy mehnat munosabatlarining bu tizimi bozor iqtisodiyoti 
mamlakatlarida jahon urushidan va Rossiya hamda Yevropadagi bir 
qator mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan revolutsiyalardan keyin keng rivoj 
topdi. Ijtimoiy totuvlikka erishish va uni saqlash inson huquqlarini 
himoya qilish, uch tomonlama muzokoralar o‘tkazish, ijtimoiy mehnat 
munosabatlarini tartibga solish maqsadlari yo‘lida xalqaro mehnat 
tashkiloti (XMT) barpo etilgan edi. Bu tashkilot o‘z faoliyati davomida 
muzokoralar jarayonini rivojlantirish va yuzaga keladigan ijtimoiy- 
mehnat muammolarini va nizolarini uch tomonlama muzokoralar va 
bitimlar asosida tartibga solish (tripartizm) bo‘yicha katta tajriba 
to‘pladi hamda amaliy ishlarni bajardi [7,64 b.]. 
O‘zbekiston XMTga a’zo bo‘lganidan keyin uning asosiy 
Konvensiyalarini imzolagan va ijtimoiy mehnat siyosati sohasida 
muhim xalqaro majburiyatlar olgan. 
Tripartizm va ijtimoiy hamjihatlik ijtimoiy sherikchilikning eng 
samarali shaklidir. Bu tamoyillar iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy adolat 
talablarini hisobga olgan holda, o‘zaro maqbul qarorlar qabul qilish 
asosida, davlat tadbirkorlar va xodimlarning manfaatlarini muvofiq-
lashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, ish bilan bandlik sohasida ijtimoiy 
hamkorlik mexanizmining takomillashib borishi mehnat munosabatla-
rida jamoa shartnomasi (mehnat shartnomasi) bilan tartibga solish 
tizimida qatnashmaydigan ish beruvchilar va xodimlar tashkilotlarini 
muzokoralarga tegishli darajalardagi bitimlarni tayyorlash va tuzish 
ishlariga jalb etishni ta’minlaydigan tadbirlar ishlab chiqish imkonini 
beradi. 
Bugungi kunda ish bilan bandlik siyosatining asosiy vazifasi 
mehnatga qobiliyatli fuqarolarning mehnat bozoridagi raqobatbar-
doshligini butun choralar bilan rivojlantirish orqali to‘liq va erkin 


134 
tanlangan ish bilan bandlikka yordam ko‘rsatish, ommaviy ishsizlikni 
to‘xtatib qolish va ayni vaqtda korxonalarga muvaffaqiyatli ishlab 
chiqarish uchun xodimlarni erkin yollash imkonini ta’minlashdir. 
Shu tariqa, ish bilan bandlik siyosatining asosiy maqsadlari 
mehnatdan foydalanish muammolari, uning samaradorligini oshirish 
bilan bog‘liqdir. Bunga aholini ish bilan bandlik tizimlaridagi siljishlar 
yordam berishi lozim (tarmoq tuzilmasi, ilg‘or texnologiyalar 
ulushining ortishi hisobiga kasb malaka tuzilmasi – malakali mehnat va 
zamonaviy kasblar salmog‘ining ko‘payishi hisobiga, demografik 
tuzilma – ancha ma’lumotli yoshlar hisobiga). 
Ish bilan bandlik siyosatini shakllantirishning asosiy tamoyillariga 
rioya qilish zarur bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 
Ish bilan bandlik muammolarini hal etishga har tomonlama 
yondashish. U mazkur muammolarni hal etishda davlat hokimiyati 
ijroiya organlari bilan mamlakat subyektlari hokimiyat organlari
tadbirkorlar va jamoat birlashmalarining davlat, mintaqaviy va tarmoq 
dasturlari tizimi doirasida o‘zaro yordam ko‘rsatishlarini nazarda tutadi. 
Ish bilan bandlik siyosatini mablag‘ bilan ta’minlashning 
ustuvorligi, bunda barcha darajadagi budjetlarning tegishli imkoniyat-
larini, davlatning budjetdan tashqari ijtimoiy jamg‘armalarini, 
korxonalar va mehnatkashlarning o‘zlari, ularning jamoat birlashma 
mablag‘larini bir joyga to‘plashga e’tibor berilishi. 
Mehnat bozorining barcha elementlarini muvozanatli tartibga 
solish, bunda faqat ishchi kuchiga, ish o‘rinlariga bo‘lgan talabni 
qondirish va ish bilan bandlik hamda ishsizlikning muayyan, istalgan 
darajasiga erishish nazarda tutilmasdan, shu bilan birga ish kuchini 
taklif etish, uning sifati va qiymati (narxi), ish o‘rinlari dinamikasi 
ko‘rsatkichlariga, iqtisodiy jihatdan faol aholining mehnat qilish 
sabablariga ta’sir ko‘rsatish ham hisobga olinishi kerak. 
Davlatning aholini mehnatda bandlik siyosati doirasida ishlab 
chiqariladigan va joriy etiladigan dasturlar hamda tadbirlarni iqtisodiy 
samaradorligi [2, 52 b.]. 
Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi 
mablag‘larini faol va nofaol yo‘nalishlarga sarflash bo‘yicha jamoat 
ishlarini tashkil etishda mahalliy hokimiyat organlari mehnat organlari 
bilan aloqadorlikda amalga oshiradilar. 


135 
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash 
to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq “Mahalliy davlat 
hokimiyati organlari mehnat organlarining taklifiga ko‘ra va ularning 
ishtirokida aholini ish bilan ta’minlash maqsadida o‘z mulkidagi 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda hamda shartnomalar asosida 
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda haq to‘lanadigan 
jamoat ishlarining amalga oshirilishini tashkil etadilar” [1, 264 b.]. 
Haq to‘lanadigan jamoat ishlari – fuqarolarning mehnat qilish 
borasidagi davlat tomonidan kafolatlanadigan huquqlaridan biridir. 
Jamoat ishlari qoida tariqasida, mehnat organlari tomonidan belgilangan 
tartibda ishsiz shaxs deb e’tirof etilgan fuqarolar uchun dastlabki kasb 
tayyorgarligini talab qilmaydigan, ijtimoiy foydali yo‘nalishga ega 
bo‘lgan vaqtinchalik mehnat faoliyati hisoblanadi. 

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə