Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

12.3.
 
Ishga joylashtirish bo‘yicha xususiy vositachi agentliklar va
firmalar 
O‘zbekiston xalq xo‘jaligida aholining mehnatda bandlik 
tuzilmasining o‘zgarish istiqbollari, birinchi navbatda, ishlab chiqarish 
tuzilmalarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga bog‘liqdir. Ana shu 
tarmoq guruhlaridagi ish bilan bandlar soni bir xilda o‘sayotgani yo‘q – 
eng past sur’atlar moddiy buyumlashgan ishlab chiqarish tarmoqlarida, 
eng yuqori sur’atlar ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlaridadir. 
Industrial tarmoqlarning rivojlanishidagi uzoq davom etadigan 
yo‘nalishlar shunga olib keladiki, mehnatda bandlarning kasbiy tarkibi 
ana shu tarmoqlar ta’siri ostida vujudga keldi [4, 54 b.]. 
2006–2009-yillarda mamlakat mehnat resurslari 17,5% ga o‘sdi, 
yiliga o‘rtacha o‘sish 3,1% ga teng bo‘ldi. Mehnat salohiyatining tez 
sur’atlar bilan o‘sishi ish bilan bandilikni ta’minlash muammosini 
ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. 
Mamlakatda 2009 yilda 900 mingdan ziyod ish joyi yaratildi, 
ulardan 70–75% i qishloq joylarda. Kichik va xususiy biznes ish joylari 
yaratilishining sezilarli manbayi bo‘lib qolmoqda. Hozirgi kunda 
faqatgina kichik korxona va mikrofirmalarda 900 mingdan ortiq kishi 
ishlamoqda. Qishloq xo‘jaligi ishchi kuchlarining kamayishi va boshqa 
faoliyat turlariga – xizmatlar sohasi, kichik biznesga – qayta taqsimla-


136 
nishi ko‘lamlari sezilarli o‘sdi. Iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zgarishlar-
ga mos ravishda va aholining mehnat tanlovining o‘zgarganligi sababli, 
ish bilan bandlikning tarmoqlararo tarkibi o‘zgarmoqda. 
Qishloq xo‘jaligida ish bilan bandlik ulushi qisqarmoqda (so‘nggi 
7 yil mobaynida 38,0% gacha), ijtimoiy soha, axborot ta’minotida 
ishlovchilar sonining nisbatan ko‘payishi aniqlangan. 
Ish o‘rinlari tarkibida malakasiz, kam malakali mehnatni talab 
qiladigan o‘rinlar ulushi yuqori darajada saqlanib qolishi yuksak kasb 
mahorati va bilimning qadrini pasaytiradi, buning oqibatida ta’lim 
sifatining nufuzi tushib ketadi. 
Malakali 
kadrlarni 
tayyorlash 
va 
qayta 
tayyorlashda 
rivojlanayotgan industrial tarmoqlar bilan ta’lim (oliy) muassasalari 
o‘rtasida kadrlarni yetkazib berish bo‘yicha aloqadorlik va uzviylikni 
ta’minlash zarur. 
Mehnat bozorining hududlararo va tarmoqlararo ahvoli haqida 
ishonchli va to‘liq ma’lumotning yo‘qligi ishchi kuchi safarbarligiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Respublikamiz ish bilan bandlik xizmati 
organlari oldida turgan asosiy vazifalardan biri – mehnat bozori 
subyektlari o‘rtasida ish bilan bandlik masalalari bo‘yicha axborot 
tizimini vujudga keltirishdan iborat [8, 61 b.]. 
Ish bilan bandlik xizmatining ish samaradorligini oshirish va 
mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashning asosiy shartlaridan 
biri 

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə