Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

ijtimoiy-iqtisodiy 
tadbirlarga quyidagilar taalluqli:
shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar, 
shaxsiy mehnat faoliyati va oʻz-oʻzini ish bilan band qilishning boshqa 
usullarini rivojlantirish; bandlikning egiluvchan va nostandart shakllarini 
koʻproq qoʻllash; ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning bozor 
usullarini tatbiq etish; inflatsiyani pasaytirish; ishsizlikni kamaytirish; 
ishsizlarning malakasi, raqobatbardoshligi va chetga chiqishi darajasini 
oshirish. Shu bilan birga yollangan ishchi kuchining malakasi, 
safarbarligi, eksport qobiliyati va ijtimoiy himoyasi darajasini oshirish 
ijtimoiy tadbirlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bozor 
uslubida xoʻjalik yuritish talablariga mos keluvchi yuqori malakali 
xodimlarni tayyorlashga jiddiy zaruriyat tug‘ildi. Buning uchun oʻquv 
yurtlarining moddiy-texnik va moliyaviy ta’minotini yaxshilash va 
professor-oʻqituvchilarning 
moddiy 
manfaat-dorligi, 
ijtimoiy 
himoyalanishi va kasb-malaka darajasini oshirish zarur. 
Xorijda oʻqishni, eng avvalo, yuqori malakali mutaxassislarga talabi 
mavjud boʻlgan korxonalar, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlar hisobidan 
mablag‘lar bilan ta’minlash kerak. 
Shu orqali ishchi kuchining raqobatbardoshligi, safarbarligi va 
eksport qobiliyatini oshiruvchi qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Bular esa 
ishchi kuchining taklifi kamayishiga bevosita ta’sir etadi. 
Ish haqini tartibga solish boʻyicha tadbirlarni ishchi kuchi talab 
va taklifiga ta’sir qilishining umumiy iqtisodiy va ijtimoiy uslubi 
sifatida qarash mumkin
. U koʻproq ishchi kuchining taklifiga ta’sir 
etadi. Chunki ish haqining miqdori mehnatni tatbiq qilish sohasini tuzishni 


148 
va bir necha ish joylarida ishlashga harakat qilish miqyosini belgilaydi. 
Shuning uchun, davlat ish haqi sohasida belgilangan siyosatini oʻtkazib, 
ishchi kuchiga talabning miqdori va tuzilishiga ta’sir koʻrsatishi mumkin. 
U ish haqining barcha koʻrsat-kichlarini tartibga soluvchi. Davlatning 
aralashuvi ma’muriy va iqtisodiy boʻlishi mumkin. Uning ish vaqtining 
davomiyligi va ish vaqti birligiga ish haqi toʻlashga ta’siri, odatda, 
ma’muriy xarakterga ega. Koʻpgina rivojlangan mamlakatlarda davlat ish 
haftasining eng koʻp davomiyligi va eng kam ish haqini tartibga soladi. 
Ish haqining aniq miqdorini belgilashda toʻrtta subyekt oʻzaro hamkorlik 
qiladi: davlat, kasaba uyushmasi, tadbirkorlar va mehnat bozori. Davlat 
ish haqini belgilash boʻyicha ma’suliyatni kasaba uyushmalari va 
tadbirkorlarga yuklashi mumkin boʻlsa ham, bu jarayonda faol ishtirok 
etadi. Bozor sharoitlarida davlat ish haqi darajasini ma’muriy belgilashdan 
voz kechishi lozim. Uning miqdori ish beruvchilar bilan yollanma 
xodimlar oʻrtasida tuziladigan mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida 
kasaba uyushmasi vakilining ishtirokida belgilanishi kerak. 

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə