Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
114 
adabiyotdan farqini, o‗ziga xos spesifik belgilarini, xalq og‗zaki badiiy ijodining 
qo‗shiq, ertak, doston, maqol, topishmoq, afsona, rivoyat kabi janrlari tabiatini ochib 
berishga harakat qilingan. Olim yozadi: ―....bu kungacha yashab kelgan cho‗bchaklar, 
matallar, ertaklar, o‗lan va laparlarning har birini eshitib yuramiz....Ulus ora 
og‗izdan-og‗izga aylanib yurg‗an cho‗bchaklardan yaxshig‗ina onglashilurkum, turk 
eski adabiyot madrasasinda sevgi va oshiqdan boshqa falsafa, hikmat va axloqdan 
ham ko‗b narsalar bor ekan‖. [1, 5-b.]
 
Fitratning bu kabi qarashlari o‗zbek folklorshunosligining nazariy va amaliy 
asoslarini shakllantirishga munosib hissa bo‗lib qo‗shilganini alohida ta‘kidlash 
joizdir. Shuningdek, Fitratning ―O‗zbek adabiyoti namunalari‖ (1928) 
xrestomatiyasida birinchi marta el adabiyotidan namunalar keltirgani ham alohida 
e‘tiborni tortadi. 
Fitrat o‗zbek folkloriga oid 
ashula, ertak, maqol, topishmok, lapar, doston 
kabi janrlarga aloqador nazariy qarashlarini adabiyot mutaxassislarini tayyorlashda 
darslik, o‗quv qo‗llanma vazifasini bajargan ―Adabiyot qoidalari (adabiyot 
muallimlari va adabiyot havaslilari uchun qo‗llanma‖ nomli kitobida bayon etganiga 
qarab, hali u davrda folklorshunoslikning adabiyotshunoslik tarkibida kechganini, 
alohida fan sifatida o‗qitilmaganini, unga oid tushunchalar adabiyotshunoslikka 
bog‗lab o‗rgatilib kelinganini anglash mumkin. 
Umuman aytganda, Fitrat o‗zbek folklorining janriy tizimi va tarkibi 
to‗g‗risida o‗rgatishni boshlagan metodist-olimdir, deb e‘tirof etish mumkin. Faqat u: 
―Bizda el adabiyotining turlari shulardir: 
ashula, ertak, maqol, topishmok, lapar, 
doston‖ 
deb, folklor janrlarini to‗laligicha qamrab ko‗rsata olmagan. Aniqrog‗i, 
uning yana boshqa janrlarini (masalan, askiya, lof, terma kabilarni) e‘tibordan chetda 
qoldirgan.
Fitrat laparlar xususida tushuncha berar ekan, o‗zi kabi yana bir metodist-olim 
Elbekning bu haqdagi maqolasidan iqtiboslar olgan [4, 97-B]. U doston va 
ertaklarning tabiatan epik ijod turi ekanligi jihatidan yaqinligini, ammo dostonlarning 
ertaklarga qaraganda epik ko‗lamdorligini, hajmi katta bo‗lishini, asosan, baxshilar 
tomonidan soz vositasida ijro etilishini, she‘riy va nasriy qismlardan tuzilishini 
tushuntirgan. Faqat olim dostonlarni ―qahramon dostonlari‖, ―klassik dostonlar‖, 
―taqlidiy-klassik dostonlar‖, ―yangi zamon dostonlari‖ tarzida ―to‗rtka ajratmoq 
mumkindir‖ deb, og‗zaki va yozma tarzda yaratilgan dostonlarni o‗zaro qo‗shib 
yuborgan. 
Fitrat afsona va rivoyat janrlarining tabiatini u qadar chuqur farqlamay, 
ko‗pincha ularni ―rivoyat‖ deb atagan. Olim olqish janri tabiatini ham ochib berishga 
uringan [1, 56-B]. Maqol atamasi o‗rnida 
―el so‗zi‖,
topishmoq uchun esa 

topishma‖ 
atamalarini qo‗llagan.



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə